Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.06.2016

«U Zidandan kuchli»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 335
«U Zidandan kuchli»

Frantsiyani birinchi o‘yinda qutqargan futbolchi

Yanvar oyi oxirlarida internet tarmog‘ida ajoyib retro-rolik paydo bo‘ldi. 2005 yil, Nant, oq devorli kiyimlar do‘koni va soch turmagi Backstreet Boys guruhi vakillarinikiga o‘xshash, qora libosdagi bug‘doyrang yigit. Bu sotuvchi siymosida APLning bugungi kundagi eng yorqin futbolchilaridan birini ko‘rish uchun «Angliya, Angliya» blogi a’zosi bo‘lish shart emas. Paye g‘aroyib mavsumni o‘tkazmoqda, u haqdagi gap-so‘z va yangiliklardan qochib qutulish imkonsiz. O‘tgan yilning oxirgi kunlari Dimitrida Evropa chempionatida ishtirok etish imkoniyati deyarli yo‘q edi. Endi esa, Evroda porlash uchun unga hech kim xalal berolmaydi.

Evro-2016 ochilish o‘yinida frantsuzlar kutilganidek hisobda oldinga chiqib olishdi, keyin esa raqibga penalti tepish imkonini yaratib berishdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlanadigandek tuyulgan bir pallada ko‘pchilik kutgan voqea ro‘y berdi. 89-daqiqada Dimitri Payening chap oyoqda bergan qoyilmaqom zarbasidan so‘ng to‘p darvozaning yuqori to‘qqizligidan joy oldi...

Joriy yilning fevralida «Blekbern» Angliya kubogi bahslaridan chiqarib yuborilgach, Slaven Bilich shogirdi haqida iliq fikr bildirdi: «Paye - di Kaniodan so‘ng «Vest Xem» o‘yiniga katta ta’sir o‘tkazishni uddalagan dastlabki futbolchi». U maydondagi joyini tez-tez o‘zgartirishni yoqtiradi, hujumchi ortidagi har uchta pozitsiyadan birida o‘ynay oladi, bo‘sh zonalar va golli vaziyatlar yaratadi, uch-to‘rt nafar raqib orasidan o‘tkazib «pas» beradi, bir-ikki himoyachini bemalol aldab o‘tadi, jarima zarbalarini maromiga etkazib bajaradi... Har bir mahoratli futbolchi singari Dimitri ham barcha ishni sheriklariga nisbatan yaxshiroq uddalaydi - Paye maydonda bo‘lganda «Vest Xem» 22ta bahsning 55 foizida g‘alaba qozonib, bir o‘yinda 1,8ta gol urgan, aksincha, frantsiyaliksiz ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish kasb etadi: 7ta uchrashuv, 14 foiz g‘alaba, bir o‘yinda 0,7ta gol. «Payeni Ozil darajasidagi futbolchi sifatida baholayman, - dedi Bilich shu yil boshida. - U «qora ish»ni bajaradi, to‘pni oldinga olib chiqishga ulguradi. O‘zim birga ishlagan o‘yinchilar orasida uni Luka Modrich bilan taqqoslashim mumkin. Paye xorvatiyalik mehnatkash yarim himoyachidan hech bir jabhada qolishmayapti».

28 yoshli pley-meyker sayyoramizdagi eng murakkab ligalardan biriga tezda moslasha oldi. Paye Frantsiya klublarining biridan ikkinchisiga o‘tgan kezlari debyut mavsumidayoq uning natijalari pasaya boshlagandi. Premer-ligada esa ilk o‘yindayoq munosib shou uyushtirdi («Arsenal» «Emireyts»da mag‘lub etildi). Bahorga kelib o‘z hisobiga 23ta o‘yin, 8ta assistentlik va 8ta golni yozib qo‘yishga ulgurgandi. Agar qishning ikki oyidan mahrum qilgan jarohat bo‘lmaganida, ishonchimiz komil, uning natijalari yanada salmoqliroq ko‘rinish kasb etardi. Boz ustiga, Paye golli vaziyat yaratish bo‘yicha ajoyib ko‘rsatkichga ega (90 daqiqa mobaynida o‘rtacha 3,51 marta; faqatgina Mesut Ozilda bu raqam yaxshiroq ko‘rinishga ega - 0,13 martaga ko‘proq), bir o‘yinda jilla qursa ikki marta samarali fint ishlatadi. Dimitri anchadan buyon Ronaldinoga muxlislik qiladi. Uning fikricha, g‘alaba qozonish va tribunadagi ishqibozlarni quvontirish bir xil ahamiyatga ega jihatlar ekan.

«Ronaldinoni bir vaqtning o‘zida ham yorqin, ham samarali o‘ynagani uchun yoqtiraman, - dedi Paye Independentga bergan intervyusida. - Garchi futbolda katta pul aylansada, unga hamon bir o‘yin sifatida qarashga intilaman. Muxlislar stadionga kelisharkan, futbolchilarning zavq ulashishlaridan umid qilishadi. Men aynan shu ish bilan shug‘ullanaman».

Effektli tryuklar - ushbu yarim himoyachini alohida ajratib turadigan yagona jihat emas. Dimitrining ilk murabbiy va sheriklari undagi og‘ir fe’l-atvor va xurmacha qiliqlar bo‘lmaganida Paye premer-ligaga ancha ilgari kelardi, degan fikrni ilgari surishadi. Frantsiyaning «Gavr» klubi xo‘jayinlari uni Reyunon orolidan olib kelishganida Dimitri katta futbolga hali tayyor emasdi. Uning maktabda muamollari bisyor edi. Tashkilotchilik va motivatsiyaga ehtiyoj sezardi. «Gavr» murabbiylari qiziqqon va janjalkashligi bilan ajralib turgan yigitcha xulqini tuzatmasa, professional faoliyatdan umid uzishi mumkinligini ta’kidlashadi. «U yangi jamoaga moslashishda qiynaladi. Albatta, juda yomon ish qilmagan, ammo bolalarga xos ahmoqona qiliqlari ko‘p edi», - deya eslaydi «Gavr» murabbiyi.

Paye ushbu klubni tark etgach, deyarli «sinib» qoldi. 2003 yili uyiga qaytib, mahalliy «Ekselsior» libosini kiygach, endi Frantsiyaga bormaslikka qaror qiladi. «Umidlarim chippakka chiqqandek tuyulgandi, - deydi Dimitri Independentga bergan intervyusida. - «Gavr»da menga munosib baho berishmagandi. Hattoki, ikkinchi divizionda o‘ynashga ham loyiq emasligimni aytishganda, juda ranjigandim. Demak, Frantsiya haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Shunchaki, orolda qolib, faqat o‘sha erda futbol o‘ynashni xohladim».

Dimitrining fikricha, agar otasi 2005 yili uni «Nant»ga o‘tishga ko‘ndirmaganida, orolda qolib ketishi aniq edi. O‘sha kezlari endigina 18 bahorni qarshilagan yigitcha plyaji va quyoshi, uni yulduz sifatida qadrlaydigan engil chempionati bor jonajon shahri Sen-Perni juda sevardi. Boz ustiga, futbolchining yomon xulqidan xabar topgan «Nant» xo‘jayinlari shartnomaga tegishli qo‘shimcha kiritishdi. Unga ko‘ra, bitim yarim yildayoq bekor qilinishi mumkin edi. Bu qaror Payega yoqmadi, ammo otasining qistovidan so‘ng ko‘ndi. Oradan ikki hafta o‘tib, OAV xodimlari kiyimlar do‘konida uning jilmayib turgan holatini suratga muhrlashdi. Dastlabki sakkiz oy mobaynida klub uni havaskor sifatida qabul qilgani tufayli maoshdan ko‘ngli to‘lmagan Paye maydondan tashqarida pul topish usullarini qidirdi.

«Nant» shartnomani bekor qilish haqidagi punktdan foydalanmadi, vaholanki, Liga 1da o‘tgan 10 mavsum davomida Dimitri bir necha marta noxush vaziyatlarga tushib qoldi. Bir safar mashg‘ulotlar paytida qo‘pollik ishlatgan Bartez bilan tortishib qoldi. Payeni himoyachilarga yordam bermaslik, jamoa manfaatlarini mensimaslikda ayblagan Bartez unga har bir qo‘pollik uchun shikoyat qilavermay, kasbini o‘zgartirishi lozimligini maslahat berdi. Bu tavsiya, tabiiyki, Dimitrining qonini qaynatdi. O‘sha yili jamoaning ishlari tamomila yomon edi: elitani tark etish xavfi «Nant»ni ta’qib etar, Bartez, Payening xurmacha qiliqlari, murabbiyning samarasiz qarorlari... Shu ham etmagandek, gazetalarda yangi mojarolar boshlanayotgani haqida maqolalar chop etildi. Bu parokandalikdan o‘zga narsa emasdi. O‘sha yilning bahorida Dimitri chempionat bahsida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgach, murabbiy bilan navbatdagi tortishuv boshlandi. «Nant» esa pastlashda davom etardi... Oxir-oqibat, mavsumni yomon o‘tkazmagan Paye ikkinchi divizionda o‘ynash niyati yo‘qligini bildirib, «Sent-Eten»ga yo‘l oldi. Bu qaror «Nant» futbolchilari va muxlislarini xursand qilmagani tayin.

Frantsiyalik yarim himoyachi ishtirokidagi yana bir shubhali hodisa 2009|2010 yillar mavsumining so‘nggi kunlarida ro‘y berdi. Quyiga ravona bo‘lish xavfidan qutulish choralarini izlayotgan «Sent-Eten» o‘z uyida «Tuluza»ni qabul qilayotgandi. Hammaga tinchlik bermayotgan g‘alaba ishtiyoqi faqatgina Payega begonadek - u jon kuydirish fikridan yiroq edi. Bunday loqaydlikdan fig‘oni falakka chiqqan Yoan Benaluan sherigining yoniga kelib, ahmoqlikni yig‘ishtirishni tavsiya qildi. Xuddi shunday maslahat jamoa sardori Blez Matyuidi tomonidan ham yangragach, Dimitri jahl ustida jamoadoshining yuziga shapaloq tortdi. Oqibatda, mushtlashuv boshlandi va bir necha daqiqalardan so‘ng murabbiy Payeni zaxira o‘rindig‘iga joyladi, klub prezidenti esa o‘yinchiga sanktsiya qo‘lladi. O‘sha mavsum «Sent-Eten» mo‘’jiza tufayli Liga 1da jon saqlab qoldi. 35ta o‘yinda maydonga tushgan qahramonimiz 2ta gol urib, 6ta samarali to‘p uzatdi.

O‘sha mavsumdan so‘ng Payening faoliyatida o‘sish kuzatildi. Yangi yilning «PSJ»ga qarshi kechgan ilk o‘yinida gol urdi, «Lans» bilan bahsda «xet-trik» muallifiga aylandi, «Monpele»ning taslim etilishida faol bo‘ldi, «Lion» darvozasiga jarima zarbasidan ajoyib to‘p kiritdi. Natijada 7 o‘yinda shuncha gol urgan Paye Liga 1 to‘purarlari ro‘yxatida peshqadamlikni qo‘lga oldi. 2010 yilning oktyabrida qahramonimiz Frantsiya termasiga chaqirildi, qishda esa «Manchester Siti», «Liverpul» hamda «PSJ» klublari qiziqishiga sabab bo‘ldi - va yana eski qilig‘i boshlandi. «Sent-Eten» uning Parij klubiga o‘tishiga qarshilik ko‘rsatgach, Paye norozilik bildirib, mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Bir necha kundan so‘ng uni Parijda ko‘rib qolgan matbuot xodimlariga esa Eyfel minorasiga chiqish maqsadida poytaxtga tashrif buyurganini aytgan. Oxir-oqibat, «Sent-Eten» to‘polonchini o‘rinbosarlar jamoasi safiga qo‘shgach, biroz formasini yo‘qotdi. Bir necha oydan so‘ng esa ko‘ngildagidek futbol namoyish eta boshladi.

«Qiziqqon ekanligim rost, - dedi Paye yaqinda FourFourTwo nashriga bergan intervyusida. - Angliyada mojarolar qahramoniga aylanganimcha yo‘q, keyinchalik ham shunday bo‘lib qolishini xohlayman. Ayrim holatlarda o‘zimni nazorat qilishga qiynalaman. Kimlarningdir g‘ashiga tegardirman, bundan xabardorman. Ammo ulg‘aydim, endi o‘zimni boshqacha tutishga intilyapman».

«Sent-Eten» rahbariyatining qat’iyligi sababmi yoki ahmoqgarchiliklarga yo‘l qo‘ygani tufaylimi, Payening yangilangan «PSJ» safiga o‘tishi amalga oshmadi. Lekin APLga jo‘nashdan oldin Frantsiyada yana biroz sayr qilishga ulgurdi. «Lill»da ham, «Marsel»da ham omma ko‘nglini olishda o‘z uslubiga tayandi - birinchi yilgi nursizlik (Azar hamda Valbuenaning soyasida qolib ketdi) ortidan muvaffaqiyatli mavsum keldi (eng yaxshilar termasi va muxlislar qalbidan joy oldi). Marselo Belsa bilan tanishgani Dimitrining faoliyatida muhim ahamiyat kasb etdi. Mate Valbuena RFPLga ketgach, aynan Paye «Marsel»ning asosiy pleymeykeriga aylanib, chempionatni ajoyib natija bilan yakunladi: 36 o‘yinda 7ta gol va 22ta samarali uzatma. Shuningdek, 134 marta imkoniyat yaratib, bu borada Azar, De Bryuyne va Messi, yanada aniqroq aytganda, Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi hamma futbolchilarni ortda qoldirdi. «Belsadan ko‘p narsa o‘rgandim, - dedi Paye o‘tgan yili. - Uning qo‘l ostida ham o‘yinchi, ham haqiqiy erkak sifatida ulg‘aydim. Biz bir-birimizni darhol tushundik».

Angliyadagi faoliyati Payening o‘tmishida ro‘y bergan voqealardan xoli tarzda o‘tmoqda - noroziliklar, muvaffaqiyatsizliklar, mojarolar haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Frantsiyada uni etakchilik salohiyati yo‘qligi uchun, omadsiz kunlarda g‘alaba qozona olmaslikda ayblab, tanqid qilishardi. Angliyada Dimitri jarima zarbalarini birin-ketin golga aylantirmoqda, mahalliy muxlislar mehridan rohatlanmoqda. Xitoydan kelgan serdaromad taklifni rad etib, klub bilan yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazdi. Chunki 54 ming kishiga mo‘ljallangan Olimpiya stadioniga ko‘chib o‘tilganda, klub tarixining yangi bosqichi a’zolaridan biriga aylanmoqchi.

«Lill» va «Monpele» klublari sobiq ustozi, Frantsiyaning 17 yoshlilardan tuzilgan terma jamoasida Dimitri bilan ishlagan Rene Jerar yaqinda qiziqqon shogirdi haqida shunday fikr bildirdi: «Paye - Kantona va Gaskoyn toifasidagi futbolchi, shu bois ham angliyalik fanatlar uni qisqa fursatda yoqtirib qolishganini to‘g‘ri tushunish mumkin». Biroz qo‘pollik, biroz takabburlik. Artistlarga xos sezgi va futbolga joziba bag‘ishlash istagi. Paye jarohatidan qutulib, «Liverpul»ga qarshi bahsda maydonga qaytarkan, «Vest Xem» muxlislari uni munosib tarzda qarshi olishdi. «Bu Angliyadagi faoliyatim davomida ro‘y bergan eng yaxshi voqea. «Vest Xem» ishqibozlari bilan munosabatlarimiz - o‘ziga xos sevgi qissasi», - dedi frantsuz o‘yindan so‘ng. O‘sha uchrashuv davomida mahalliy muxlislar odatga ko‘ra, frantsiyalik pleymeykerga atalgan qo‘shiqni kuylashdi: «Bizda Paye bor! Dimitri Paye! Bizni to‘g‘ri tushunasiz, deb o‘ylamaymiz... U Slavenning supershogirdi va u Zidandan kuchli!».

Sports.ru - O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar