Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.06.2016

Sesk Fabregas: «Tarkibimiz yangi, ammo raqobatbardosh»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 92
Sesk Fabregas: «Tarkibimiz yangi, ammo raqobatbardosh»

Ispaniyalik mahoratli futbolchi Sesk Fabregas FourFourTwo nashriga intervyu berish chog‘ida «qizil furiya» yulduzlarini 2014 yilgi jahon chempionatida qanday kamsitishgani, shu bois Frantsiyadagi turnirda boy berilgan obro‘ni qaytarish niyatida ekanliklarini bildirdi.

- Braziliyadagi jahon chempionati Ispaniya terma jamoasi uchun guruh bosqichidayoq yakunlangach, jamoa qanday choralar ko‘rdi?

- Muvaffaqiyatsizlikdan mmkon qadar to‘g‘ri xulosa yasashga intildik. Evro saralash bosqichidagi barcha uchrashuvlarda ajoyib o‘ynab, g‘alabaga erishdik (Slovakiyaga 1:2 hisobida boy berilgan bahs bundan mustasno). Milliy jamoani ko‘plab asosiy futbolchilar tark etishdi, ammo yoshlarda oldinga qadam tashlash, biz uchun naqadar muhim ekanliklarini isbotlash uchun ajoyib imkoniyat tug‘ildi. Ispaniya bu safar yoshartirilgan tarkibda maydonga tushadi, ammo sifat aslo yo‘qolmaydi. Evro-2016da munosib ishtirok etishimizga ishonchim komil.

- Braziliyada nima o‘xshamagandi?

- Qat’iyatlilik - futboldagi eng muhim omillardan biri. Ilk o‘yinda Gollandiyaga 1:5 hisobida yutqazdik. Vaholanki, o‘sha bahsda dastlab 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgandik. Qolaversa, Silvada gol urish uchun juda qulay imkoniyat paydo bo‘lgandi. Agar o‘shanda David to‘p kiritganida, ehtimol muvaffaqiyatga erishib, keyinchalik bizdagi qat’iyatlilik yanada osharmidi... Biz esa fursatni boy berdik va Robin van Persi hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa raqib bizga nisbatan ancha yaxshi o‘ynadi. Ko‘ryapsizmi, futbolda alohida jihatlar va o‘yinchilardagi o‘ziga bo‘lgan ishonch muhim ahamiyat kasb etadi.

- Ispaniya termasining Evro-2016da avvalgi obro‘sini tiklay olishiga ishonyapsizmi?

- Futbolda doimo nimanidir isbotlashga to‘g‘ri keladi. Har bir o‘yin va mashg‘ulotlarda ham individual, ham jamoaviy o‘yin borasida hamisha eng yaxshilardan biri bo‘lgingiz keladi. Hozir Ispaniyadan nima kutish mumkinligini hech kim bilmaydi. Tarkibimiz yangilangan - olti yoki etti nafar futbolchi bu kabi turnirlardagi ilk o‘yinlarini o‘tkazishadi. Ammo jamoa juda yaxshi tuzilgan, raqobatbardosh. Qolaversa, bosh murabbiyimiz ham juda malakali. Frantsiyada hammasini uddalashimizga ishonaman.

- Yangi futbolchilardan kelib chiqib, jamoa taktikasi ham o‘zgardimi?

- Bizning o‘yin uslubimizga to‘liq mos keladigan taktik sxema borligiga ishonchimiz komil: bu 4-3-3. U o‘z kuchida qoladi. Kerakli pallada kichik o‘zgarishlar qilishimiz mumkin. Misol uchun, 4-4-2ga o‘tish, vingerlarni raqib darvozasiga yaqinroq hududga surish shular jumlasidan. Murabbiy Andres Inesta yoki Iskoni qanotga joylashtirishi mumkin. Hammasi o‘yindagi vaziyat va raqibga qarab belgilanadi. Ammo asosan 4-3-3 sxemasiga tayanamiz.

- Hamma raqiblarni birin-ketin mag‘lubiyatga uchratgan «Furiya Roxa»ning bir bo‘lagi, hozirgi terma jamoaning eng etakchi futbolchilaridan biri ekaningizdan xursandmisiz?

- 18 yoshimda milliy jamoadan birinchi marta chaqiruv olganimda, termada naqadar muhim ahamiyat kasb etishim mumkinligimni his qilganman. Bu erda faoliyatimning ajoyib damlarini o‘tkazdim, u hamon davom etmoqda. Endilikda chindan ham katta yoshlilar, nisbatan tajribali futbolchilardan biri hisoblanaman (Fabregas o‘zining «qizil furiya» safidagi 100-o‘yinini oktyabr oyida Ukrainaga qarshi bahsda o‘tkazdi). Bizning hozir nimalarga qodir ekanligimizni ko‘rish hammaga qiziq tuyulishi tayin. O‘ylashimcha, kubokni qatorasiga uchinchi marta mamlakatimizga olib ketish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz.

Football.ua - S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar