Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.11.2016

Oliy liga, 29-tur. «Lokomotiv» chempionlik maqomidagi ilk o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 26
Oliy liga, 29-tur. «Lokomotiv» chempionlik maqomidagi ilk o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston chempionligini rasmiylashtirgan "Lokomotiv" Oliy liganing 29-turi doirasida "Metallurg"ni qabul qildi.
Yodingizda bo‘lsa, Bekobodda bo‘lib o‘tgan birinchi davra bahsi jangovar durang (3:3) bilan yakuniga etgandi. Toshkentdagi o‘yinda "temiryo‘lchilar" raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida tashkil etilgan chiroyli kombinatsiya natijasida Zoteev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va imkoniyatdan samarali foydalandi. O‘yinning 36-daqiqasida Sadriddin Abdullaev tomonidan 16 metrlardan yo‘llangan zarbani Suhrob Sultonov qaytara olmadi.
Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmaev Janubiy Koreya darvozasiga urgan goliga o‘xshash gol muallifiga aylanishi mumkin edi, ammo "Metallurg" posboni zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Bikmaev baribir o‘z maqsadiga erishdi. Darvozabon qanotdan etkazilgan uzatmani qaytarishga urindi, ammo to‘p Maratga kelib tushdi. "Lokomotiv" hujumchisi yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
Bahs tugashiga 3 daqiqa qolganida Oliy liga-2016 to‘purari bo‘lib turgan Temurxo‘ja Abduxoliqov qarshi hujumda markaziy himoyachini aldab o‘tdi va kuchli zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

To‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda borayotgan Zohid Abdullaev ham o‘z hisobiga bitta gol yozdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda himoyachilarning xatosidan foydalangan mavsumdagi 18-golni urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, toshkentliklar chempionlikdan keyingi ilk o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. O‘yindan keyin "Lokomotiv"ni chempionlik bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kubokni O‘zPFL bosh direktori Farhod Magametov topshirdi.
Oliy liga, 29-tur
"LOKOMOTIV" - "METALLURG" - 4:0 (2:0)
Gollar: Oleg Zoteev (24), Sadriddin Abdullaev (36), Marat Bikmaev (69), Temurxo‘ja Abduxoliqov (88) — Zohid Abdullaev (90+2)
Chetlatish: Ikrom Aliboev (90)
"Lokomotiv": 12.Ma’mur Ikromov, 4.Bobur Yo‘ldoshev, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullaev (Sanjar Shoahmedov 59), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 13.NemanShya Yanichich, 17.Salim Mustafoev (Sherzod Fayziev 70), 18.Temur Kapadze, 28.Ikrom Aliboev, 33.Oleg Zoteev, 71.Artur Gevorkyan (Marat Bikmaev 52)
"Metallurg": 32.Suhrob Sultonov, 4.Hikmat Hoshimov, 6.Dilmurod Karimov (Muhammadodil Qahramonov 62), 7.Doniyor Odilov, 8.Ayubxon No‘’monov (Farhod Namozov 71), 13.Javohir Esonqulov, 14.Davron Karimqulov, 15.Zohid Abdullaev, 17.Mirg‘iyos Sulaymonov, 22.Murodjon Toshmatov, 70.Jahongir Abdumo‘minov (Ergash Ismoilov 76)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar