Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.11.2016

«MYu» daromadlari kelgusi yil ham keskin pasayishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 30
«MYu» daromadlari kelgusi yil ham keskin pasayishi mumkin

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasining moliyaviy taqvimning birinchi kvartalidagi daromadlari miqdori 30 foizga qisqardi. Bunga jamoaning Yevropa chempionlar ligasida ishtirok yeta olmagani sabab bo'lgan.

Agar «MYu» kelgusi mavsumda ham Chempionlar ligasida ishtirok yeta olmasa, jamoaning asosiy homiysi «Adidas»dan olinadigan yillik daromad ham 21 mln. funt sterlingga kamayadi. Bu umumiy daromadga yana 30 foiz miqdorida zarar keltiradi degani.

«Adidas» bilan tuzgan shartnomamizda agar jamoa ketma-ket ikki marta YeChLda ishtirok yeta olmasa, shartnoma shartlari o'zgarishi bo'yicha band bor. Misol uchun biz 70 mln. funt olishimiz kerak bo'lsa, bu ko'rsatkich 21 mln. funtga qisqaradi (49 mln qoladi)», degan klubning moliyaviy ishlar bo'yicha direktori Kliff Beti.

2016/2017 yilgi Yevropa chempionlar ligasida jamoaning ishtirok yetmagani ham hozircha 30 sentyabrgacha bo'lgan birinchi moliyaviy chorak hisob-kitoblarida daromadlarning qisqarganini ko'rsatmoqda. Jumladan, jamoaning daromadi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 3,4 mln funtga (2,8 foiz) qisqarib, 120 mln funtni tashkil qilgan. O'yin kunlari tushadigan foyda 32,3 foizgacha qisqarib, 16,8 mln. funtga tushgan. Sof foyda 6,2 mln funtni ko'rsatmoqda.

«Daromadlarimizning bu qadar qisqarishiga Chemionlar ligasida ishtirok yetmayotganimiz sabab bo'lgan. Ammo kelgusi yili ulkan daromad ishlash yo'lidamiz», degan ijrochi direktor Vudvord.

Klubning tijorat yo'lidan topgan pulidagina o'sish kuzatilgan. Joriy yilda bu ko'rsatkich 530-540 mln funt sterling atrofida bo'lishi kutilmoqda.



Manba: Tribuna.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar