Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.06.2016

"Dinamo" O‘zbekiston chempionati tarixidagi rekordini takrorladi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 173
"Dinamo" O‘zbekiston chempionati tarixidagi rekordini takrorladi

Birinchi Liga 16-turi doirasida safarda «Lokomotiv-BFK» klubiga qarshi to‘p surgan «Dinamo» jamoasi 8:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishib, O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi rekordini takrorladi.

Uchrashuvdan hujumkor boshlagan vakillarimiz dastlabki bo‘limning o‘zidayoq yarimhimoyachilar Temur Sharipov, Azamat Bobojonov va Jonibek Ko‘chimovning gollari evaziga o‘yin taqdirini deyarli hal etib qo‘yishdi, 0:3.

Ikkinchi bo‘limda bir qator o‘zgarishlar bilan maydonga tushgan samarqandlik futbolchilar shu kuni yosh «Temiryo‘lchilar»dan har tomonlama kuchli ekanliklarini amalda namoyon etishdi.

Tajribali himoyachi Aleksey Nikolaev ikkinchi taym boshida hisobni 0:4 ga etkazgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay hujumchi Alisher Xoliqov hisobni 0:5 ko‘rinishiga olib keldi. Murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan yosh goleador Amirjon Safarov o‘yindagi «xet-trik»ki evaziga hisobni 0:8 ga etkazib, jamoamizga mavsumdagi eng yirik natija – 8:0 hisobidagi g‘alabani keltirdi.

E’tiborlisi, Ilhom Sharipov boshchiligidagi jamoamiz O‘zbekiston chempionati tarixidagi rekordi - eng yirik 8:0 hisobdagi g‘alabani yana bir karra takrorlashdi. Bungacha, «Dinamo» 16 yil oldin - 2000 yilda Oliy Liga doirasida Angrenning «Semurg‘» klubi ustidan xuddi shu hisobdagi g‘alabani tantana qilgandi. Bu rekord «Dinamochilar» tomonidan yana takrorlangani yaxshi natija.

Birinchi Liga, 16-tur.

«Lokomotiv-BFK» - «Dinamo» - 0:8 (0:3)

Gollar: T.Sharipov, A.Bobojonov, J.Ko‘chimov, A.Nikolaev, A.Xoliqov, A.Safarov 3 ta.

«Lokomotiv-BFK»: 1. Bahodir Mirsoatov, 6. Abdulaziz Abduhamitov, 7. Sunnat Saidov, 8. Nikita Efremenko, 10. Ramziddin To‘xtanazarov, 11. Rustam Yaraliev, 17. Hayot Sotvoldiev, 22. Azimjon Omonjonov, 23. Diyor Usmonxo‘jaev, 24. Xojiakbar Haydarov, 27. Shoxruh Razzoqov.

Zaxira: 16. Ravshan Yagudin, 4. Jahongir Sakiev, 9. Muhammadjon Husanov, 13. Shoxruh Hikmatov, 15. Shavkat Raimqulov, 19. Shukurjon Mo‘minov, 20. Xurshid Mo‘minov.

«Dinamo»: 1. Mixail Naumov, 3. Bunyod Isroilov, 5. Firdavs Abdusalimov, 6. Akmal Bozorov, 7. Omadjon Tayloqov, 8. Jasur Azimov, 9. Viktor Klishin, 10. Azamat Bobojonov, 17. Aleksey Nikolaev, 22. Temur Sharipov, 24. Jonibek Ko‘chimov.

Zaxira: 27. Shuhrat Murodov, 2. Mirkomil Loqaev, 12. Jasur Qurbonov, 18. Alisher Xoliqov, 19. Islom Sharipov, 20. Amirjon Safarov, 23. Komil Sharofutdinov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar