Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.06.2016

Oliy liga. 11-tur. Vodiyning ramziy jamoasi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 165
Oliy liga. 11-tur. Vodiyning ramziy jamoasi

Oliy liganing 11-tur o‘yinglariga kecha yakun yasaldi. Biz bugundan e’tiboran, har turda vodiyning ramziy jamoasini tuzib boramiz.

Bu turda "Navbahor" klubi "Nasaf" bilan ochkolarni bo‘lishgan bo‘lsa (2:2), Farg‘onada viloyat derbisi maqomida kechgan uchrashuvda "Neftchi" 2:1 hisobida "Qo‘qon-1912" jamoasini mag‘lub etdi. "Andijon" jamoasi esa, Bekobodda "Metallurg"ga yutqazdi - 3:1.

Darvozabon: Alibek Turobov ("Navbahor")
"Lochinlar" posboni kecha "Nasaf"ga qarshi kechgan uchrashuvda garchi o‘z darvozasidan ikki to‘p olib chiqqan bo‘lsa-da, qolgan vaziyatlarda ishonchli harakat qildi. Ayniqsa, so‘nggi soniyalarda "Navbahor"ni muqarrar goldan qutqarib qoldi.

Himoyachilar: Shukurali Po‘latov ("Neftchi"), Igor Golban ("Navbahor"), Dilshod Jabborov ("Navbahor"), Doston Tursunov ("Qo‘qon-1912").
"Neftchi" va "Navbahor" himoyachilari Shukurali Po‘latov hamda Dilshod Jabborovlar kechagi o‘yinlarga gol kiritib, o‘yin qahramonlaridan biri bo‘ldi. Po‘latov "Qo‘qon-1912" bilan o‘tgan bellashuvda dubl qayd etgandi. Shuningdek, namanganliklarning rossiyalik a’zosi Igor Golban hamda "Qo‘qon-1912" futbolchisi Doston Tursunovlar yakuniga etgan tur o‘yinlarida yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi.

Yarim himoyachilar: Farhod Bekmurodov ("Andijon"), Akram Bahriddinov ("Navbahor"), Mansur Saidov ("Neftchi"), Orif Mamajonov ("Qo‘qon-1912").
"Metallurg"ga qarshi o‘yinda andijonlik safida Farhod Bekmurodov yaqqol ajralib turdi. Birgina uning yaxshi o‘ynashi bilan jamoa g‘alaba qozonmaydi-da! "Navbahor" vakili Akram Bahriddinov agarda kechagi uchrashuvda "Nasaf" g‘alaba qozonganda o‘yinning antiqahramoni bo‘lardi. Penaltini golga aylantira olmagan Akram baribir o‘z xatosini to‘g‘rilab, Sanjar Quvvatov darvozasini ishg‘ol qildi. "Neftchi"-"Qo‘qon-1912" uchrashuvida markazda har ikki jamoadan Mansur Saidov va Orif Mamajonovlar yaqqol ajralib turishdi.

Hujumchilar: Nosir Otaqo‘ziev ("Qo‘qon-1912"), Islom Isoqjonov ("Andijon").
32 yoshni qoralagan Nosir Otaqo‘ziev so‘nggi uchrashuvlarda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda. "Neftchi" bilan o‘tgan uchrashuvda Nosirning sobiq klubiga urgan goli evaziga qo‘qonliklar hisobda oldinga chiqib olishgandi. Ammo yakunda "Neftchi" g‘alabani ilib ketdi. "Andijon" hujumchisi Islom Isoqjonov "Metallurg" darvozasini ishg‘ol qildi. Lekin "Andijon" ham mag‘lub bo‘ldi.
Bosh murabbiy: Aleksandr Volkov ("Navbahor").
"Navbahor" jamoasi qiyin vaziyatda "Nasaf" jamoasi bilan durang qayd etdi. Kutilmagan o‘zgarishlar baribir jamoa o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Qo‘lga kiritilgan ochkoda Volkovning xizmati albatta katta bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar