Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.06.2016

Evro-2016. BelShgiya keyingi bosqichga chiqdi, Shvetsiya musobaqani tark etdi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 105
Evro-2016. BelShgiya keyingi bosqichga chiqdi, Shvetsiya musobaqani tark etdi

Belgiya terma jamoasi qiyin kechgan o‘yinda Shvetsiyani mag‘lub etib, guruhda ikkinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

Birinchi bo‘lim Belgiyaning biroz ustunligida o‘tdi. To‘p ularda ko‘proq ushlanib turdi. Shvetsiya asosan himoyada o‘ynab, qarshi hujumlarga tayandi. Lekin xavfli vaziyatlar Shvetsiyada ko‘proq bo‘ldi.

5-daqiqada Shvetsiya hisobni ochishi mumkin edi. Larsson jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga yo‘lladi. To‘p himoyachilarga tegib qaytdi va qulay vaziyatda turgan Berg unga zarba berdi. Ammo Kurtua mahorat bilan to‘pni qaytara oldi

26-daqiqada Ibrohimovich jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi.

Bo‘lim oxirida Belgiya gol urishga yaqin edi. De Bryoyne burchakdan to‘pni jarima maydoniga oshirganida, Vertongen yaqin masofadan zarba yo‘lladi. To‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi.

Ikkinchi bo‘limni Shvetsiya faol o‘tkazdi. Belgiya esa qarshi hujumda o‘ynab, bir qator xavfli vaziyatlarga ega bo‘ldi.

67-daqiqada De Bryoyne uzoq masofadan zarba yo‘llaganida, darvozabon Isaksson to‘pni mahorat bilan qaytardi.

75- daqiqada Ibrohimovich chamasi 25 metrdan belgilangan jarima zarbasidan to‘pni darvoza tomon yo‘lladi. Kurtua mahorat ko‘rsatib to‘pni qaytara oldi.

80-daqiqada Mertens ikki himoyachini aldab o‘tdi va jarima maydoniga kirib kelib zarba yo‘lladi. Isaksson qiyinchilik bilan to‘pni qaytara oldi.

84-daqiqada hisob ochildi. Azar o‘ng qanotdan to‘pni markazda turgan Nainggolanga etkazdi. U esa jarima maydoni chizig‘idan kuchli zarba yo‘llab, darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi!

O‘yin oxirida shvetsiyaliklar charchab qolishdi va Belgiya xotirjamlik bilan g‘alaba keltiruvchi hisobni ushlab qoldi.

Bu natijadan so‘ng Belgiya 6 ochko jamg‘arib, guruhda ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Belgiyaning keyingi raqibi Vengriya terma jamoasi bo‘ladi.

22 iyun, Nitstsa, «Stad de Nis»

Shvetsiya – Belgiya 0:1 (0:0)

Gol: Nainggolan (84)

Shvetsiya – Isaksson, Yuxansson, Olsson, Lindelef, Grankvist, Larsson (Durmaz, 70), Ekdal, Chelstrem, Forsberg (Zengin, 82), Berg (Gvidetti, 63), Ibrohimovich.

Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Mene, Vermalen, Nainggolan, Vittsel, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Mertens, 71), Azar (Origi, 90), Lukaku (Benteke, 87).

Ogohlantirishlar: Mene (30), Ekdal (33), Yuxansson (36), Vittsel (45).


Manba: www.stadion.uz. Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar