Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining navbatdagi yig‘ini boshlandi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 152
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining navbatdagi yig‘ini boshlandi

Temur Olimxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 20 iyun kuni Toshkentda o‘zining navbatdagi yig‘inini boshladi.

Shu yilning 15 sentyabr — 2 oktyabr sanalari davomida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ushbu yig‘in doirasida Belarus bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Har ikki o‘yin Minsk shahrida bo‘lib o‘tadi. Jamoaning Belarusga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisi 25 iyunda bo‘lsa, ikkinchi o‘yin 27 iyun sanasiga belgilangan. Har ikki uchrashuv mahalliy vaqt bilan 18:00da boshlanishi belgilab qo‘yilgan.

22 iyun kuni O‘zbekiston U-16 Minskga jo‘nab ketadi. U erga boradigan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha.

Darvozabonlar:

Xojakbar Jo‘raev “Paxtakor”

Abduvohid Ne’matov “Nasaf”

Himoyachilar:

Ixtiyor Xoldorov “Bunyodkor”

Mardon Abdullaev “Bunyodkor”

Islom Karimov “Bunyodkor”

Abubakr Mo‘ydinov “Bunyodkor”

Shoxzamon Xayrullaev “Paxtakor”

Muhammadali Namozov “Paxtakor”

Yarim himoyachilar:

Abdug‘ani Kamolov “Bunyodkor”

Rasul Yo‘ldoshev “Bunyodkor”

Asadbek Sobirjonov “Paxtakor”

Oston O‘runov “Paxtakor”

Baxromjon Soatov “Paxtakor”

Ibrohim G‘anixonov “Paxtakor”

G‘ayrat Azizxo‘jaev “Bunyodkor”

Hujumchilar:

Shuxrat Ne’matov “Bunyodkor”

Abdulhay Ismoilov “Bunyodkor”

Doniyor Abdumo‘minov UzDongJu

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga final bosqichiga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Olimxo‘jaev shogirdlari turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 20 sentyabrda Yaman va 23 sentyabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar