Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.06.2016

Serxio Ramos:«Terbl» qayd etishni xohlayman»

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 99
Serxio Ramos:«Terbl» qayd etishni xohlayman»

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Ramos «Qizil furiya»ning Chexiyaga qarshi o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng Marca nashriga intervyu berdi.

- Evropa chempionatlarida qatorasiga ikki marta zafar quchgan Ispaniya termasidan nima kutishimiz mumkin? Jamoangizning «trebl» qayd etishiga ishonasizmi?

- Shubhasiz, o‘zimizga bo‘lgan ishonch yuqori. Maqsadimiz turnirda g‘olib chiqish va buning uchun harakat qilamiz. Lekin raqobat kuchli bo‘lishini unutmaslik lozim. Hozirda Evropa chempionatida jamoalar soni oshgan. Haqiqatan ham kuchli jamoalar jamlangan.

- Sizningcha, turnirning asosiy favoriti kim?

- Odatdagidek Frantsiya, Germaniya va Angliya. Bizni guruhda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Jumladan, Xorvatiyadek kuchli jamoaga qarshi bahs olib boramiz. Bu terma safida do‘stim Luka Modrich o‘ynaydi.

- David De Xea bilan yuz bergan mojaro jamoaga qanday ta’sir o‘tkazdi?

- Hech qanday. David xotirjam va biz uni qo‘llab turibmiz.

- Jahon chempionatida jamoa ko‘ngildagidek ishtirok eta olmadi. Nima deb o‘ylaysiz, raqiblar Ispaniyaga qarshi qurol o‘ylab topishdimi?

- Barcha raqiblarning bizga qarshi uchrashuvlarda ikki karra ishtiyoq bilan o‘ynashlarini tushunish mumkin. Biz Evropaning amaldagi chempionimiz. O‘shanda esa amaldagi jahon chempioni edik. Barcha Ispaniyani mag‘lub etishni istaydi. Sir emaski, bizning o‘yin uslubimizni astoydil o‘rganishgan.

- Ispaniya bilan barcha rekordlarni zabt etishga yaqinsiz...

- To‘g‘risi, Ispaniya termasining oltin avlodi qatorida bo‘lganimdan faxrlanaman. Hamma turnirlarda g‘olib chiqishga qodir jamoaning bir qismi bo‘lish ajoyib. Biroq biror- bir rekordni yangilashim haqida o‘ylamayman. Hozirda sardorimiz Iker Kasilyas. Aynan u barcha sohalarda rekordchidir.

- Siz «Real»da sardorlikni Ikerdan qabul qilib oldingiz. Shu bilan birga Migel Munos, Xabi Alonso, Xose Mariya Sarraga, Fransisko Xento, Manolo Sanchis, Fernando Yerro va Kasilyasdan keyin Chempionlar Ligasi kubogini boshi uzra ko‘targan sakkizinchi sardor bo‘ldingiz. Bu siz uchun qanchalik ahamiyat kasb etadi?

- Shubhasiz, men uchun katta faxr. Bu haqda o‘qiganimda ko‘zlarimga ishonmadim. Bolaligimda jonajon shahrim Kamasni tark etayotganimda bunday bo‘lishini orzu ham qilmagandim.

- EChLning ikkita finalida hamma ham gol uravermagan. Bu eng yaxshi hissiyotmi?

- Eng yaxshi hissiyot - butun jamoaning muvaffaqiyati. Men bu ikki golni yana ikkita EChL g‘olibligiga alishtirgan bo‘lardim. Buni so‘z bilan ta’riflash qiyin.

- Milandagi golingizning takrorini ko‘rdingizmi?

- To‘g‘risi, golni qayta tomosha qilmadim. Balki «ofsayd» bo‘lgandir. Lekin penalti ham belgilash lozim edi. Umuman olganda, bu hakamning ishi. Qaysi biri hushtak chaladi, yana biri esa yo‘q.

- Penalti tepayotganda qaltiramadingizmi?

- Penalti tepish qiyin. Chunki elkangizda katta ma’suliyat turadi. Ammo bu narsalar meni o‘ziga tortaveradi. Men sardorman va klubga kelganimga o‘n yildan ko‘p bo‘ldi. Demak, mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olishim kerak. To‘g‘ri, ba’zida xato qilaman. Ammo penalti tepishda davom etaveraman.

- Krishtianu Ronaldu oxirgi penaltini tepganida nimalarni his qildingiz?

- Nimani his qilish kerak bo‘lsa shuni his qildim. Lekin eng avvalo, bizni doim qo‘llab turgan fanatlarimizni o‘yladim. Ular juda talabchanlar. Axir «Real» tarixdagi eng yaxshi klub.

- Pepening aytishicha, Milandagi futbol maydonida ilk bora ko‘ziga yosh olibdi. Siz ham maydonda biror marta yig‘laganmisiz?

- Ehtiroslarni har kim har xil namoyish qiladi. Milanda yig‘lamadim. Lekin Yoxanessburg, Lissabon va «Santyago Bernabeu»da rafiqam farzandlarim, oilam va do‘stlarim o‘rib olishganda ko‘zimga yosh kelgan.

- «Atletiko»ga qanday baho berasiz?

- Bu jamoaning menga yoqishini ko‘p bora aytganman. Ular Diego Simeone boshchiligida katta qadam tashlashdi. Bu jamoaga kelgusida omad tilayman. Shunchaki, ularni, ayniqsa, Simeoneni hurmat qilaman.

- Chempionlar Ligasidagi g‘alabaning asosiy sababi nimada?

- Jamoaning birdamligida. O‘ylashimcha, turnir davomida o‘saverdik. «Volfsburg» bilan bahsda biz haqiqiy jamoa ekanimizni isbotladik.

- Zayniddin Zidan kelganidan so‘ng jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

- Menimcha, Benites qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi. U kuchli jamoa tuzishga qodir. Ammo Zidan bizni oldindan yaxshi bilardi. Ularning ikkisi ham ajoyib murabbiylardir. Lekin Zizuda yana nimadir bor. Shaxsan men unga minnatdorchilik bildiraman.

- Finaldan so‘ng Florentino Peres bilan alohida gaplashdingizmi?

- U bizni EChLdagi 11-g‘alaba bilan tabrikladi.

Football.ua - J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar