Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.06.2016

Frantsuz politsiyasi Lillda rossiyalik jurnalistlarni ushladi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 103
Frantsuz politsiyasi Lillda rossiyalik jurnalistlarni ushladi

Frantsuz politsiyasi Lillda Evro-2016 guruh bosqichi doirasida Rossiya va Slovakiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni yoritish uchun kelgan 7 nafar rossiyalik jurnalistni ushladi. Bu haqda 15 iyunda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 15 nafar politsiyachi hech qanday tushuntirishlarsiz shahar markazida sayr qilib yurgan jurnalistlarni qurshovga olib, ulardan ma’lumotlarni tekshirish maqsadida akkreditatsiyani ko‘rsatishni talab qila boshlashgan. Tekshiruv 15-20 daqiqa davom etgach, jurnalistlar qo‘yib yuborilgan.

"Izvestiya" nashrining o‘sha vaziyatga tushgan muxbirining aytishicha, jurnalistlar Lill markazida ingliz va uelslik muxlislarning rossiyalik muxlislarga hujumini suratga olishayotgan bo‘lgan.

14 iyun kechki payt politsiya Lillda Rossiya, Uels va Angliya muxlislari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini oldi. Politsiyachilar bir necha kishini ushlashgan. 15 iyunda Lillda Rossiya va Slovakiya terma jamoalari o‘rtasida 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shaharga katta miqdorda ingliz va uelslik muxlislar kelishi kutilmoqda, chunki Angliya va Uels o‘rtasidagi uchrashuv qo‘shni Lansda bo‘lib o‘tadi.

14 iyunda Rossiya bosh murabbiyi Leonid Slutskiy mas’uliyatli muxlislar terma jamoaning musobaqadan chetlatilishiga yo‘l qo‘ymasliklariga ishonch bildirib o‘tgandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar