Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.06.2016

Antuan Grizmann:«Golim yaqinlarimga armug‘on»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 117
Antuan Grizmann:«Golim yaqinlarimga armug‘on»

Ayni payt Frantsiyada Antuan Grizmanni har qadamda uchratish mumkin: Evro-2016 reklama afishalarida, jurnallar muqovasida, TVda va hokazo. Futbol maydonida esa, hujumchi faqat 2-tur doirasida o‘yinning oxirgi daqiqalariga kelibgina ko‘zga tashlandi. Deylik, Ruminiya termasiga qarshi kechgan ilk uchrashuv (2:1)ning 66-daqiqasida o‘z o‘rnini Kingsli Komanga bo‘shatib bergan «Atletiko» a’zosi albanlar bilan bahsda boshlang‘ich tarkibdan tushib qoldi. Lekin u ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida o‘yinga qo‘shilib, 90-daqiqada o‘ta muhim golga mualliflik qildi va frantsiyalik muxlislarning ulkan ishonchlarini bejiz emasligini isbotladi.

- Albatta, g‘oyat xursandman, axir 2ta turdan keyinoq 1|8 final masalasini hal qildik, - dedi Grizmann albanlarga qarshi bahsdan so‘ng. - Maydonda bor imkoniyatlarimizni ishga soldik va maqsadga erishdik. Gol urganimga kelsak, bu safar ikki hissa yoqimli bo‘ldi. Chunki «Velodrom» tribunalarida oilam ham bor edi.

- Biroq Dide Desham sizni zaxirada qoldirgandi...

- Bu uning huquqi. Jamoada 23 nafar futbolchi bor va bosh murabbiy har o‘yinga ulardan 11 nafarini tanlaydi. Faqat Desham o‘yin oldidan har daqiqada maydonga tushishga tayyor turishim lozimligini alohida uqtirdi. Men esa uning ko‘rsatmasiga to‘liq amal qilishga urindim. Albaniya termasi darvozasiga urilgan gol men uchun ayniqsa, ruhiy tomondan muhimdir. Bir hisobdan ruminlar bilan o‘yin uchun revansh oldim, deyishim mumkin. Endi shu ruhda davom etishim va raqiblar jarima maydonida ildamroq harakatlanishim kerak. Shunda gollar o‘z-o‘zidan kelaveradi.

- Frantsiya termasi muxlislari aynan sizdan o‘ta kuchli futbol ko‘rsatishingizni kutishyapti. Xo‘sh, mas’uliyat yuki og‘irlik qilmayaptimi?

- Hammasi joyida. Har qanday chorlovni qabul qilishga ruhan tayyorman. Zero, o‘z imkoniyatlarimni yaxshi bilaman va o‘yinlarga o‘ta jiddiy yondashyapman. Lekin avvalo, jamoa uchun o‘ynashga urinaman. Ota-onam individuallikka yopishib olmaslikni o‘rgatishgan, shuning barobarida o‘zligimni saqlab qolishim zarurligini ham uqtirishgan.

- Endilikda Frantsiya termasini Evro-2016ning bosh favoriti sifatida ta’riflash mumkinmi?

- Mana, chempionat boshidan buyon kuchsiz raqib umuman yo‘qligi yaqqol bilindi. Qayd etilayotgan hisoblarga qarang. Albatta, biz imkon qadar uzoqroqqa borish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Lekin Ispaniya, Germaniya, Italiya termalaridan har narsa kutish mumkin. Qolaversa, qaysidir jamoaning «syurpriz» ulashishi ham hech gap emas.

- Evropa birinchiligida muvaffaqiyatli o‘ynagan taqdiringizda, top-klublarning sizga nisbatan qiziqishlari yanada ortishi tayin. Qiziq, salohiyatingizni boshqa mamlakat chempionatida sinab ko‘rish haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

- Ispaniya - mening uyim, La-liga - mening chempionatim. «Atletiko» esa buyuk klub! «Real Sosedad» bilan muzokaralar jarayoni kechagidek yodimda. «Atletiko» rahbarlari men uchun 30 million evro to‘lashga tayyor ekanliklarini darhol aytishgandi. Umuman, ular bilan birinchi uchrashuv yakunidayoq meni darhaqiqat, o‘z jamoalarida ko‘rish ishqida yonayotganlarini sezgandim...

- ...Lekin baribir, g‘alati-da. Axir «Arsenal», «Barselona» va «PSJ» jamoalari qolib, «Atletiko»ni tanlagansiz...

- «Atletiko» o‘sha payt Ispaniya chempioni edi! O‘yin bobida o‘sish uchun aynan shunday klubda o‘ynash va Diego Simeonedek murabbiy bilan ishlash muhim ekanligini tushunganman. Zero, klub va murabbiyning mashg‘ulotlari menga yoqadi. Bu mening uslubim.

- «Real Sosedad»da o‘ynab, professional futbolchi sifatida shakllanganingiz va yuqori saviyaga ko‘tarilganingizni hisobga olsak, klubdan ketishingiz oson bo‘lmagandir...

- Harqalay, 13 yoshda uydan chiqib ketganimdagidek qiynalganim yo‘q. O‘shanda Ispaniyada shug‘ullanishimni taklif etishgan va «Real Sosedad» vakili meni olib ketish uchun uyimizga borgandi. Yaqinlarimning ko‘zda yosh bilan kuzatib qo‘yishgani hech yodimdan ko‘tarilmaydi. Umuman, Ispaniyada menga oila g‘amxo‘rligi etishmagan va ba’zan tuni bilan yig‘lab chiqardim. Qisqasi, o‘sha holat bilan taqqoslaganda, Madridga ko‘chib o‘tish ruhan muammo tug‘dirgani yo‘q.

- «Atletiko» haqidagi gaplaringizdan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ayni payt boshqa klublar tomon qaramayapsiz...

- Shunday. Har holda, hozirda bor e’tiborim Frantsiya terma jamoasiga yo‘naltirilgan.

E’TIROF

Filipp MONTANE: «Grizmann yaqqol kuchaydi»

«Real Sosedad»da 2 yil ishlagan frantsiyalik murabbiy Filipp Montanening fikricha, Antuan Grizmann oxirgi vaqtlar o‘yin bobida yaqqol o‘sgan va hozirda jahonning eng yaxshi futbolchilaridan sira qolishmaydi.

- Grizmanning o‘tgan mavsumdagi natijalari sizni hayron qoldirmadimi?

- Birozgina. «Atletiko» - oxirgi yillarda munosib sovrinlarni yutgan katta klub. Bunday jamoada qisqa vaqt oralig‘ida etakchilardan biriga aylanish faqat eng zo‘r futbolchilarga nasib etadi. Antuan - ajoyib texnik qobiliyatga ega aqlli futbolchi.

- Sizningcha, Antuan aynan qaysi jihatda ko‘proq kuchaydi?

- Jismoniy tarafdan sezilarli darajada o‘sdi. Axir uning vazni ancha engil, garchi tabiatan jangchi bo‘lsada. Xullas, Antuan avvalgidek tezkor, shuning barobarida endi yakkakurashlarda uncha engilmayapti.

- Kamchiligi-chi - unga nima etishmayapti?

- Tajriba. Biroq malaka yillar o‘tgani sayin to‘planadi. Muhimi, Antuanda o‘rganish va o‘sishda davom etish xohishi kuchli.

Sovsport.ru - I. RAHIMOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar