Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.06.2016

Shinji Kagava: «EChL madhiyasini eshitganda badanim jimirlaydi»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 57
Shinji Kagava: «EChL madhiyasini eshitganda badanim jimirlaydi»

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Shinji Kagava FourFourTwo nashriga intervyu berar-kan, yakunlangan mavsum haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga «Manchester Yunayted»da o‘tkazgan davrlarini ham esga oldi.

- Yakunlangan mavsum haqidagi fikringiz qanday?

- Yaxshi kunlar bilan birga yomon damlarni ham boshdan kechirdik. Lekin umuman olganda, butun mavsumni stabil o‘tkazganimizdan mamnunman. Har holda, o‘tgan mavsumdagi natijalarimizni bu safar ancha yaxshiladik. Ayni paytda o‘zimizga bo‘lgan ishonch ortdi. Albatta, qoniqarsiz mavsumdan keyin tiklanish jarayoni murakkab kechadi.

- Jamoa o‘tgan yozda Evropa Ligasi saralash bahslarida ishtirok etdi. Nufuz borasida EChLdan past­roq turuvchi bu turnirda qatnashish qanday kechdi?

- Albatta, Chempionlar Ligasining darajasi baland. Biroq bu mavsumni yangi murabbiy bilan boshladik, yangi tajriba to‘pladik. EL saralashida o‘ynashimiz ham qaysidir ma’noda yordam berdi. Chunki g‘alabalarimiz ko‘paygani sari o‘zimizga bo‘lgan ishonch ortaverdi.

- «Borussiya» chempionatda ikkinchi o‘rinni egalladi. Vaholanki, finishga rekord darajadagi ochkoni jamg‘argan holda etib keldi. «Bavariya»ga etib olish mumkinligini his qildinglarmi?

- Aslida, bu savolga boshqacharoq javob bergan bo‘lardim. Aniqrog‘i, myunxenliklar bizni o‘zlariga yaqinlashtirmaslikni a’lo darajada uddaladilar. Mavsumning asosiy qismida 5 ochkolik farqni ushlab turdik. Ammo «Shalke» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaganimizdan so‘ng barchasi o‘zgarib ketdi. Biz hali imkonimiz bor, deb o‘ylagandik. Chunki «Bavariya»ni Chempionlar Ligasida qiyin o‘yinlar kutib turgandi. Biroq bu unchalik ahamiyat kasb etmadi. Yakunda myunxenliklar kerakli joyda g‘alaba qozonishdi. Biz esa o‘rtadagi masofani qisqartira olmadik.

- Yangi mavsumda ham raqobat tug‘dirishga qodirmisizlar?

- Bunga aslo shubha qilmayman. Buning uchun darajamizni oshirishimiz, mavsum davomida yaxshi formani ushlab turishimiz talab etiladi. Jamoa raqib qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, turli usullarni qo‘llamoqchi. Buni murabbiy bizga yaxshilab uqtirmoqda. Ayniqsa, mavsumning ikkinchi qismida sxemalarda o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi.

- Mavsumning eng yorqin vaziyati qaysi?

- Bir yoki ikkita holatni alohida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Yil davomida mashg‘ulotlar va o‘yinlarga tayyor holda etib borish uchun astoydil mehnat qildim. Umuman, mavsumni to‘liq ijobiy o‘tdi, deya olaman.

- Tomas Tuxel sizda qanday taassurot uyg‘otdi?

- U mayda detallarga ham jiddiy e’tibor qaratadi. Tomas hamisha yaxshi tayyorgarlikka ega, har bir uchrashuvda turli rejalar tuzadi. Uning nima demoqchi bo‘lganini tushunish oson. Shu bois ham futbolchilar Tuxelning g‘oyalarini amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelmaydilar.

- Kelgusi mavsum Chempionlar Ligasidan nimalar kutyapsiz?

- EChLda qatnashish hamisha yaxshi. Qanchalik uzoqqa borishimizni esa vaqt ko‘rsatadi. Qur’a bizga juda kuchli jamoalarni ro‘para qilishi mumkin. Muhimi - bu fantastik turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishga intilamiz. Har yili Chempionlar Ligasi o‘yinlarini ko‘rib, ushbu musobaqada ulkan tajriba to‘plash mumkinligiga amin bo‘laman. Har safar EChL madhiyasini eshitganimda badanim jimirlab ketadi.

- Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Liverpul»ga imkoniyat boy berilgach, Evropa Ligasini tark etdinglar. Shundan so‘ng jamoaning kayfiyati qanday bo‘ldi? Uchrashuvdan keyin Yurgen Klopp bilan gaplashdingizmi?

- Juda qiyin bo‘ldi. Keyingi bos­qichga o‘tishga yaqin kelgandik. Lekin natija qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz lozim edi. Klopp haqida gapirsam, ortiqcha chaqchaqlashmadik. Shunchaki, salomlashdik, xolos.

- U sizni «Liverpul»ga taklif qiladimi?

- Bunday deb o‘ylamayman.

- Jiddiy gapiradigan bo‘lsak, APLga qaytish haqida o‘ylayapsizmi?

- Yo‘q. Hozir bor e’tiborim «Borussiya»ga qaratilgan.

- «Manchester Yunayted»dagi faoliyatingiz haqida qanday fikrdasiz?

- Unda endigina 24-25 yoshda edim. «Old Trafford»da keyingi faoliyatimda asqotadigan ulkan tajriba to‘pladim. Ortga qaraganda hech nimadan afsuslanmayman. Albatta, Manchesterda yaxshi futbolchilar ko‘p edi. Biroq tuzilma mutlaqo boshqacha edi.

- Dam olish kunlari nima bilan mashg‘ul bo‘lasiz? Yaponiyani sog‘inasizmi?

- Mavsum davom etayotganda sog‘inch hissi sezilmaydi. Ammo ta’til payt­lari Yaponiyaning naqadar ajoyib mamlakat ekanligini yana bir karra his qilaman. Do‘stlarim bilan uchrashganimda hamma tashvishlarimni unutib yuboraman.

- «Borussiya»da kimlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lasiz?

- Ilkay Gyundogan va Pak Chu Xo. To‘g‘ri, birgalikda aytarli hech nima qilmaymiz. Ammo mashg‘ulotlarda juda ko‘p suhbatlashamiz.

- «Lester» hujumchisi Shinji Okazaki FourFourTwos Asia 50 versiyasiga ko‘ra, qit’aning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. Bu haqdagi fikringiz qanday?

- Ajoyib qaror. Shinji uchun xursandman. U mavsum davomida muntazam maydonga tushib keldi. Shu bilan birga jamoasining muhim g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi. Haqiqatan ham u bilan faxrlanaman. Yaponiyalik yoki osiyolik futbolchi shunday natijalarga erishsa, boshqa qit’adoshlarimizda ishtiyoq uyg‘onadi.

- U sizdan keyin APLda g‘olib chiqqan ikkinchi yaponiyalik futbolchi bo‘ldi...

- Uning holati biroz farqli. Chunki men eng yaxshi o‘yinlarimni namo-yish qila olmaganman. Okazaki esa jamoasining muhim futbolchilaridan biriga aylandi. EChLda unga qarshi to‘p surishni juda istardim.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar