Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.11.2016

La Liga. «Sosedad» «Atletiko»ni quvib o'tib, «Vilyarreal»ga tenglashib oldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 34
La Liga. «Sosedad» «Atletiko»ni quvib o'tib, «Vilyarreal»ga tenglashib oldi

Ispaniya La-Ligasining yana ikkita ye'tiborga molik uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Shu kungacha ketma-ket uchta «quruq» seriyali g'alabalar qayd qilgan «Real Sosedad» bu turda mehmonda «Sporting»dan ustun keldi.

Basklar bu uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmagan bo'lsada, lekin uchta to'p kiritib ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Ketma-ket to'rtta uchrashuvda g'alaba qozongan san-sebastyanliklar 22 ochko jamg'argan holda «Atletiko» ortda qoldirib «Vilyarreal» bilan 4-5 o'rinlarni bo'lishib turibdi.

«Vilyarreal» bu turda boshqa bir basklar jamoasi Atletikka imkoniyatni boy berib qo'ydi. Raul Garsiya tomonidan ikkinchi bo'limda kiritilgan yagona gol natijasida «Atletik» hisobidagi ochkolar soni 20taga yetdi. Yendi chempionlar ligasiga yo'llanma beruvchi zonadan bilbaoliklarni 2 ochko ajratib turibdi.

Ispaniya La-ligasi
12-tur

Sporting Xixon – Real Sosedad 1:3 (1:1)
Gollar: Chop (28) - Prieto (19), Surutusa (51), Martines (56).

Sporting Xixon: Kuelyar, Duglas Pereyra, Xorxe Mere, Amorebeta, Kanelya, Rodriges (Kastro, 60), Alvares (Xavi Torres, 69), Kases, Gomes (Burgi, 60), Vigera, Chop.
Real Sosedad: Ruli, Martines, Navas, Martines, Berchiche, Prieto, Ilyarramendi, Surutusa (Kanales, 83), Vela (Xuanmi, 70), Villian Joze, Oyarsabal (Koncha, 78).

Atletik – Vilyarreal 1:0 (0:0)
Gol: Raul Garsiya (67).

Atletik: Arrisabalaga, Boveda, Yeray Alvares, Laport, Balensiaga, Mikel Riko, Mikel Vesga (San Xose, 62), Inyaki Uilyams, Raul Garsiya (Eraso, 86), Muniain (Susaeta, 62), Aduris.
Vilyarreal: Asenxo, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta, Rodri Yernandes, Soriano, Kastilexo, Trigeros (Pato, 71), Soriano (Dos Santos, 64), Sansone (Bakambu, 68).

Manba: Tribuna.uz



Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar