Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Qahramonlik sharafiga

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 55
Qahramonlik sharafiga

«Lester» mavsum davomida omma e’tiborini o‘ziga qanchalik jalb etgan bo‘lsa, tarixiy chempionlik qo‘lga kiritilganidan keyin ham ayni holat davom etmoqda. Bu klubga kuchli mehr qo‘ygan ayrim ishqibozlar sal qolsa aqldan ozishdi: ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlarida «tulkilar» surati aks etdi. Lesterliklarning noyob muvaffaqiyati kimlarnidir tijoriy tomondan ruhlantirgan bo‘lsa, ayrimlar Riyod Mahrez siymosidan shunchaki foydalanish bilan cheklanishmadi. Quyida ushbu mavzuga batafsil to‘xtalamiz.

BIR KUNLIK O‘ZGARISh

Joriy yilning 16 may kuni «Lester»ning chempionlik paradi munosabati bilan shahardagi universitet binosiga 24 soat mobaynida klub nomi berildi. Angliya va Evropaning eng nufuzli ta’lim muassasalaridan birining rahbariyati o‘z tashabbusini quyidagicha izohladi: «Shu tariqa, «Lester»ning ajoyib mavsumi va tarixdagi ilk sovrinidan universitetimiz hamda shahrimizning faxrlanishini xohladik. Bu kabi aktsiyalar kamdan-kam uchraydi, ammo klubning ushbu natija bilan cheklanib qolmasligiga ishonamiz».

Ishga o‘ta oqilona yondoshishdi, har bir jihat o‘ziga xos ramziy ma’noga ega bo‘ldi. Ilm-fan va ulkan tajriba manbai hisoblangan kutubxonaga Klaudio Raneri nomi berildi. Rektorat joylashgan korpusning esa Ues Morgan bilan bog‘langani mantiqan to‘g‘ri. Nima deb o‘ylaysiz, geologiya bo‘limi kimning nomi bilan ataldi? Talabalar Leonardo Uloaning «Norvich»ga urgan golining magnitudasi 0,3 balli seysmik silkinishga qiyoslashdi. Albatta, bu erda xato qilish mumkin emasdi. Bir paytlari yagona topilma evaziga Lesterning tarixiy va sayyohlik potentsialini oshirgan arxeologiya fakultetidagi holat ham yomon ko‘rinmadi. Gap qirol Richard IIIga tegishli qoldiqlar haqida ketmoqda. Qirolmi? Yaxshi, demak, bizga Endi King kerak. Jeymi Vardi nomi esa bir kun mobaynida universitetga tegishli eng baland inshoot bilan bog‘landi.

XIZMATDA - ChEMPIONLAR!

«Endilikda ishqibozlar sevimli yulduz futbolchilari keltirgan taom va ichimliklardan bahramand bo‘lishadi. Qachonlardir shunday voqea ro‘y berishini kim ham o‘ylabdi, deysiz?» - dedi Pizza Hut tizimidagi pitstseriyalardan birining menejeri Sharlotta Raneri quvonch bilan.

Gap shundaki, pitstseriyadagi 12 nafar xodim «Lester» chempionligi munosabati bilan «tulkilar» nomlaridan foydalanishdi. Hammasi hujjat asosida, yuridik normalarga to‘liq javob beradi. Yo‘q, bu tentaklik emas, zero hech kim haqiqiy ism-sharifidan voz kechmadi. Shunchaki, Pizza Hut xodimlari muayyan bir nomni taxallus sifatida ishlatishdi. Aytaylik, maxsus beyjikdagi ismni o‘zgartirish kifoya, baribir, u bilan chegarani kesib o‘tish mumkin emas.

Klaudio Ranerining mavsumdagi ilk «quruq» o‘yin uchun va’da qilgan pitstsa ziyofatiga o‘ziga xos syujet, shunday emasmi?

KOSMIK TANTANA

Lesterdagi bayram oqshomi gallaktika miqyosida o‘tkazilgani rost, ammo sarlavhadagi «kosmik» so‘zi haqiqatga yanada yaqinroq ko‘rinish kasb etdi. Aynan Lesterda joylashgan Milliy kosmik markaz xodimlari muvaffaqiyatni Er sayyorasidan 2200 yorug‘likdagi uzoqlikda tantana qilishni ma’qul ko‘rdilar. Tashkilot saytida noodatiy tabrik matni paydo bo‘ldi. Oqqush yulduzlar turkumidagi planetariy (NGC 6826) haqidagi ilmiy ma’lumot unga asos sifatini o‘tadi: moviy kislorod buluti va to‘q sariq azot ko‘rinishida bo‘ldi. Bundan tashqari, oq va tillarang, olimlarning fikricha, «tulkilar»ning chempionligi timsoliga aylanishi lozim edi.

ENG YaXShI STRIT-ART

Hammasi Klaudio Ranerining qoyilmaqom tarzda chizilgan suratidan boshlandi. Keyinchalik Richard Uilson unga «chempionlar» so‘zini qo‘shgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay, bu erda chempionlik tarkibini ham qayd etish lozimligini angladi. Uilson asli Londondan va umuman, o‘zini futbolning ashaddiy muxlisi deb hisoblamaydi. Ammo vaziyat shuni taqozo etarkan, demak, u «Kuinz Park Reynjers»ni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq Richardning fikricha, «Lester» ko‘rsatgan karomat sport sarhadlaridan chiqish demakdir.

Uilson tez-tez Angliya bo‘ylab sayohatga chiqarkan, devorlarga musiqa yulduzlarining suratlarini chizish bilan shug‘ullanadi. Raneri timsolini gavdalantirish g‘oyasi esa «Suonsi» ustidan qozonilgan ajoyib g‘alaba(4:0)dan so‘ng paydo bo‘ldi. Narvon va bir nechta bo‘yoq ballonchalarini olib, Lesterga jo‘nadi. Elektronika do‘koni devori o‘ziga xos san’at anjomi vazifasini o‘tadi. Buni qaysidir ma’noda taqdir haziliga ham qiyoslash mumkin: Raneri bir safar shu erdan televizor xarid qilgandi.

Voqealar rivojini Uilsonning instagramdagi sahifasi orqali kuzatish mumkin. Hozir italiyalik mutaxassisning yonida Kasper Shmeyxel, Robert Xut, Shinji Okazaki va yana ayrim futbolchilar ham o‘rin olishga ulgurdilar.

«MONOPOLIYa»ChA INQILOB

«Lester» futbolchilari bilan bog‘liq yangilik insoniyat tomonidan o‘ylab topilgan eng yaxshi o‘yinlardan biri - «Monopoliya»ni ham chetlab o‘tmadi. Xarid qilinajak mulklarning charm to‘p ustalari nomiga o‘zgartirish fikri IT-xavfsizlik bo‘yicha konsultatsiya beruvchi kompaniya rahbari Maks Allendan chiqdi. O‘yin maydonining o‘zgacha varianti klubga taqdim etildi - Allen «Lester»ning mazkur buyumni sotish orqali xayriya ishlariga hissa qo‘shishidan mamnunligini yashirmadi.

«Monopoliya»dagi har bir bo‘lim «tulkilar» tarkibi bilan bog‘landi - darvozabondan tortib, hujumchilargacha. Kasper Shmeyxelga eng arzon maydoncha - 60 funtlik Old Kent-roud nasib qildi. 300 funtlik Ridjen-strit esa Riyod Mahrezniki bo‘ldi. Jeymi Vardiga 350 funtlik Park-leyn berildi. Eng qimmat mulk, tabiiyki, Klaudio Raneriga ajratildi: Londonning eng nufuzli markaziy hududi - Meyfer. Tashkilotchilar bu fikr darvozabonlarni ranjitadi, deb o‘ylashmayapti. Bu shunchaki, hududlar, ko‘chalar va mulklarni taqsimlashning eng qulay va sodda usuli, xolos.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar