Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.06.2016

Futbol tarixidan: qiziqarli voqealar

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 591
Futbol tarixidan: qiziqarli voqealar

Futbol tarixida qiziqarli voqealar juda ham ko‘p uchrab turadi. Mazkur maqolada siz aynan mana shunday hodisalar haqida o‘qishingiz mumkin. Ta’kidlash joizki, ularning ayrimlari keyinchalik futbol qoidalariga o‘zgartirish kiritishga ham zamin yaratgan.

Manbalarda keltirilishicha, 1878 yilgacha o‘yinlarni boshqargan hakamalar o‘z vazifalarini faqat imo-ishora yoki so‘z orqali bajarib kelishgan. Kunlarning birida o‘yinni boshqarib borish vazifasi politsiya xodimi zimmasiga yuklatildi. Tabiiyki, o‘sha o‘yin ham odatdagidek, g‘alva-janjallardan xoli bo‘lmadi. Politsiyachi-hakam tortishuvli vaziyatlardan birida o‘zi bilamagan holda referi xushtagini ixtiro etadi. Ya’ni dahanaki «jang»ga berilib ketgan futbolchilarni tinchlantirishga urinadi, biroq bu natija bermagach, ko‘cha to‘polonlarida qo‘llaniladigan xushtagini cho‘ntagidan chiqaradi-da, uni bor kuchi bilan chala boshlaydi. Qarangki, kutilmagan sado barcha futbolchilarga birdek ta’sir qiladi. ehtimolki, ular hakamni politsiyachi o‘rnida ko‘rib, jimib qolishgandir? Xullas, hammayoq suv qo‘yilgandek, tinch bo‘lib qolgach, hushtak hakamlarning asosiy quroli sifatida tanlanadi. Shundan buyon futbol referisini oddiy xushtaksiz tasavvur qilish aslo mumkin emas.
Millionlar o‘yini endi-endi oyoqqa turayotgan davrlarda futboldagi eng «oliy» jazo – 11 metrlik jarima to‘p amalga oshirilmas edi. Eng jiddiy jazolar sirasiga kiruvchi penalti tepish futbol qoidalari oilasida o‘z-o‘zidan kirib qolgani yo‘q. 1891 yili Angliya kubogi uchun «Notts Kaunti» va «Stok Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bunga sabab bo‘lgandi. O‘yin davomida «Stok Siti» raqibiga 0:1 hisobida yutqazayotgandi. Navbatdagi hujumlarning birida bo‘sh darvozaga yo‘naltirilgan to‘pni «Notts Kaunti» o‘yinchisi qo‘li bilan qaytarib qoladi. Qoida buzilgan nuqtadan bajarilgan zarba nishonga aniq yetib bormaydi. Negaki, «Notts Kaunti» jamoasining barcha o‘yinchilari darvoza oldida o‘tib bo‘lmas «jonli devor»ni hosil qilishgandi. Hisob o‘zgarmadi va o‘z-o‘zidan uchrashuv tugagach, «Stok Siti» jamoasidan Angliya futbol rahbarlariga norozilik xati tushdi. Kengash norozilikni ko‘rib chiqish davomida qoidaga jazoning yangi turini kiritdi: 12 yard (10 metru 97 sm) uzoqlikdan himoyachilar to‘sig‘isiz darvoza markazidan zarba berish.
Biroq bu bilan penalti tarixi o‘z yakuniga yetmadi. Bu boradagi navbatdagi ko‘tarilish ham «Stok Siti» futbolchilariga taaluqli bo‘ldi. «Aston Villa»ga 0:1 hisobida yutqazayotgan «Stok Siti» jamoasi so‘nggi soniyalarda penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Raqib futbolchilari ayyorlik yo‘liga o‘tishib, to‘pni uzoqqa ataylab tepib yuborishdi. To‘pni qaytarib olib kelguncha esa vaqt tugadi. Penalti ham amalga oshirilmadi. Yana norozilik. Angliya futboli rahbarlarining Kengashi bu safar qoidaga «Penalti tepilmaguncha o‘yin tugamasligi kerak», - degan qo‘shimcha kiritdi. U paytlarda penaltilar tepish texnologiyasi hozirgilardan tubdan farq qilardi. Amalda esa jarima maydonchasi va 11 metrlik belgi oradan 11 yil o‘tgach, ya’ni 1902 yili joriy qilindi. endi asosiy gapga kelsak, 11 metrlik jarima to‘pi tepishni irlandiyalik Jon Penalti kashf qilgandi. O‘shandan buyon mazkur jarima to‘pi Jonning familiyasi bilan ataladi.

Zamanoviy futbol vatani – Angliya. Bu barchaga ma’lum. 1893 yilda «Blekbern Rovers» klubi Jek Sautvorfni «Everton»ga 400 funt sterlingga sotadi. Bu futbol tarixidagi ilk transfer edi. Hozirgi vaqtda bu arzimas mablag‘ ekanligi aniq, lekin o‘sha paytda katta edi. Taqqoslash uchun oladigan bo‘lsak, o‘shanda futbolchilarning haftalik maoshlari bir funtdan sal oshardi, xolos. Chiptalar sotuvidan klub 300-400 funt miqdorda foyda olardi. Sautvorf esa o‘sha pulga mos tushardi. U Angliya terma jamoasi futbolchisi edi. «Rovers» tarkibida to‘rt mavsum to‘p surib, 108 o‘yinda 97 golga mualliflik qiladi.

Yusupov Furqat

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar