Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.06.2016

Xorvatlarning «ulShtra»si Xorvatiya futbol federatsiyasiga urush ochdi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 56
Xorvatlarning «ulShtra»si Xorvatiya futbol federatsiyasiga urush ochdi

Xorvatiyalik ashaddiy muxlislardan iborat «ultras» Xorvatiya terma jamoasining Ispaniyaga qarshi guruhdagi so‘nggi o‘yinini barbod qilmoqchi va terma jamoaning Evropa chempionatidan chetlatilishiga erishmoqchi. Bu haqda Tribuna xabar tarqatgan.

Izoh berilishicha, Chexiyaga qarshi o‘yin vaqtida o‘zini ko‘rsatgan fanatlar o‘zlarini xalq dushmanlariga chiqargan mamlakat futbol ittifoqiga urush ochgan.

«Ultras» internetga Ispaniyaga qarshi o‘yin kechadigan Bordo shahridagi stadion chizmalarini joylashtirgan va o‘sha kuni qanday harakat qilish bo‘yicha a’zolarga ko‘rsatmalar bergan.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining 2-turida Xorvatiyaning Chexiyaga qarshi o‘yini yakunlanishi arafasida fanatlar maydonga yonar fayerlar uloqtirishdi. Shundan so‘ng, tribunalarda muxlislar o‘rtasida mushtlashuvlar sodir bo‘ldi.

UEFA ushbu holat yuzasidan Xorvatiya futbol ittifoqiga nisbatan intizomiy ish ochdi. Bu ish 20 iyun kuni ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror chiqariladi.

Muxlislarning bu harakatlariga mamlakat prezidenti, terma jamoa a’zolari va boshqa mutaxassislar jiddiy e’tirozlar bildirib o‘tishgan.

Xorvatiya va Ispaniya uchrashuvi 21 iyun kuni kechqurun, Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar