Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.06.2016

«Qizilqum» - «Navbahor». PrevShyu

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 53
«Qizilqum» - «Navbahor». PrevShyu

Bugun Navoiy shahrida Oliy liganing 12-tur doirasidan o‘rin olgan "Qizilqum"-"Navbahor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Navbahor» (Namangan)
16 iyun 2016. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:30
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), N. Ro‘zimov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: Sh. Jumaev (Qarshi).
O‘zPFL vakili: B. Haydarov.

Bu ikki klubning yo‘llari oliy liga o‘yinlarida 32 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 12ta o‘yinda namanganliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 9ta uchrashuvda “Qizilqum” g‘olib bo‘lgan. 11ta bahsda g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati ham “Navbahor” foydasiga. “Lochinlar” shu kunga qadar o‘zaro o‘yinlarda 43ta to‘p kiritib o‘z darvozalaridan 34 marta to‘p olib chiqishgan. O‘zaro o‘inlarda “Navbahor” 47 ochkoni, “Qizilqum” esa 38 ochkoni qo‘lga kiritgan.
“Navbahor” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu o‘zaro o‘yinlardagi namanganliklarning eng yirik g‘alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o‘zaro o‘yinlardagi ushbu raqib ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi esa 3:0ga teng.
2015 yil o‘tgan mavsumda Navoiyda tomonlar jami 5ta gol urishgan. Bahriddin Vahobov 3ta, Mo‘ydin Mamazulumov 2ta to‘p kiritgan – 3:2. Namanganda esa mezbonlar g‘olib bo‘lishgan. Rabbim Hasanov va Shahboz Erkinovning gollariga “Qizilqum”dan Andrey Derkach javob bergan – 2:1.
“Qizilqum” maydonida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:
18.06.2015 «Qizilqum» - «Navbahor» 3:2
01.06.2014 «Qizilqum» - «Navbahor» 3:1
14.04.2013 «Qizilqum» - «Navbahor» 0:1
21.11.2012 «Qizilqum» - «Navbahor» 1:1
16.04.2011 «Qizilqum» - «Navbahor» 0:0

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o‘rtasidagi “Qizilqum” maydonida o‘tgan o‘yinlarda 5 marta durang qayd etilgan. 7 marta “Qizilqum”, 4 marta “Navbahor” g‘alaba qozongan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar