Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.06.2016

EmmanyuelSh Piti:«Pogba – haqiqiy xazina»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 466
EmmanyuelSh Piti:«Pogba – haqiqiy xazina»

«Arsenal» safida Angliya chempionligini nishonlagan, 2000 yilgi Evropaning tengsiz termasi tarkibidan o‘rin egallagan Emmanyuel Peti futbolning ko‘p narsaga qodir ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, Frantsiyaning o‘z uyida 1998 yili jahon kubogini qo‘lga kiritishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Sobiq futbolchi The Telegraph nashriga intervyu berish chog‘ida shu va boshqa qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

- Jahon chempionligini nishonlash chog‘ida nimani his qilganimni tushuntirib berish uchun lug‘atdan so‘z topish qiyin, - deydi u. - Butun dunyodagilar diqqat markazida bo‘larkansan, haqiqatan hayot lazzatidan bahra olasan. Jiddiy aytyapman. Doimo qandaydir g‘ayritabiiy narsalar ortidan quvamiz, bunday muvaffaqiyatga erishganda esa, gap topishga qiynalamiz.

- Butun Frantsiya orzusini ro‘yobga chiqarish yanada yoqimliroq bo‘lsa kerak?

- Albatta. Biz mamlakatimizning har bir hududi bilan bog‘liqlikni his qildik - bu ajo-yib edi. Bir necha kun mobaynida barcha frantsuzlarni bir maqsad yo‘lida birlashtira olganimizdan faxrlandik. Bunday pallalarda odamlar muammolarini unutishadi. Xalqing orzusini ro‘yobga chiqardingmi, demak niyatingga erishganing shu.

- Nima deb o‘ylaysiz, Evro-2016 ham frantsuzlarga qaysidir ma’noda ko‘makdosh bo‘lishi mumkinmi?

- Oradan 18 yil o‘tdi, ko‘p narsa o‘zgardi. Frantsiya uchun oson o‘tmayotgan davrda bu turnir ayni muddaoga aylanishi tabiiy. Mamlakatimiz har jabhada qiyinchilikni boshdan kechirmoqda - iqtisodiy va ijtimoiy holat shular jumlasidan. Kimlardir hozir Evroni qabul qilish uchun ma’qul payt emas, deb hisoblashadi. Ammo ushbu musobaqa xalqimizni birlashtirib, qalblarga oz bo‘lsada quvon ulashishi, mushkulotlarni unutishda yordam berishi mumkin. To‘g‘ri, futbol hamma muammolarni enga olmas, ammo biroz engil tin olishga imkon yaratadi.

- Siz o‘ynagan davrdan keyin Frantsiya termasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

- Milliy jamoamizning rivojlanish yo‘li meni to‘liq qanoatlantirmoqda, ayniqsa, o‘yinchilarning maydonda o‘zlarini tutishlari tahsinga sazovor. Janubiy Afrika Respublikasidagi turnirdan so‘ng (futbolchilar bosh murabbiy Raymon Domenek bilan murosaga kelolmagandilar) uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. O‘shanda ko‘pchilik hayron bo‘lgandi. Frantsiya termasi jiddiy mojaroga yo‘liqqandi.

- Hozir muammo bartaraf etilgan, deb o‘ylaysizmi?

- Oradan olti yil o‘tdi va termadagi holat mutlaqo o‘zgardi. To‘g‘ri, ayrim futbolchilar milliy jamoa libosini kiyish nimani anglatishini hamon tushunmaydilar, ammo o‘yinchilarimizdagi jangovar ruh shundoq sezilib turibdi, hozirda haqiqiy do‘stona jamoa tashkil topgan.

- Bugungi tarkibdagi futbolchilardan kimni alohida ajratib ko‘rsatasiz?

- Pol Pogba - haqiqiy xazinaning o‘zginasi. Menimcha, u milliy jamoada bundanda yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga qodir. Pol o‘tgan yilning sentyabridan buyon Frantsiya termasi safida gol urmayapti. Hozircha Evro-2016da yomon o‘ynamayapti. Faqat raqib jarima maydoniga ko‘proq borsa, yaxshi bo‘lardi. So‘nggi ikki yil mobaynida Pogbaning o‘yinida pasayish kuzatilgandek tuyuldi menga. Ehtimol, bu asosan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushganimiz bilan bog‘liqdir. Rasmiy turnirlar ushbu yosh iqtidor egasining o‘zini ko‘rsatishi uchun asqotar, balki...

- Paye haqida nima deysiz?

- Dimitri jamoaning turnirdagi taqdirini hal eta olishga qodir futbolchilardan biri. Zamonaviy futbolda jarima zarbalarining o‘rni beqiyos - Paye ularni sifatli amalga oshiradi. Qolaversa, boshqa vaziyatlarda ham to‘p bilan ajoyib tarzda muomala qiladi. U Frantsiya umid bog‘lagan futbolchilardan biri.

- Personal etakchi sifatida kimni ko‘rsata olasiz?

- «Lester» vakili - Kanteni. Uni Frantsiyada qanchalik yaxshi ko‘rishlarini tasavvur qilolmaysiz. Jamoa uchun qilayotgan ishlari uchun N`goloni qo‘llarida ko‘tarib yurishga tayyorlar.

- Sizningcha, qaysi jamoalar turnir favoritlari hisoblanishadi?

- Ispaniya, Italiya va Germaniya. Qachonlardir Gari Lineker nemislarning hamisha g‘olib chiqishlari haqida fikr bildirgandi. Shuningdek, Angliyani ham unutmaslik kerak, ularda yaxshi o‘yinchilar ko‘p. Menga Jeymi Vardi yoqadi. U «Arsenal»ga o‘tadi, degan umiddaman. Arsen Venger ushbu hujumchi bilan shartnoma imzolash orqali jamoaga jangovar ruh kirib kelishi mumkinligini yaxshi biladi. Vardi - misoli gol mashinasi. Hamma kerakli narsalarni o‘zlashtirgan: tezlik, g‘alaba ishtiyoqi. Ammo frantsuz va sobiq yarim himoyachi ekanligimni inobatga olib, Vengerga Kanteni sotib olishni maslahat bergan bo‘lardim. Kante va Vardi bor joyda haqiqiy jamoa vujudga keladi.

- Jahon chempioni sifatida hamyurtlaringizga qanday tilak bildirasiz?

- Hozirgi Frantsiya termasi biz kabi o‘z uyida o‘tayotgan turnirda muvaffaqiyat qozonsin. Har bir avlod o‘z nomini tarix zarvaraqlariga bitishi lozim. Ulkan muvaffaqiyatlar paytidagi quvonch butun umrga tatiydi. Bunday pallalarda odamlar seni shunchaki futbolchi sifatida qabul qilishmaydi. Ularning ko‘z o‘ngida frantsuz millatining ideal vakili, mamlakat faxri sifatida namoyon bo‘lasan. Bu erda gap endi futbol emas, boshqa kattaroq narsa haqida ketyapti. Bunday imkoniyat Frantsiya termasining hozirgi tarkibidan o‘rin egallaganlarda ham mavjud.

Football.ua - O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar