Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

«Moviy kuch»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 85
«Moviy kuch»

Sovsport.ru Italiya terma jamoasining Evro-2016dagi ishtirokini tahlil qilarkan, aynan qaysi omillar «Skuadra adzurra»ga qo‘l kelayotgani haqida so‘z yuritdi.

Futbolda mayda-chuydalar bo‘lmaydi

Shvetsiya termasiga qarshi kechgan bahsda italiyaliklarning yagona goli «aut»dan keyin urildi: Kellini maydonning markaziy chizig‘idan turib, raqib jarima maydonchasi yaqinida turgan Zazaga to‘p uzatdi. Futbolchilar o‘rtasidagi masofa taxminan 30 metr edi, biroq koptok to‘ppa-to‘g‘ri hujumchining boshiga kelib tushdi. Uzatma aniqligidan tashqari, Kellinining ziyraklagini inobatga olish kerak: vaqtni cho‘zishni xohlamay, to‘pni darhol o‘yinga kiritdi.

E’tiborlisi, Kellini markaziy himoyachi hisoblanadi. Jamoa mudofaasi uch futbolchidan tuzilgan pallalarda esa «aut»larning qanot o‘yinchilari tomonidan amalga oshirilishiga guvoh bo‘lamiz. Unda nega aynan Jorjio? Javob oddiy: na Florentsi, na o‘yin oxirida uning o‘rnini egallagan Jakkerini to‘pni «aut»dan Kellini singari uzoqqa tashlab bera olishadi. «Moviy gvardiya» ustozi Antonio Konte esa shu tariqa o‘yinga shiddat baxsh etish mumkin, degan fikrda.

Zaza - potentsial qahramon

Italiya termasi ishga solayotgan 3-5-2 sxemasida asosiy rollardan birini markaziy hujumchi bajaradi. Chunki aksariyat «pas»lar, xususan, «aut»dan berilgan uzatmalar ular tomon yo‘naltiriladi. Pelle xuddi birinchi uchrashuvda bo‘lgani kabi Shvetsiyaga qarshi bahsni ham asosiy tarkibda boshladi. Ammo o‘yini qovushmadi: raqib darvozasi tomon atigi bitta zarba yo‘lladi, «ikkinchi qavat»dagi bahslarning birortasida ustunlikka erishmadi, «pas»larining aniqligi esa bor-yo‘g‘i 50 foizni tashkil qildi. Boz ustiga, ikki vaziyatda o‘zi zarba berishi mumkin bo‘lganiga qaramay, to‘pni Ederga uzatib, italiyaliklar hujumini uzib qo‘ydi.

Pellening o‘yini qovushmasa, zaxirada Zaza va Immobile bor. Shvetsiya termasiga qarshi bahsda maydonga Simone tushdi. Ushbu forvard shunday o‘yin namoyish etdiki, Konteda «Keyingi o‘yinda uni asosiyda tushirsammikan?» degan o‘y tug‘ilgan bo‘lsa, ajabmas. «Yuve» forvardi golga assistentlik qildi, «yuqori qavat»dagi ikkita duelda ustunlikka erishdi, uning uzatmalari aniqligi 60 foizni tashkil qildi.

Evro arafasida ko‘pchilik Zazaga italiyaliklarning «sehrli tayoqchasi» sifatida qarayotgandi, futbolchi ishonchni oqlamoqda. U ajoyib hujumchi, «Yuventus»da kam o‘ynab, ko‘p kuch saqlab qolgan. Shu bois, uni 1990 yilgi mundialda «Skuadra adzurra» to‘purariga aylangan Salvatore Skilachchiga qiyoslaganlar ham uchradi. Vaholanki, bu futbolchi ham asosiy tarkib a’zosi hisoblanmagandi.

Konte G‘oyasi ish bermoqda

Birinchi tur yakuniga ko‘ra, Italiya termasi Evropa chempionatida eng ko‘p yuguradigan jamoaga aylangandi - Belgiyaga qarshi bahsda futbolchilar 119,7 kilometr masofani bosib o‘tishgan. Konte jamoasida jismoniy holat bo‘yicha muammo yo‘qligini Shvetsiya bilan bo‘lgan o‘yin ham yaqqol ko‘rsatdi: tanaffusdan so‘ng italyanlar raqib darvozasi oldida ko‘proq xavf uyushtirishdi, uchrashuv yakunida esa muvozanatni yo‘qotgan shvedlarni jazolashdi. Bunaqasi turnirda yana takrorlanishi mumkin.

Antonio Konte ixtiyorida mashhur yulduzlar yo‘qligini inobatga olib, Evro-2016 boshlanishi arafasida asosiy urg‘uni intensiv o‘yinga bergandi. Qishda - Pirlo termaga chaqirilmasligini aytganidayoq shunday fikrga kelgandi. O‘rta va hujum chizig‘idagi faqat ikki futbolchining yoshi 31dan yuqori ekani tasodif emas: De Rossi 32 yosh, Tiago Motta - 33. O‘z navbatida, murabbiy bu o‘yinchilarni bir vaqtning o‘zida o‘ynatmayapti: ulardan biri zaxiradan maydonga tushmoqda. Shu o‘rinda Kontening har ikki bahsda uchala zaxira imkoniyatidan foydalanganini ta’kidlash joiz. Gap intensivlik haqida ketarkan, o‘yinni oqilona boshqarish muhim ahamiyat kasb etishi aniq.

O‘rta va hujum chizig‘idagi zaiflik

Italiyaliklar ikkita o‘yinda gol o‘tkazishmadi, ammo bu bilan himoyani to‘kis o‘ynayapti, deyish qiyin.

Shvetsiya termasining tayanch chizig‘i vakillari Chelstrem va Ekdal raqib maydon markazida pressing ishlatgan pallada «Skuadra adzurra»ning ikki forvardi va uch yarim himoyachisi o‘rtasida yaxshi ochilishdi. Ikkinchi bo‘limda bu holat hattoki, xavfli hujum bilan yakun topdi, ammo hakam o‘yinni to‘xtatdi - Ibragimovich «ofsayd»da qolib ketgandi. Chiziqlardagi uzilishlar esa asosan birinchi 45 daqiqalikda ro‘y berdi. Mazkur masalada Kontening hali qiladigan ishlari talaygina.

Agar Chelstrem va Ekdal sheriklariga zarba yo‘llash imkoniyatini taqdim eta olishganida, Italiya uchun hammasi salbiy yakun topishi ham mumkin edi, ammo ular keskinlashtiruvchi uzatmalarni amalga oshirishda adashdilar. Hujumni qanot orqali rivojlantirishga bo‘lgan urinish zoe ketdi: italiyaliklar himoyada zich joylashib, raqibga umuman imkoniyat qoldirishmadi.

Shvetsiya etakchisi Zlatan Ibragimovich ikki marta jamoadoshini qulay vaziyatga chiqarishga urindi, ammo uning uzatmasi yo‘liga raqib himoyachilari to‘g‘anoq bo‘ldilar. Italiya mudofaasi belgiyalik yulduzlar va Ibragimovich sinovidan o‘tdi. Bundan xulosa qilish mumkinki, «Skuadra adzurra» himoyasi har qanday hujumga dosh bera oladi.

O‘. UMAROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar