Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.06.2016

Uchqun Qobilov: "Dinamo"ning ikki o‘yinda 16 ta gol urgani jamoaning o‘z o‘yinini topib olganidan dalolat"

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 68
Uchqun Qobilov: "Dinamo"ning ikki o‘yinda 16 ta gol urgani jamoaning o‘z o‘yinini topib olganidan dalolat"

«Dinamo» - «G‘ijduvon» (8:0) uchrashuvidan so‘ng «Dinamo» katta murabbiyi Uchqun Qobilovning o‘yin borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz. 8:0 hisobida yakunlangan bu o‘yin «Dinamo» uchun joriy mavsumdagi eng oson bahs bo‘ldi, desak qo‘shilasizmi?

- To‘g‘risini aytganda, chindanam oson g‘alabaga erishdik. Ammo bu faqat raqibning kuchsiz o‘yin namoyish etganidan emas, jamoamizning o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani va ayni damda jismoniy holati yaxshi ekanligini bildiradi. Har qanday holatda ham biz raqiblarni hurmat qilib, har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik bilan maydonga tushamiz.

- Ketma-ket ikkinchi o‘yinda 8:0 hisobidagi g‘alaba qo‘lga kiritildi. Ikki o‘yinda 16 gol urish nimadan dalolat?

- Shuni aytishim mumkinki, bugungi kunga kelib «Dinamo» jamoasi futbolchilari mavsumdagi eng yaxshi sport formasiga kirib ulgurishdi. Yodingizda bo‘lsa, 1-2 oy oldin jamoamiz o‘yindan-o‘yinga yaxshiroq sport formasiga kiradi degan edim. Bugunga kelib biz kutgan jismoniy holat va jamoaning sport formasi eng yuksak holatga keldi. So‘nggi ikki bahsda 16 ta gol urganimiz jamoamizning o‘z o‘yinini topib olganini bildiradi. Yigitlar maydonda bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishmoqda. Bu borada to‘xtab qolmasdan, o‘sishda davom etishimiz shart. Ayniqsa, yozgi tanaffusdan foydalanib tayyorgarlik ishlarini yanada yaxshiroq olib borishga intilamiz.

- Bugun bir qator etakchi futbolchilar barvaqtroq zaxiraga olindi. Bu keyingi o‘yindagi «Nurafshon» bilan bahs uchun qilindimi?

- Yo‘q, bu keyingi o‘yin uchun qilinmadi. Biz bitta tarkibni emas, butun jamoani maydonga tushirib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istaymiz. Ya’ni, jamoaning asosiy tarkibi faqat 11 futbolchidan emas, butun jamoadan iborat bo‘lishi lozim. Har bir yosh futbolchimizni istalgan payt asosiy tarkibga tushira olishimiz kerak. Shu uchun ularni o‘yin tushurib, tayyorlayapmiz.

«Dinamo» Matbuot xizmati.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar