Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Drogbaning “Chelsi”dagi 5 rekordi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 74
Drogbaning “Chelsi”dagi 5 rekordi

“Chelsi” afsonasi darajasiga ko‘tarilgan Dide Drogba klub tarixida bir qator rekordlarni o‘rnatgan. Biz uning eng ahamiyatli 5 ta rekordi haqida so‘z yuritamiz.

1. “Chelsi” tarixidagi eng sermahsul legioner
Kotd’Ivuarlik hujumchi “Aristokratlar” tarixidagi eng sermahsul legioner hisoblanadi. Drogba “Chelsi” libosida 381 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar posbonlarini 164 marta ranjitishga muvaffaq bo‘lgan. Eng qizig‘i Londonliklarning eng yaxshi 10 ta to‘purarining 9 tasi angliyalikdir. Ular orasida xorijliklardan faqat Dide bor.

2. “Chelsi”ning Premer ligada 1 mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchisi
1992 yildan buyon Premer liga deb ataluvchi Angliya chempionatida Drogba bir mavsumda eng ko‘p gol urgan “Chelsi” futbolchisi hisoblanadi. U 2009/2010 yilgi mavsumda 29 ta gol kiritib mavsum yakunlari bo‘yicha eng yaxshi to‘puraraga atalgan sovringa ega chiqdi.

3. “Chelsi”ning Angliya kubigi finallaridagi eng sermahsul futbolchisi
Drogba “Chelsi”ning Angliya kubogidagi 4 ta g‘alabasiga munosib hissa qo‘shgan. U 2007 yilgi finalning qo‘shimcha taymida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs (1:0)da yagona golni, 2009-yili “Everton” bilan o‘yinda (2:1) hisobni ochuvchi golni, 2010-yili “Portsmut” bilan bahsda (1:0) yagona golni va 2012-yili “Liverpul” bilan uchrashuvda (2:1) jamoasining ikkinchini golini kiritgan. 4 ta finalda 4 ta gol va 4 ta kubok!
4. “Chelsi”ning Chempionlar ligasidagi eng sermahsul to‘purari
Drogba “Chelsi” tarkibida Chempionlar ligasida 74 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 36 ta gol yozdirib qo‘ygan. U ushbu musobaqada ikki marta finalda ishtirok etgan. 2008-yilgi finalda “MYu”ga qarshi bahsda qizil kartochka olgan va o‘shanda Londonliklar penaltilar seriyasiga ko‘ra imkoniyatni boy berishgan bo‘lsa, 4 yildan so‘ng “Bavariya”ga qarshi hal qiluvchi bahsning 88 daqiqasida gol urib, hisobni tenglashtirgandi. Keyinchalik “lotereyalar” bahsida omad “Aristokratlar”ga kulib boqqandi.

5. “Chelsi”ning terma jamoalardagi eng sermahsul to‘purari
Drogba “Chelsi” tarixidagi barcha futbolchilar orasida o‘z terma jamoasi tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchidir. U Kotd’Ivuar termasi uchun hozirga qadar 65 marta gol kiritgan. Dide ana shu gollarining 44 tasini “Chelsi” safida harakat qilayotgan paytida kiritgan.

Furqat Yusupov

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar