Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.11.2016

«Lokomotiv» chempion sifatidagi ilk o'yinida «Metallurg» ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 33
«Lokomotiv» chempion sifatidagi ilk o'yinida «Metallurg» ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi

O'zbekiston chempionligini muddatidan oldin rasmiylashtirgan «Lokomotiv» Oliy liganing 29-turi doirasida «Metallurg»ni qabul qildi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida tashkil yetilgan chiroyli kombinatsiya natijasida mezbonlar vakili Oleg Zoteev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va imkoniyatdan samarali foydalandi - 1:0.

36-daqiqada Sadriddin Abdullaev tomonidan 16 metrlardan yo'llangan zarbani Suhrob Sultonov qaytara olmadi - 2:0.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmaev darvozabonning xatosidan keyin yaqin masofadan turib darvozani ishg'ol qildi - 3:0.

Bahs tugashiga 3 daqiqa qolganida Oliy liga-2016 to'purari bo'lib turgan Temurxo'ja Abduxoliqov qarshi hujumda markaziy himoyachini aldab o'tdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi - 4:0.

To'purarlar ro'yxatida ikkinchi o'rinda borayotgan Zohid Abdullaev ham o'z hisobiga bitta gol yozdi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda himoyachilarning xatosidan foydalangan mavsumdagi 18-golni urishga muvaffaq bo'ldi - 4:1.

Shu tariqa, toshkentliklar chempionlikdan keyingi ilk o'yinda yirik hisobda g'alaba qozonishdi. O'yindan keyin «Lokomotiv»ni chempionlik bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Kubokni O'zPFL bosh direktori Farhod Magametov topshirdi.

«Lokomotiv» - «Metallurg» - 4:1
Gollar: Oleg Zoteev (24), Sadriddin Abdullaev (36), Marat Bikmaev (69), Temurxo'ja Abduxoliqov (88) — Zohid Abdullaev (90+2)
Chetlatish: Ikrom Aliboev (90)
Lokomotiv: 12.Ma'mur Ikromov, 4.Bobur Yo'ldoshev, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullaev (Sanjar Shoahmedov 59), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 13.Nemanya Yanichich, 17.Salim Mustafoev (Sherzod Fayziev 70), 18.Temur Kapadze, 28.Ikrom Aliboev, 33.Oleg Zoteev, 71.Artur Gevorkyan (Marat Bikmaev 52)
Metallurg: 32.Suhrob Sultonov, 4.Hikmat Hoshimov, 6.Dilmurod Karimov (Muhammadodil Qahramonov 62), 7.Doniyor Odilov, 8.Ayubxon No''monov (Farhod Namozov 71), 13.Javohir Yesonqulov, 14.Davron Karimqulov, 15.Zohid Abdullaev, 17.Mirg'iyos Sulaymonov, 22.Murodjon Toshmatov, 70.Jahongir Abdumo'minov (Ergash Ismoilov 76).

Manba: Tribuna.uz



Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar