Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.06.2016

Anons. "Sokin Italiya" va "Shijoatli Belgiya" to‘qnashuvi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 145
Anons. "Sokin Italiya" va "Shijoatli Belgiya" to‘qnashuvi

Bugun, Evropa chempionatining to‘rtinchi kunidagi oxirgi uchrashuv Belgiya va Italiya o‘rtasida kechadi. Lion shahridagi "Stad de Lyumer" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadigan bu uchrashuvga angliyalik hakam Mark Klattenburg tayinlangan.

Keyingi yillarda kuchli tarkib hosil qilgan Belgiya va 2012 yilgi Evropa chempionati finalchisi bo‘lmish Italiya terma jamoasi uchrashuvini bu yilgi turnirning birinchi turi doirasidagi eng markaziy uchrashuv sifatida kutishmoqda. "Qizil iblislar" birinchi uchrashuvdanoq o‘zlarining nelarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi. Italiyaliklar ham shunchaki taslim bo‘lishga rozi emas.

Anons. "Sokin Italiya" va "Shijoatli Belgiya" to‘qnashuvi

Turnirga tayyorgarlik davrida ikki terma jamoa ham bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi. Italyanlar shotlandlarga va finnlarga qarshi o‘yinlar o‘tkazdi va bu o‘yinlarda birinchi raqam ostida harakat qilgan bo‘lsada, asosan himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi. Antonio Konte shogirdlarining navbatdagi raqiblari esa butunlay boshqa darajadagi jamoa. "Qizil iblislar" hujumkor o‘yin ko‘rsatadi, himoya esa barqaror emas, norveglarga va finnlarga qarshi o‘yinlarda bu ko‘rinib qoldi.

Anons. "Sokin Italiya" va "Shijoatli Belgiya" to‘qnashuvi

Ikki terma jamoa shu vaqtgacha 21 marta o‘zaro uchrashuv o‘tkazgan, italiyaliklar hisobida 13ta g‘alaba. 4ta uchrashuvda belgiyaliklar ustun kelgan, yana 4ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Jamoalarning oxirgi uchrashuvi 2015 yilning 13 noyabrida kechgan. Bu o‘rtoqlik uchrashuvida belgiyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. Bu Belgiyaning FIFA reytingidagi etakchi sifatidagi ilk uchrashuvi edi.

Belgiyaning Evropa chempionatidagi eng yuqori natijasi 1980 yilda qayd etilgan. O‘shanda belgiyaliklar finalda GFRga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Ayni vaqtda jamoalarda bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Mark Vilmots va Antonio Konte terma jamoalar futbolchilari sifatida 2000 yilgi Evropa chempionatida bir-biriga qarshi chiqqandi.

Belgiya Evropa chempionatida shu vaqtgacha 4 marta ishtirok etgan (1972, 1980, 1984 va 2000 yillarda).

Italiya esa shu vaqtgacha turnirning 9 karra ishtirokchisi bo‘lgan. 1968 yili italyanlar o‘z uylaridagi turnirda g‘alaba qilgan, ikki marta finalda mag‘lub bo‘lgan (2000, 2012).

Italiya terma jamoasi Antonio boshqaruvi vaqtida hali biron marta yutqazmagan.

Taxminiy tarkiblar:

Belgiya:

Anons. "Sokin Italiya" va "Shijoatli Belgiya" to‘qnashuvi

Italiya:

Anons. "Sokin Italiya" va "Shijoatli Belgiya" to‘qnashuvi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar