Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.06.2016

Evropada mavsum kashfiyotlari. Top-10 (+10)

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 156
Evropada mavsum kashfiyotlari. Top-10 (+10)

Bu yigitlarning ayrimlari ayni payt Frantsiya maydonlarida javlon urmoqdalar. Ba’zilari esa o‘z navbatlarini kutib o‘tirmoqdalar. Har qanday holatda ham, ularning yakunlangan mavsum kashfiyotlari qatoridan joy olishganiga shubha yo‘q. Demak, Championat.com sayti ma’lumotlari asosida 10 nafar eng yaxshi yosh futbolchining surati va mavsumdagi statistikasi bilan tanishib chiqamiz. Qo‘shimcha ravishda esa, reytingning 11-20-pog‘onalariga joylashgan vunderkindlarni shaxsiy natijalari vositasida e’tirof etamiz. Darvoqe, ushbu reyting varaqasiga 1995 yilning 1 yanvaridan keyin tug‘ilgan futbolchilar kiritilgan.

10-o‘rin. Leroy SANE («Shalke») - 42ta o‘yin, 9ta gol, 7ta samarali uzatma. 20 yoshli Leroyni «Germaniyalik qora tanli Robben», deya ta’riflamoqdalar.

9-o‘rin. Mahmud DOUD («Borussiya» M.) - 41ta o‘yin, 5ta gol, 8ta samarali uzatma. Asli suriyalik yigit 20 yoshida bundesligadagi eng yaxshi markaziy xavbeklardan biriga aylandi.

8-o‘rin. Xose XIMENES («Atletiko») - 37ta o‘yin, 1ta gol, 1ta samarali uzatma. Sayyoramizdagi eng iqtidorli markaziy himoyachilardan biri hamyurti Diego Godin oldida va qattiqqo‘l Diego Simeone nazoratida bo‘lib, 21 yoshidayoq eng kuchli klublardan birining asosiy tarkibidan joy oldi.

7-o‘rin. Marko ASENSIO («Espanol») - 37ta o‘yin, 4ta gol, 12ta samarali uzatma. 20 yoshli ispan - jahon futbolidagi eng salohiyatli iqtidorlardan biri. Mana, kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar vakillarini hisobga olmaganda, La-liganing eng yaxshi assistenti bo‘ldi.

6-o‘rin. Ektor BELERIN («Arsenal») - 44ta o‘yin, 1ta gol, 8ta samarali uzatma. Zamonamizning eng tezkor futbolchilaridan biri. Belerin 40 metr masofani 4,42 soniyada bosib o‘tadi (eng tezkor futbolchi sifatida tan olingan Teo Uolkott esa 4,82 soniya sarflaydi).

5-o‘rin. Renatu SANShESh («Benfika»|«Bavariya») - 47ta o‘yin, 6ta gol, 1ta samarali uzatma. Evromavsumning bosh kashfiyotlaridan biri. Portugaliyalik yigit ayniqsa, texnik tomondan kuchli, bardoshli va jismonan baquvvat.

4-o‘rin. Kingsli KOMAN («Bavariya») - 37ta o‘yin, 6ta gol, 11ta samarali uzatma. Frantsuz vingeri bundesligada eng yaxshi driblingchi bo‘lgani bilan maqtanishga haqli. U har bir o‘yinda 3,7ta muvaffaqiyatli aldab o‘tish harakatini amalga oshirdi.

3-o‘rin. Antoni MARTIAL («Manchester Yunayted») - 56ta o‘yin, 18ta gol, 9ta samarali uzatma. 20 yoshli qimmatbaho frantsuz ilk mavsumdayoq etarlicha gol urishdan tashqari, APLning eng yaxshi 10 nafar driblingchisi qatoriga kirdi.

2-o‘rin. Usmon DEMBELE («Renn»|«Borussiya» D.) - 29ta o‘yin, 12ta gol, 5ta samarali uzatma. Frantsiyalik yana bir vunderkind. U 18 yoshida «Renn»ning etakchisi va to‘pupari bo‘ldi. Dribling salohiyati aqlni shoshirib qo‘yadigan darajada rivojlangan.

1-o‘rin. Dele ALLI («Tottenxem») - 46ta o‘yin, 10ta gol, 11ta samarali uzatma. APLning eng yaxshi yosh futbolchisi. 20 yoshida 40tadan ortiq o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazdi.

Shuningdek...

20-o‘rin. Anvar al G‘OZI («Ayaks») - 37ta o‘yin, 11ta gol, 2ta samarali uzatma

19-o‘rin. Andriya JIVKOVICh («Partizan») - 27ta o‘yin, 12ta gol, 7ta samarali uzatma

18-o‘rin. Janluiji DONNARUMMA («Milan») - 31ta o‘yin, -30ta gol

17-o‘rin. Yulian BRANDT («Bayer») - 44ta o‘yin, 10ta gol, 6ta samarali uzatma

16-o‘rin. Rixedli BAZUR («Ayaks») - 39ta o‘yin, 5ta gol, 4ta samarali uzatma

15-o‘rin. Markus RAShFORD («Manchester Yunayted») - 18ta o‘yin, 8ta gol, 2ta samarali uzatma

14-o‘rin. Leon GORETTsKA («Shalke») - 34ta o‘yin, 2ta gol, 3ta samarali uzatma

13-o‘rin. Kelechi IXEANAChO («Manchester Siti») - 35ta o‘yin, 14ta gol, 4ta samarali uzatma

12-o‘rin. Antonio SANABRIYa («Sporting» X.) - 30ta o‘yin, 11ta gol, 1ta samarali uzatma

11-o‘rin. Yulian VAYGL («Borussiya» D.) - 51ta o‘yin, 1ta samarali uzatma

A.QODIROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar