Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.06.2016

Ruminiya terma jamoasi o‘yinchisi Frantsiya bilan uchrashuvda bamaylixotir sigaret chekayotgan alfozda ushlandi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 106
Ruminiya terma jamoasi o‘yinchisi Frantsiya bilan uchrashuvda bamaylixotir sigaret chekayotgan alfozda ushlandi

Ruminiya terma jamoasi hujumchisi Denis Alibek Evro-2016 guruh bosqichining 1-turida Frantsiyaga qarshi uchrashuv vaqtida sigaret chekayotgan alfozda ushlandi. Bu haqda Gazeta Sporturilor xabar bermoqda.

Uchrashuvning 2-bo‘limida Ruminiya bosh murabbiyi Angel Yordenesku yordamchilariga zaxirada bo‘lgan Alibekni maydonga tushirishga tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Yordamchilar futbolchini zaxira o‘rindig‘idan topisha olishmagan. Shundan keyin ular futbolchini qidirib echinish xonasiga borishganda, ne ko‘z bilan ko‘rishsinki, futbolchi u erda bamaylixotir sigaret tutatayotgan bo‘lgan. Shunga qaramasdan, Alibek Florin Andone o‘rniga 61-daqiqada maydonga tushirilgan.

Ruminiya terma jamoasi o‘yinchisi Frantsiya bilan uchrashuvda bamaylixotir sigaret chekayotgan alfozda ushlandi

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ochilish uchrashuvi Frantsiyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Denis Alibek Ruminiyaning "Astra" klubida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi klub uchun 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan. Shuningdek, Alibek Ruminiya terma jamoasi safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, bir to‘p muallifiga aylangan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar