Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.11.2016

APL. «Liverpul» 1-o'ringa qaytdi, «Lester» «Midlsbro»ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutilib qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 22
APL. «Liverpul» 1-o'ringa qaytdi, «Lester» «Midlsbro»ga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan qutilib qoldi

Angliya Premer-ligasining 13-turida «Liverpul» o'z maydonida «Sanderlend»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alabaga yerishdi. Gollarga Divok Origi va Jeyms Milner mualliflik qildi.

Bu g'alaba Yurgen Klopp shogirdlariga APL turnir jadvalining birinchi pog'onasiga chiqish imkonini berdi. Lekin tur yakuniga ko'ra, «Liverpul» va «Manchester Siti»ni «Chelsi» quvib o'tishi mumkin. Londonliklar bir necha daqiqalardan keyin «Tottenhem Hotspur»ga qarshi bahsni boshlaydi.

Angliyaning amaldagi chempioni «Lester Siti» o'z uyida «Midlsbro»ni qabul qilib, qo'shimcha daqiqalarda belgilangan penalti yevaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi - 2:2.

«Suonsi Siti» va «Kristal Pelas» o'rtasidagi dramatik bahsda «laylaklar» 5:4 hisobida g'olib chiqdi, «Hall Siti» va «Vest Bromvich Albion» uchrashuvi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Liverpul – Sanderlend 2:0
Gollar: 1:0 – 75 Origi, 2:0 – 90, penalti Milner.
Liverpul – Karius, Lovren, Matip, Klayn, Koutino (Origi, 34), Xenderson, Firmino (Leyva, 87), Djan, Mane, Veynaldum (Vudbern, 90), Milner.
Sanderlend – Pikford, O′Shi, van Anxolt, Kone, Denayer, Ndong, Uotmor (Yanuzay, 79), Pienar (Guch, 79), Djons, Defo, Anichebe.
Ogohlantirishlar: Kone (60), O′Shi (64), Lovren (67), Pienar (70).

Lester – Midlsbro 2:2
Gollar: 0:1 – 13 Negredo, 1:1 – 34, penalti Mahrez, 1:2 – 71 Negredo, 2:2 – 90, penalti Slimani.
Lester – Siler, Morgan, Simpson, Fuks, Xut, Amarti, King, Olbrayton, Mahrez (Musa, 68), Okadzaki (Grey, 76), Vardi (Slimani, 65).
Midlsbro – Valdes, Chembers, Fabio, Barragan, Gibson, Forshou, Kleyton, Ramires (Fisher, 88), Traore (Stuani, 79), de Ron, Negredo.
Ogohlantirishlar: Olbrayton (29), Chembers (31), Negredo (34), Fuks (37), Amarti (51), Vardi (65), Valdes (90), de Ron (90).

Hall – Vest Bromvich 1:1
Gollar: 0:1 – 34 Makoli, 1:1 – 72 Douson.
Hall – Marshall, Devis, Douson, Taymon (Robertson, 90), Al-Muxammadi, Meyson (Diomande, 46), Livermor, Xenriksen (Meyler, 88), Snodgrass, Klukas, Mbokani.
Vest Bromvich – Foster, Makoli, Nom, Douson, Yevans, Fletcher (Makkleyn, 64), Yakob, Morrison (Shadli, 79), Brant, Fillips (Robson-Kanu, 83), Rondon.
Ogohlantirishlar: Douson (29), Klukas (45), Makoli (60), Yevans (67), Diomande (73).

Manba: Tribuna.uz



Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar