Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.06.2016

Polsha kichik hisobda Shimoliy Irlandiyani engdi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 119
Polsha kichik hisobda Shimoliy Irlandiyani engdi

Birinchi bo‘limda Polьsha katta ustunlikka erishib, raqib darvozasi oldida bir qancha xavfli vaziyatlarni sodir qildi. Levandovski va Milik qulay imkoniyatlardan foydalana olmadi. Shimoliy irlandiyaliklar asosiy e’tiborini himoyaga qaratib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish haqida o‘ylashdi.

Ikkinchi bo‘limda ham vaziyat o‘zgarmadi. Polьsha tezkor va hujumkor o‘yin namoyish qilib, raqibni o‘z jarima maydoniga qamab qo‘ydi.

51-daqiqada bu harakatlar o‘z samarasini berdi. O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni jarima maydoni ichida qabul qilib olgan Arkadiush Milik yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi.

Shundan so‘ng, shimoliy irlandiyaliklar o‘yinni biroz tenglashtira olishdi. Maydon markazida faollikni oshirib, oldinga dadil o‘ta boshlashdi. 71-daqiqada esa hisob tenglashishi mumkin edi. Konor Vashington darvozabon yuzma-yuz chiqib bordi, ammo to‘pga zarba berishga ulgurmadi.

Qolgan daqiqalarda Polьsha terma jamoasida vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. Lekin Blashchikovski va Levandovski tomonidan yo‘llangan kuchli zarbalarga aniqlik etishmadi.

Shimoliy Irlandiya esa harchand urinmasin Polьsha himoyasini yorib o‘ta olmadi.

12 iyunь, Nitstsa, «Stad de Nis»

Polьsha – Shimoliy Irlandiya 1:0 (0:0)

Gol: Milik (51)

Polьsha – Shchensni, Glik, Enjeychik, Pishchek, Pazdan, Blashchikovski (Grositski, 80), Krixovyak, Monchinьski (Yodlovets, 78), Kapustka (Peshko, 88), Milik, Levandovski.

Shimoliy Irlandiya – Makgovern, Ketkart, Makoli, Evans, Makneyr (Dallas, 46), Norvud, Beyrd (Uord, 76), Devis, Fergyuson (Vashington, 66), Maklaflin, Laferti.

Ogohlantirishlar: Kapustka (65), Ketkart (69), Pishchek (89).


Manba: www.stadion.uz. Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar