Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.06.2016

Chinakam Ingliz jentelShmeni

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 108
Chinakam Ingliz jentelShmeni

Angliyalik Mark Klattenburg bundan 10 yilcha ilgari o‘z mamlakatida FIFA toifasidagi eng yosh hakam hisoblanardi. O‘shandan buyon qanchadan-qancha final hushtagi yangradi, qanchadan-qancha sariq kartochka o‘z «egalari»ga ko‘rsatildi. Mark esa tobora yuksaklikka ko‘tarildi va nihoyat, joriy yil mavsumining eng muhim uchrashuvlaridan biri - EChL finalida ishladi.

Hakamlik tarixi

Ochig‘ini aytish kerak, Klattenburg mashhurlikka biroz kutilmagan tarzda erishdi. Aniqroq ifoda etsak, 2007 yili «Everton» va «Liverpul» klublari o‘rtasidagi «Mersisayd derbisi»ni boshqarib borish jarayonida ko‘pgina shubhali qarorlar qabul qildiyu, buning ortidan ayovsiz tanqidlar ostida qolib ketdi. Shundan so‘ng Markni bir hafta muddatga hakamlik vazifasidan chetlatishdi. Qolaversa, 2012 yilgacha «Everton» ishtirokidagi o‘yinlarga umuman qo‘yilmadi.

Markning hakamlik faoliyatidagi ilk yirik voqea 2008 yili Angliya superkubogi uchun «Manchester Yunayted» va «Portsmut» klublari o‘rtasida kechgan final o‘yinida ro‘y berishi kerak edi. Lekin afsuski, Klattenburgga bevosita aloqador bitta kompaniya kirdikorlari oshkor bo‘lgach, u ham tergov ishlariga jalb qilindi. Natijada Markni finalni boshqarish huquqidan mahrum etishdi. Kamiga, uni 8 oy muddatga futboldan diskvalifikatsiya qilishdi. Shu tariqa ingliz hakamining xalqaro faoliyati biroz kechikdi.

Klattenburg xususan, Chempionlar Ligasidagi debyutini 2008 yilning avgustida nishonlandi. Ya’ni «Fenerbaxche» va Vengriyaning MTK klublari ishtirokidagi o‘yinni boshqardi. Bu uchrashuvda turklar jamoasi 5:0 hisobida g‘alaba qozonganini ham eslatib o‘tish joiz. Markning terma jamoalar miqyosidagi faoliyati esa nisbatan kechroq, 2010 yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Portugaliya-Kipr (4:4) qarama-qarshiligi bilan boshlandi. Evropa chempionati-2012da esa Mark ancha taniqli vatandoshi - Xovard Uebbga assistent sifatida ishtirok etdi. Shunday ekan, Markning maydonda xuddi Xovard kabi futbolchilarga nisbatan o‘ta qattiqqo‘llik bilan muomala qilishidan ortiqcha ajablanmaslik kerak. Har holda, Xovardning asl kasbi - politsiyachi va Klattenburg aynan uning ortidan borishga harakat qilgan. Bundan tashqari, Mark 2012 yili Angliya Liga kubogi final («Liverpul» hamda «Kardiff Siti» klublari o‘rtasida) o‘yinini ham boshqardi. Shuningdek, uning hisobida Londondagi Olimpiada o‘yinlari finali va yaqindagina bo‘lib o‘tgan «Manchester Yunayted» va «Kristal Pelas» klublari ishtirokidagi Angliya kubogi hal qiluvchi o‘yini ham bor.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi uchrashuvda «qizil iblislar» raqibni 2:1 hisobida engib, bir necha yillik tanaffusdan so‘ng yana billur sovringa ega chiqishdi. Lekin bu o‘yin davomida Klattenburgning bir qator qarorlari jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Aytgancha, ingliz keng jamoatchiligi tanqidning asosiy omili sifatida Klattenburg va ser Aleks Fergyuson o‘rtasidagi juda iliq munosabatlarni ko‘rsatgandi. Biroq bu gap-so‘zlarda jon borligiga odamning ishongisi kelmaydi. Hakamning xatolarini esa faqat bir narsa bilan izohlash mumkin - charchoq. Chunonchi, referilar ham xuddi futbolchilar singari butun mavsum davomida o‘ta qat’iy jismoniy yuklamalar ostida kun ko‘rishadi va buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Diqqatga molik yana bir jihati shuki, Klattenburgni APLdagi faoliyati mobaynida futbolchilarga juda keskin muomala qilgani uchun bir necha bor tanqid qilishgan. Lekin Angliya futbol assotsiatsiyasi har gal hakamning yonini oladi. Bundan kelib chiqadiki, Klattenburg qattiqqo‘l, ammo shu bilan birga, adolatli hakam.

«Xasis ritsar»

2015|2016 yillar mavsumida Klattenburg jami 47ta o‘yinda xizmat qilib, ( «Real» va «Atletiko» klublari o‘rtasida o‘tgan EChLning so‘nggi finali ham shu jumladan), ularda futbolchilarni naq 170 marta ogohlantirdi. Demak, u har bir o‘yinda cho‘ntagidan o‘rtacha hisobda 3,61 marta sariq kartochka chiqargan. Futbolchilar 7ta holatda Markni shunchalik jahl otiga mindirishdiki, natijada referi ularni maydondan chetlatdi.

Eslatib o‘tish lozim, Klattenburg finalgacha ham «Atletiko»ning EChL doirasidagi 2ta o‘yinida ishlagandi: PSV (0:0)ga qarshi javob o‘yini va «Bavariya» bilan dastlabki uchrashuv (1:0)da. Qizig‘i shuki, Mark har ikki o‘yinda madridliklar raqiblarini 4 martadan ogohlantirgandi. Muxlislarda endigina «Nahotki, «matraschilar» Klattenburgning qoidalariga mos to‘p surayotgan bo‘lishsa?!» qabilida fikr uyg‘onayotgandiki, final o‘yiniga kelib, ingliz jentlmeni Simeone shogirdlarini ham ogohlantirdi.

Endi penaltilar haqida. Klattenburg uncha-muncha holatda 11 metrlik jarima zarbasi belgilayvermaydi. Xususan, EChLning oxirgi mavsumida ham finalga qadar penalti nuqtasiga ishora qilmagandi. Shundan kelib chiqsak, aksariyat simulyatsiyachi futbolchilar Klattenburgni bejiz «Xasis ritsar», deb atashmaydi.

Elektr ustasi kerakmi?

Taniqli futbol hakamlarining aslida qaysi kasb egasi ekanliklarini bilish har doim qiziqarli. Masalan, Markus Merk asl mutaxassislik bo‘yicha tish shifokori edi va buni ko‘pchilik biladi. Klattenburgning ixtisosi esa bundan-da qiziqroq. Ya’ni u ma’lumoti bo‘yicha - elektr ustasi. Shunday ekan, «San Siro»dagi final chog‘i mabodo birdan chiroq o‘chib qolganida ham, hech nima qilmasdi - Mark kollejda o‘qiganlarini yodga olib, muammoni bartaraf etgan bo‘lardi.

Hakamlar qaysi jamoaga muxlislik qilishlarini ko‘pincha ommadan sir tutishadi. Klattenburg esa hamkasblaridan farqli ravishda, «Nyukasl»ga nisbatan muhabbatini hech qachon hech kimdan yashirmagan. Eng muhimi, u ayni sabab bois, «qarg‘alar» ishtirok etadigan o‘yinlarni boshqarishdan bosh tortadi. Biroq 2006 yili o‘z aqidalariga qarshi borib, «Nyukasl»ning o‘yinida xizmat ko‘rsatdi. Istisnoga sabab esa arzirli edi: bu o‘yin «qarg‘alar» afsonasi Alan Shirer uchun so‘nggisi bo‘ldi. Achinarlisi, Klattenburgning sevimli klubi bu yil APLni tark etdi. Kim biladi deysiz, bu Markning yangi mavsumda yanada keskinroq qarorlar chiqarishiga sabab bo‘lar balki...?

Mark Klattenburg: «Orzu va intilish bo‘lsa, maQsad albatta, ushaladi»

EChL finalini Mark Klattenburg boshqarib borishi e’lon qilingach, UEFA rasmiy sayti xodimlari undan darhol qisqacha intervyu olishgandi. Tanishaylikchi, referi «San Siro» maydoniga tushishdan avval nimalarni gapirgandi?

— Brigadangizning Evropa Chempionlar Ligasi finaliga tayinlanganidan qanday xabar topdingiz?

— Hamkasblarim bilan «Sent-Jorjs Park»ga, har haftalik uchrashuvga ketayotgan chog‘im qo‘l telefonim jiringlab qoldi. Qarasam, qo‘ng‘iroq UEFAning hakamlik ishlari bo‘yicha katta ofitseri Perluiji Kollinadan ekan. Kimsan Kollinaning o‘zi qo‘ng‘iroq qilyaptimi, demak, buning ortida qandaydir hikmat yoki muhim gap bor. Xullas, u final haqidagi xabarni aytgach, hayajon kuchidan biroz muddat tildan qoldim. Shunda Kollinaning xabarni deyarli hijjalab qaytarishiga to‘g‘ri keldi.

— Mavsum arafasida shunday mas’uliyatli o‘yinni boshqarishingiz haqida o‘ylab ko‘rganmidingiz?

— Bilasizmi, biz (o‘z brigadasini nazarda tutmoqda) har mavsum oldidan o‘z oldimizga ulkan maqsadlarni qo‘yamiz. Ana shunday niyatlardan biri xalqaro toifadagi finalda ishlash edi. EChLga kelsak, oldinroq yarim final bellashuvida ishlaganimdan so‘ng boshqasiga umid qilmagandim. Shuning uchun hal qiluvchi o‘yin haqida aytishganda, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, hisob. EChL finali - har qanday hakam uchun katta sharaf, axir.

— Bundan 6 yil ilgari final o‘yinini Xovard Uebb boshqarib borgandi. Mana, endi siz ham u singari angliyalik yosh hakamlar uchun namuna ko‘rsatasiz.

— Shunga umid qilaman. O‘z misolimda bir narsaga amin bo‘ldim: agar senda ezgu niyat va unga intilish bo‘lsa, orzular albatta, ushaladi va vaqti-soati kelib, dunyo klublarining eng nufuzli musobaqasida ish yuritasan...

Ma’lumot uchun

Mark KLATTENBURG (Angliya)

1975 yilning 13 martida Konsettda tug‘ilgan. Hakamlikka 1990 yili kirib kelgan. 2004 yilning 21 avgustidan APL bahslarida ishlamoqda. 2006 yili FIFA ro‘yxatiga kirgan Klattenburg bu maqomga erishgan eng yosh ingliz hakami bo‘lgandi. 2006 yilning 11 mayida taniqli futbolchi Alan Shirerning xayrlashuv uchrashuvini bosh-qardi. Mark «Nyukasl» fanati bo‘lganligi bois, «qarg‘alar» ishtirokidagi o‘yinlarga ta­yinlanmaydi. 2008 va 2012 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishladi. Evro-2012ga Xovard Uebb brigadasida borgandi. Kasbi - elektrik. Xobbisi - golf va kitob mutolaasi.

FootballHD.ru - I.RAHIMOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar