Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.11.2016

Koke «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin haqida gapirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 46
Koke «Real»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin haqida gapirdi

Madridning «Atletiko» jamoasi yarim himoyachisi Koke o'z jamoadoshlarini «Real»ga qarshi kechgan o'yindagi mag'lubiyatni imkon qadar tezroq unutishga chaqirdi. Diego Simeone shogirdlari Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida «qaymoqranglilar»ga qarshi maydonga tushgan va 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchragandi.

«Biz ortga yemas, oldinga qarab intilishimiz lozim. Albatta bu mag'lubiyat og'ir bo'ldi, biroq yana muvaffaqiyat qozonamiz, chunki bizda juda kuchli futbolchilar to'plangan», — deya Kokening so'zlarini keltirgan Football Yespana.

Bundan tashqari, futbolchi Ronaldu bilan munozarasi haqida ham gapirib o'tgan. U bu tortishuvga jiddiy ye'tibor bermaslikni so'ragan.

«Krishtianu Ronaldu bilan gap talashganimmi? Bu futbol, sportda bunday hodisalar bo'lib turishi tabiiy hol. Hammasi joyida», — degan Koke.

21 noyabr kuni Ispaniyadagi Cope radiosi derbi vaqtida Koke va Ronaldu o'rtasidagi janjalga ye'tibor qaratdi. Unga ko'ra, Koke portugaliyalik futbolchini hezalak deya haqoratlagan, va shunday javob olgan: «Agar Madridda uchrashib qolsak, seni nima qilishimni ko'rasan. Balki men hezalakdirman, ammo bankdagi hisobim haqida sen faqat orzu qilishing mumkin, yeshak».

«Atletiko» ayni vaqtda 21 ochko bilan turnir jadvalining 6-o'rnida qolmoqda.

Manba: Tribuna.uz



Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar