Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.06.2016

Sevimli jonivor – bo‘sh vaqtga hamroh

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 133
Sevimli jonivor – bo‘sh vaqtga hamroh

Eronlik iste’dodli yosh hujumchi Sardor Azmun otga qattiq mehr berganini bilasizmi? Krishtianu Ronalduning o‘z uyida bir emas, 3ta it parvarish qilayotganini-chi? Lionel Messining sevimli jonivori nima? Bu savollarga Sosser.ru saytining noodatiy yo‘nalishdagi, ya’ni futbolchilar emas, ularning sevimli uy hayvonlari haqidagi quyidagi maqolasidan javob topasiz...

Ushbu satrlarni mutolaa qilayotgan aksar o‘quvchilarning sevimli uy hayvonlari borligi aniq. Shuningdek, qatorimizda insonning to‘rt oyoqli do‘stlarini sira yoqtirmaydiganlar ham topiladi, albatta. Yaqinda tarqalgan latifanamo gaplarning biri esa shunday yangraydi: «Internet - mushuklar bilan birga tushgan suratlarni ommalashtirish uchun o‘ylab topilgan...». Albatta, hazil o‘z o‘rniga-yu, ammo ayni kunlarda muxlislar xuddi shu internet tarmog‘i vositasida o‘zlari yoqtirgan futbol yulduzlarining uy hayvonlari haqida ham etarlicha ma’lumot olishmoqda. Agar deyarli barcha elatlarda mashhur bo‘lgan va do‘stlar haqida aytilgan qadimiy matalni «O‘zing yoqtirgan kuchuk zotini ayt, men senga kimligingni aytib beraman» qabilida o‘zgartirsak, Lionel Messi bundan 2 yillar avval mittigina, paxmoqqina, yoqimtoygina jingalak sochli bolakay bo‘lishi kerak edi. Negaki, uning avvalgi iti - «Tobi» xuddi shunday ko‘rinishga ega bo‘lgan. Lekin joriy yil boshida Messining rafiqasi - Antonella turmush o‘rtog‘iga mastiff zotiga mansub kattakon itni hadya qildi. Kim biladi deysiz, Antonella eri bo‘sh vaqtini go‘zal muxlisalar bilan o‘tkazmasligi uchun shunday qilgandir?!

Xullas, Messi yangi do‘sti bilan tanishayotgan bir payt uning asosiy raqobatchisi, «Real» hujumchisiKrishtianu Ronaldu o‘g‘ilchasi hamrohligida labrador zotiga mansub «Maroska» va «Bobbi Mur» laqabli itlari, shuningdek, «Abeline» nomli tereri bilan sayr qilib yuribdi. «Barsa»ning yana bir mahoratli vakili, jamoa «miyasi» hisoblangan Andres Inesta esa o‘z uyida naq 5ta Yorkshir tererini boqadi. Braziliyalik Neymar ham jamoadoshlaridan qolishmaslikka tirishib, «Poker» laqabli labrador zotli kuchukni asrab olgan. Alvaro Arbeloa mops zotiga mansub 3ta it boqadi va ularga negadir kinoqahramonlar nomini bergan. Masalan, yoqimtoy kuchukchalardan birini «Maxfiy hujjatlar» filmidagi agent Malderning nomi bilan chaqiradi. «Atletiko»ning keskin tabiatli murabbiyi Diego Simeonening uyida, ko‘pchilik o‘ylaganidek, yo‘lbars emas, shunchaki, kolli zotiga mansub it yashaydi. Lekin ochig‘ini aytish kerak, bu it ham yo‘lbarsdan qolishmaydigan darajada bahaybat va qo‘rqinchli jonivordir.

Uy hayvonlariga qiziqish gollandiyalik hujumchi Robin van Persini ham chetlab o‘tmagan. Farqi shundaki, Robin itlar emas, mushuklar shaydosi. Darvoqe, ma’lum muddat Germaniyada to‘p surib, yana Angliyaga qaytgan Kevin de Bryuyne ham uyida mushukchani parvarish qilmoqda. Uning vatandoshi, «Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtua esa uyini deyarli hayvonot bog‘iga aylantirib ulgurgan. Chunonchi, yosh kiperning xonodonida mehmon bo‘lganlar avvalo, 3ta it va 2ta mushuk bilan tanishishadi, shundan keyingina dasturxonga taklif etiladilar. Ammo Kurtua qadrdon hayvonlari ko‘pligi bo‘yicha angliyalik mashhur sobiq hujumchi - Maykl Ouen oldida shunchaki, havaskor, xolos. Zero, Mayklning butun boshli fermer xo‘jaligi bo‘lib, u poyga otlarini tarbiyalashga ixtisoslashgan. Ouenning otlari turli musobaqalarda ko‘plab sovrinlarni yutgan. Eng qizig‘i, mazkur fermadagi zotdor otlarning soni 100tadan ortiq va ishchilar ham shunga yarasha, 30 nafardan ko‘p. Tez orada milliy terma jamoamizga qarshi harakat qilishi kutilayotgan eronlik yosh hujumchi Sardor Azmunning ham otlarga mehr qo‘ygani yuqorida ta’kidlandi. Lekin unda hozircha poygachi otlar soni ancha kam - 9ta.

Arturo Vidal - futbol olamidagi eng bebosh yigitlardan biri sifatida tanilgan va bu barchaga yaxshi ma’lum. Qarangki, shunday «bezori» yigit ham jonivorlarga befarq emas: «Qirol Artur» poygachi otlarni toblab, keyin foyda evaziga sotishni yo‘lga qo‘ygan. Masalan, o‘tgan yili uning oti 2 million dollar (!)ga sotildi. Aytgancha, Vidal aksariyat hollarda gol urganidan keyin qulog‘ini ushlab qo‘yadiki, buning sababi ham shu: uning eng yaqin do‘sti - Nikolas ismli poygachi bundan 5 yilcha avval otdan yiqilib, olamdan o‘tgandi. Artur esa shu-shu golni o‘ziga xos tarzda nishonlab, ularni oshnasi ruhiga bag‘ishlashga odatlandi.

Bunday noxush hodisalar it ishqibozlarida ham ko‘p uchraydi. Jumladan, «Chelsi»ning sobiq darvozaboni Karlo Kudinichi kunlarning birida kattakon itini sayrga olib chiqqanida, bebosh jonivor uni sudrab ketgan va natijada golkiper jarohatlanib, ma’lum muddatga safdan chiqqandi. Bu kulguli hodisadan boxabar «Barselona» klubi huquqshunoslari Messining iti bilan sayr qilishi oldini olish uchun zir yugurib yurishibdi. Negaki, mastiff shunday zotki, tez orada uning og‘irligi Messinikidan ortib ketishi hech gap emas.

Shu o‘rinda itlarga bog‘liq yana bir qiziqarli voqea yodga tushadi. Hozirgi kunda «Real» sharafini himoya qilayotgan Isko «Malaga» uchun to‘p surib yurgan kezlari 2ta it boqib, ularning biriga «Lionel Messi», ikkinchisiga esa «Luish Figu», deb laqab qo‘ygandi. Keyinroq Isko Madridga ko‘chib o‘tgach, sharoit taqozosi bilan birinchi itining nomini o‘zgartirdi - «Ronaldu». Biroq ongsiz it xo‘jayinini xijolatga qo‘yib, yangi laqabga sira ko‘nikolmadi va «Ronaldu», deb qancha chaqirishmasin, joyida beparvo yotaverishni odat qildi. Ko‘rgilikda...

I.Rahimov tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar