Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.06.2016

Runi: «Angliya pley-offdagi raqiblarga qarshi o‘yinlarda shafqatsiz bo‘lishi kerak»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 71
Runi: «Angliya pley-offdagi raqiblarga qarshi o‘yinlarda shafqatsiz bo‘lishi kerak»

Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Evropa chempionati 1/8 finali o‘yinlari arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Inglizlarning nimchorak finaldagi raqibi Islandiya terma jamoasi bo‘ldi. Bu jamoalar uchrashuvi 27 iyun kuni Nitstsa shahridagi «Alyants Rivera» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

«Pley-offda kim bilan o‘ynashimizning farqi yo‘q. Ha, Islandiya bu turnirda debyutant. Lekin ular himoyada juda yaxshi harakat qilishadi, bunday raqibga qarshi o‘ynash esa hamisha qiyin. Lekin biz Evropa chempionatidagi har bir uchrashuvimizda raqibga nisbatan ustunlik ko‘rsatib kelmoqdamiz. Umid qilamanki, pley-off o‘yinida ham shunday bo‘ladi. Biz pley-offda raqiblarga nisbatan shafqatsiz bo‘lishimiz, o‘z vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak. Turnirda Evropadagi eng kuchli jamoalar jamlangan. Agar biz turnirni yutishni istasak, xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak.

Men o‘ynashga tayyorman. Dushanba kuni kelishini intiqlik bilan kutmoqdaman.

Islandiya, Vengriya va Shimoliy Irlandiya turnirdagi ishtiroki bilan barchani hayron qildi. Lekin pley-offda yaxshi tashkil qilingan jamoaviy o‘yin ko‘rsatish kerak bo‘ladi.

Biz 11-metrlik jarima zarbalarini tepishni mashq qilayapmizmin? Ha. Lekin, o‘yin penaltilar seriyasigacha uzaymaydi deb umid qilaman», — degan Angliya terma jamoasi sardori Runi.

Qayd etish kerakki, Angliya pley-offda Frantsiya, Italiya, Ispaniya va Germaniya kabi terma jamoalar bilan bir setkadan o‘rin olgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar