Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.06.2016

Dunga: “Iste’fo? Men faqat o‘limdan qo‘rqaman”

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 139
Dunga: “Iste’fo? Men faqat o‘limdan qo‘rqaman”

Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi Dunga Peruga (0:1) qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng, jamoasining mag‘lubiyatiga bosh hakam sababchi ekanini aytdi. O‘yindagi yagona gol 75-daqiqada Ruidias tomonidan qo‘l bilan urilgandi.

“Birgina vaziyat barcha ishimizni chipakka chiqardi. Endi buni o‘zgartirishning iloji yo‘q. Yon hakam buni nimaga payqamay qolgani menga qorong‘i. Hakamlar vaziyatni 4 daqiqa muhokama qilishdi. Katta ekranda namoyish etilgan takroriy lavhada gol qo‘l bilan urilgani yaqqol ko‘rinib turdi.

Iste’fo? Men faqat o‘limdan qo‘rqaman. Jahon chempionatidan so‘ng terma jamoada katta o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Bizga Germaniyani misol keltirishadi, lekin ular bu o‘zgarishlarni 14 yilda amalga oshirishdi. Biz esa 1-2 yil ichida barcha muammolardan xalos bo‘lishni istaymiz” – dedi Dunga Globo Esporte xabariga ko‘ra.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar