Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.06.2016

Jo Xart: «Raqibning asabiylashishi – ayni muddao»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 92
Jo Xart: «Raqibning asabiylashishi – ayni muddao»

«Manchester Siti» posboni The Telegraph nashriga intervyu berish chog‘ida «uch sherlar» o‘yinidan olgan taassurotlari hamda o‘n bir metrlik jarima zarbasini qaytarish sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Evro-2012 Jo Xart uchun Angliya termasining birinchi raqamli darvozaboni sifatidagi dastlabki turnir bo‘lgan. O‘shanda 25 yoshli kiper italiyaliklarga qarshi kechgan o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Balotelli, Nocherino hamda Dyamanti tomonidan berilgan zarbalar oldida ojiz qoldi. Andrea Pirloning panenka uslubida urgan goli esa hammasidan oshib tushdi. O‘shandan buyon 4 yil o‘tdi. Shu vaqt oralig‘ida Xart bir necha marta «nuqta»dan yo‘llangan to‘plarni qaytardi. 2013 yilning fevraliga kelib, Leo Messi, Frenk Lempard va Ronaldino angliyalik posbonning mahoratiga tan berishdan o‘zga chora topisholmadi...

- Penalti tepilayotgan payt muvaffaqiyat qozonish uchun shunchaki, omadga tayanasizmi yoki buning uchun alohida tayyorgarlik ko‘rasizmi?

- Tajribamni ishga solishga urinaman, sakrash uchun eng qulay fursat tug‘ilishini poylayman. Mendan qat’iyatliroq bo‘lish talab etiladi. Ba’zan adashardirman, lekin raqibning nima haqida o‘ylayotganini bilaman.

- Penalti tepayotgan futbolchini chalg‘itish uchun nimadir qo‘llaysizmi?

- Bunga turlicha yondashish mumkin... Muvaffaqiyatsiz penaltilar seriyasiga duch kelgan paytlarim bo‘lgan. Raqib ko‘proq asabiylashishi uchun nimadir qilishga urinaman, bu ayni muddao. Axir ularga ham «nuqta»dan to‘p tepish osonmas. Zarbaning o‘zi bitta jihat. Boshqa tomondan, o‘yinchilarda hakam va raqib futbolchilari bilan tortishish hollari ham uchraydi. Shunday pallalarda barchasini o‘z nazoratim ostida ushlashga intilaman.

- Lekin baribir, aksariyat futbolchilar sovuqqonlikni saqlab qolishni uddalashadi...

- Albatta, shu bois ham hech qachon penaltini barbod qilishga urinmayman. Premer-liga yoki terma jamoa o‘yinlarida o‘n bir metrlik jarima zarbasini tepish huquqini qo‘lga kiritadigan futbolchilar anchadan buyon shu ishning ustasiga aylangan bo‘lishadi. Mabodo «nuqta»ga Zlatan yaqinlashsa, uni chalg‘itish qiyin, tushunyapsizmi? Ammo baribir, qandaydir chora qo‘llashga urinaman. Ayrim futbolchilar doimo darvozabonga qarashadi, shu bois o‘rindan qimirlashga imkon qolmaydi. Kimlardir to‘pga yaqinlashmasidan oldin qaerga tepish borasida aniq qaror chiqaradi. Har kim buni turlicha bajaradi. Qiziq, shunday emasmi? Vaholanki, bu oddiy tuyuladi. Ayrimlar, xususan, Eden Azar to‘pga emas, ko‘zga qaraydi. Zarba yo‘llash va uni qaytarishning turfa yo‘llari mavjud.

- Azar haqida gapirdingiz, vaholanki, u bilan 11 metrlik «duel»ga chiqmagan ekansiz...

- Xuddi shunday. Lekin belgiyalik hujumchining darvozabon bilan o‘ziga xos poker o‘ynashidan xabardorman: u to‘pga zarba yo‘llashdan oldin kiperning qaysi tomonga sakrashini anglashga intiladi. Agar raqib to‘ppa-to‘g‘ri to‘sin ostini mo‘ljalga olsa-yu, men zarba yo‘nalishini aniqlash uchun futbolchining to‘p tepishini kutib turaversam, imkoniyatim kamayishi tayin.

- Qachonlardir terma jamoaning 32ta o‘yinida «quruq» seriya namo-yish etish haqida o‘ylaganmidingiz?

- Yo‘q, bunaqasi xayolimga ham kelmagan. Shunchaki, imkon qadar yaxshiroq to‘p surishga intilganman; o‘sha paytdagi klubim(«Shrusberi Taun»)da o‘ynashdan rohatlanardim. Bundan ortig‘i haqida orzu qilmasdim. «Manchester Siti»ga o‘tganimdan keyin esa o‘zimni butunlay boshqa dunyoga tushib qolgandek his qildim.

- Angliya termasining xalqaro arenalardagi muvaffaqiyatsizliklari haqida nima deya olasiz?

- Albatta, bu noxush holat. Eng muhim pallalarda termamizdan omad yuz o‘girmoqda. Ammo hech narsa abadiy bo‘lmaganidek, bizning quvonchli kunlarimiz ham oldinda. Vaziyatni imkon qadar yaxshilashga astoydil intilamiz.

- Evropa chempionati arafasida inglizlarning g‘alabalariga ishonchsizlik bilan qaraganlar ham ko‘p uchradi...

- Shunchaki, bizni jamoa sifatida yaxshi bilishmaydi. Barcha muayyan o‘yinchilarni taniydi, ammo Rossiyadagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan tarkib hali terma jamoada etarlicha tajriba to‘plaganicha yo‘q. Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, biz yaxlit jamoaga aylanib, birgalikda fikrlab, birgalikda o‘ynayveramiz.

Manba: Football.ua,

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar