Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.06.2016

Anons. Ispaniya-Chexiya

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 84
Anons. Ispaniya-Chexiya

Evropa chempionatining to‘rtinchi kungi bahslari doirasida D guruhi vakillari Ispaniya va Chexiya o‘zaro bahs yuritishadi. Tuluza shahrida Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadigan bu uchrashuvga polshalik Shimon Marchinyak bosh hakam etib tayinlangan.

Ispaniya jamoalari keyingi 3 yil davomida Evropada "hukmronlik qilishmoqda". Barcha kuboklar Ispaniyaga yo‘l olmoqda. Lekin bu Ispaniya terma jamoasiga naf keltirmayapti. Mavsumda horigan futbolchilar turnirga etarli darajadagi jismoniy tayyorgarlik bilan etib kela olishmayapti. Qolaversa tarkibdagi hujumchilarning yoshi o‘tib bormoqda. Inesta, Aduris va Bruno Soriano 30dan oshgan. Nolito 30 yosh arafasida. "Qizil furiya" tarkibidagi asosiy futbolchilardan yana biri Sesk Fabregas ham yakunlangan mavsumda "Chelsi"da o‘ta yomon o‘yin ko‘rsatdi.

Chexlar bu uchrashuv arafasida favorit sanalmayotgan bo‘lsada, ular saralash bosqichida hollandlarni ortda qoldirishdi. Jamoa keyingi vaqtlarda muntazam ravishda Evropa chempionatining ishtirokchisi hisoblanadi va ular bu safar ham guruhdan chiqish uchun kurash olib boradi. Pavel Vrba shogirdlari ispanlarga qarshi o‘yinda ochko olishga harakat qilishadi.
Chexlarning himoyasida tajribali Sivok, Kadlets, Limberski va 24 yoshli Kaderjabek o‘rin olgan. Yarim himoyada esa stopper Pavelki va mehnatkash Darida harakatlanadi. Shuningdek, sardor Tomash Rositski va "Sparta" yulduzi Ladislav Kreychi o‘yin ko‘rsatadi. Chap qanotda Gebre Selassie, o‘ng qanotda Dochkal yoki Shural o‘ynashi mumkin. Hujumda Netsid.

Visente Del Boske, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi:
- Boshlang‘ich tarkibda kimlar tushishi muhim ahamiyatga ega. Mas’uliyat katta. Chexlar tarkibida iste’dodli futbolchilar jamlangan. Ular standart vaziyatlardan samarali foydalana olishadi.
O‘ylaymanki, futbolchilar o‘tgan og‘ir mavsumdan keyin ham yuqori sport formasini saqlab qolgan.

Pavel Vrba, Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi:
Muvaffaqiyatga erishish uchun biz to‘g‘ri harakatlanishimiz kerak. Axir bizni turnir favoritlaridan biriga qarshi o‘yin kutmoqda. Ularning har bir chizig‘ida dunyo darajasidagi futbolchilar to‘p suradi. Oldinda bizni qiyin sinov kutmoqda. Lekin men o‘ylaymanki, biz ularni hayron qoldira olamiz.
Biz Tomash Rositskining maydonda erkin harakatlanishiga qo‘yib beramiz. U ijodkor futbolchi.
Diskvalifikatsiyasi bor Marek Suxidan boshqa barcha futbolchilar o‘yinga tushishga tayyor

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar