Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.06.2016

Futbol haqidagi eng nodir va keskir iqtiboslar

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 594
Futbol haqidagi eng nodir va keskir iqtiboslar

Futbol kim uchundir (sportdagi go‘zallikni anglay olmaydiganlarga, albatta) ahmoqona tomosha bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin, millionlar o‘yiniga milliardlab kishilar ishqibozlik qiladilar. Demak, ular orasida aqllilari juda ko‘p. Shundan bo‘lsa kerak, jahon OAVlarida futbol to‘g‘risida ko‘plab nodir va takrorlanmas darajadagi iqtiboslar berib boriladi.

Futbol haqida ko‘proq sharhlovchilar yoki jurnalistlar bilib-bilmay bizni tilimiz bilan aytganda askiya qilib qo‘ydilar. Ularni tushunsa bo‘ladi, chunki soha kishilari futbolni azbaroyi qattiq sevganidan shunday qiladilar. Jahllari chiqqanida bir quyushqondan chiqishib, baqirib olishadi, begunoh idishlarni sindirishadi va yana futbolni va asablari kushandasi bo‘lgan terma jamoalariga ashaddiy ishqibozlikni davom ettirishaveradi. Mana buni - o‘zaro monandlik, ya’ni – garmoniya deb atash mumkin.

“Milliy terma jamoamiz shunday takrorlanmas o‘yin ko‘rsatdiki, futbolchilarning o‘zlari ham nega maydonga tushganliklarini tushunmadilar”, kabi gap-so‘zlarni dunyoning barcha mamlakatlarida eshitishingiz mumkin.

Ba’zida o‘yinchilar “zukkolarcha” fikr bildirib qo‘yadilar. Bilamiz, bu ularning xatosi. Futbolchi aqlliroq gap aytmoqchi bo‘ladi-yu, so‘z boyligi kamtarona bo‘lganligi sabab, o‘sha fikr kulgili chiqadi. Futbolchi o‘zi shunaqa inson – avval gapirib, so‘ng o‘ylanadi. Undan keyin esa to‘pni tepadi.

Penalti — shunday narsaki, jallod bir lahzaning o‘zida jabrlanuvchiga aylanishi mumkin. (Franchesko Totti)

Otam bolaligimda o‘zim ishtirok etgan uchrashuvga hakamlik qilgan. Esimda, u menga sariq kartochka ko‘rsatib, ismimni so‘ragan edi. (Kevin Kayl)

Aytishlaricha men to‘yimiz bo‘lgan kunni nishonlash uchun xotinimni futbol o‘yiniga olib boribman. Bo‘lmagan gap!. O‘sha kuni uning tug‘ilgan kuni edi. O‘ylab ham ko‘rishmaydi. Nima men mavsum o‘rtasida uylanadigan ahmoqqa o‘hshaymanmi?! (Bill Shenkli)

Ba’zida biz yutqazamiz, ba’zida boshqalar yutadi. (Otto Rexagel)

Taxminlarni yaxshisi - o‘yindan so‘ng qilgan ma’qul! (Joau Domingos Pintu)

Futbol bu — omma ya’ni juda ko‘plab insonlar uchun baletdek gap. (Dmitriy Shostakovich)

Ba’zilar futbol bu - hayot va mamot masalasi, deyishadi. Bu ham yomon fikr emas. Ishoning, futbol bundanda muhimroq narsa! (Bill Shenkli)

Doim himoyada o‘ynaydigan raqib bilan o‘ynash xuddi daraxtga sevgi izhor qilish bilan barobardir. (Xorxe Valdano)

Futbol qoidasi juda oddiy: agar to‘p yumalayotgan bo‘lsa, tep. Agar u dumalamayotgan bo‘lsa ham tepishing kerak. (Fil Vusnam)

Futbolda baloni tushunmasang ham, jarayonni ko‘rib hayajonlanaverasan. (Nil Sallivan)

Agar yaxshi o‘ynayotgan bo‘lsam, final hushtagi yangrashini juda yomon ko‘raman. Qaniydi, o‘yin abadiy davom etsa, degan fikr miyamga keladi. Agar yomon o‘ynayotgan bo‘lsam o‘yinim yaxshi chiqqunicha bahs davom etishini xohlayman. (Jorj Best)

Men chempionatda g‘olib chiqish uchun har o‘yinda mag‘lubiyata uchrashga ham qarshi emasman. (Mark Viduka)

To‘g‘risi, hozir uzoqni ko‘zlab yarim final haqida gapirish o‘rinsiz. Lekin, finalda albatta g‘alaba qozonishimiz kerak. (Bobbi Robson)

Mashg‘ulot paytida spirtli ichimlik ichadiganlar va umuman alkogolga yaqinlashmaydiganlarni ikkiga bo‘lib, o‘yin o‘tkazdik. Ichadiganlar 7:1 hisobida yutishdi. Men – yigitlar bilganinglarni qilinglar!, dedim. (Maks Merkel)

To‘p bilan nima qilishni bilmasang – Gavrilovga ber! (Konstantin Beskov)

Hozirgi futbolchilar o‘zini ishchilar sinfidan deb bilishadi. Tavba! Shuncha daromad ko‘radiganlarni fikrini qarang! Lekin, ularni shunday o‘ylashi menga juda yoqadi. (Aleks Fergyusson)

Darvozaga aniq to‘p yo‘llashdan tashqari, darvozabonga nisbatan qiyshiq tepish ham kerak. (Konstantin Melixan)

Futbol dunyodagi muhim va umuman muhim bo‘lmagan narsadir. (Frants Bekkenbauer)

Insonlar 22 yollangan kishining to‘p tepishini tomosha qilish uchun pul to‘lashadi, deyish, xuddi skripka daraxt shoxi yoki “Gamlet” qog‘oz va siyohdan iborat narsa deyish bilan barobardir. (Jon Boynton Pristli)

Elmurod Ermatov, Andijon

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar