Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.06.2016

The Guardian: Frantsiyadagi tartibsizliklar KremlSh tomonidan uyushtirilgan

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 78
The Guardian: Frantsiyadagi tartibsizliklar KremlSh tomonidan uyushtirilgan

Buyuk Britaniya hukumatining yuqori martabali amaldorlaridan birining fikricha, Frantsiyada rossiyalik va angliyalik ishqibozlar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berishi Kreml tomonidan tashkillashtirilgan. Bu haqda The Guardian xabar bergan.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvlarda ishtirok etgan rossiyalik muxlislarning ko‘pchiligi aslida Rossiyada kuchishlatar tizimlar vakillari hisoblanishadi.

Nashrning qayd etishicha, fanatlar etarlicha uyushgan holda harakat qilgan va ularning har bir harakatlari oldindan muvofiqlashtirilgan.

"Bu hodisalar Putinning gibrid urushini kengaytirishdagi harakatlari davomidir", deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 11 iyun kuni Evropa chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida Marsel shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya va Angliya terma jamoalari uchrashuvidan oldin ikki terma jamoa muxlislari o‘rtasida shaharda bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi va o‘nlab kishilar jarohatlandi.

O‘yin tugagach esa, "Velodrom" stadionidagi rossiyalik muxlislar guruhi ingliz fanatlar o‘tirgan tribunaga bostirib kirib, inglizlarni kaltaklashdi hamda bayroqlarini tortib olishdi. Tribunadagi vaziyat yuzasidan UEFA Rossiyaga qarshi intizomiy ish ochib, Rossiya futbol ittifoqini 150 ming evro miqdorida jarimaga tortdi hamda milliy terma jamoani shartli ravishda turnirdan chetlatdi.

Keyinroq, Marsel ko‘chalaridagi tartibsizliklar bo‘yicha Frantsiya hukumati rossiyalik 3 nafar muxlisga qamoq jazosi tayinladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar