Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.06.2016

Vardi mashg‘ulotlar o‘rniga ichimlik va tamakini afzal ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 91
Vardi mashg‘ulotlar o‘rniga ichimlik va tamakini afzal ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Futbol bo‘yicha Angliya chempionati bombardiri Jeyms Vardi milliy terma jamoa tarkibida Evropa chempionati o‘yinlariga trenajyor zalidagi mashg‘ulotlarda qatnashishdan bosh tortdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Daily Telegraph nashriga ko‘ra, futbolchi buning o‘rniga energetik ichimliklar va chaynaladigan tamakini afzal ko‘rgan. Gazeta Angliya — Uels o‘yini oldidan mehmonxonadan energetik ichimlik bankasi va tarkibida nikotinning yuqori miqdori bo‘lgan chaynaladigan tamaki qutisi bilan chiqib kelayotgan 29 yoshli Vardi fotosini chop etdi.

«Agar trenajyor zaliga qatnasam, u erdagi mashg‘ulotlar harakatlarimni sustlashtirib qo‘yadi. Hammaning bir-biridan farqi bor, bu mening yo‘lim. Murabbiylar zalga borishga majburlab ko‘rdi, ammo bundan hech narsa chiqmadi», — deb bunga izoh berdi Vardi.

Sport tartibini buzganiga qaramay, Vardi 16 iyun kuni Uels bilan o‘yinda hisobni tenglashtirdi: u ikkinchi taymda, gol urishidan atigi 10 daqiqa avval maydonga tushgandi. Terma jamoa o‘shanda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Lester» hujumchisi murabbiylar aytganlariga amal qilmay yana raqib darvozasini nishonga olishga qodir yoki yo‘qligi 20 iyun kuni, Angliya terma jamoasining Slovakiyaga qarshi o‘yinida ma’lum bo‘ladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar