Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.06.2016

Ivan Perishich otasining tovuq fermasini saqlab qolish uchun Frantsiyaga ketgan

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 67
Ivan Perishich otasining tovuq fermasini saqlab qolish uchun Frantsiyaga ketgan

Kecha Evropa chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi unda xorvatlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. O‘yindagi hal qiluvchi golga «Inter» futbolchisi Ivan Perishich mualliflik qildi. Quyida Ivan haqidagi ba’zi qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Perishichni yoshligida Kuka deb deb chaqirishgan. Bu tovuq degan ma’noni bildiradi. Chunki otasining tovuq fermasi bor edi. Ivan uch yoshidan otasining fermasida ishlagani uchun unga Kuka degan laqab og‘ir botmas edi. Lekin u Asa degan laqabni olishni xohlardi. 1998 yil Xorvatiya jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi. Ivanning onasi bayramona dasturxon tuzadi. Otasiga «oqidan», bolalarga esa sut. Televizorni yoqishdi. Xorvatiya Frantsiya bolan o‘ynamoqda. Ivan ekrandagi Alyosha Asanovichga havas bilan qaradi. U ham Ivan tug‘ilgan Dalmatsiyadan edi-da! Shu sabab bolakay doim Asa deb chaqirishlarini xohlardi.

12 yil o‘tib Xorvatiya yana jahon chempionatida o‘ynadi. Bu gal Ivan o‘yinni televizordan tomosha qilmadi. Bunga vaqti yo‘q edi. Chunki maydonda Braziliyaga qarshi ochilish o‘yinida maydonga tushishi kerak edi. Ivan yoshligida «Arsenal» yoki «Tottenhem»ga o‘tishi mumkin edi, lekin u «Sosho»ga o‘tishga majbur bo‘ladi. Chunki shunday qilsagina otasining tovuq fermasini saqlab qolishga yordam berishardi. Avval otasining tovuq fermasini himoya qilish uchun Frantsiyaga ketgan Perishich bugun vatani sha’nini himoya qilish uchun u erga borgan. Buni ajoyib tarzda uddalamoqda ham. Umid qilamiz, xorvatlarning yurishlari bardavom bo‘ladi. Chunki ularning safida Perishich bor-ku!..

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar