Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.11.2016

A seriyada sensatsiya. «Yuventus» mag'lubiyatga uchradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 38
A seriyada sensatsiya. «Yuventus» mag'lubiyatga uchradi

Italiya A seriyasining 14-turidan o'rin olgan uchrashuvlarda sensatsiya qayd qilindi. Turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilib kelayotgan «Yuventus» Genuyada mehmon bo'lib imkoniyatni boy berib qo'ydi.

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'li Jiovanni to'p suradigan «Jenoa» birinchi bo'limning o'zidayoq uchrashuv taqdirini hal qilib qo'ya qoldi. Jiovanni Simeonening o'zi yesa 10 daqiqa ichida ikkita gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda turinliklardan yagona javob golini Mirolim Piyanich 82-daqiqada kiritdi.

Ushbu g'alabadan keyin «Jenoa» hisobidagi ochkolar soni 19taga yetdi va jamoa 9-o'rinda bormoqda. Biroq genuyaliklar bitta qoldirilgan uchrashuvni o'tkazishlari lozim. O'sha o'yinda g'alaba qozonilgan taqdirda jamoa yevrokuboklarda ishtirok yetuvchi yo'llanmalar uchun kurash olib borishi mumkin bo'ladi.

«Yuventus» yesa yo'qotishga qaramay chempionatda karvonboshilikni davom yettirmoqda. Biroq yendi turinliklar va «Milan» o'rtasidagi farq 4 ochkogacha qisqardi.

Shuningdek, Italiyada yana bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Natijalar bilan quyida tanishib olish mumkin.

Italiya A Seriyasi
14-tur

Jenoa – Yuventus – 3:1 (3:0)
Gollar: Simeone, 3 (1:0); Simeone, 13 (2:0); Sandro, 29 (3:0, avtogol); Pyanich, 82 (3:1).

Jenoa: Perin, Itstso, Burdisso, Munos, Lazovich (Edenilson, 68), Kofi, Laksalt, Rigoni (Gakpe, 87), Rinkon, Okampos (Biraski, 89), Simeone.
Yuventus: Buffon, Bonuchchi (Rugani, 33), Benatiya, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Iguain, 53), Yernanes, Xedira (Sturaro, 70), Kuadrado, Pyanich, Dani Alves, Manjukich.
Ogohlantirishlar: Rinkon, 24; Kofi, 81; Biraski, 90+4 – Kuadrado, 77; Sturaro, 90+1.


Krotone – Sampdoriya – 1:1 (1:0)
Gollar: Falchinelli, 43 (1:0); Fernandesh, 71 (1:1).

Bolonya – Atalanta – 0:2 (0:1)
Goly: Maziello, 15 (0:1); Kurtich, 68 (0:2).

Kalyari – Udineze – 2:1 (1:0)
Gollar: Farias, 35 (1:0, pen); Fofana, 51 (1:1); Sau, 58 (2:1).

Manba: Tribuna.uz



Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar