Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

Bobur Akmalov maqolasi: Hammamiz mag‘lub bo‘ldik

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49
Bobur Akmalov maqolasi: Hammamiz mag‘lub bo‘ldik

Yana mag‘lub bo‘ldik. Janubiy Koreyaga emas, o‘zimizga mag‘lub bo‘ldik. Ishoning, shunday. Nega bunday deyotgan ekan, deb hayron bo‘lmang. Men sizga haqiqatni aytyapman. Biz bir necha yillardan beri o‘z orzularimiz, ishonchlarimiz, umidlarimiz tufayli shu orzu, umid, ishonchimizni bir tiyinga olmaydigan kishilarga mag‘lub bo‘ldik. Bundan keyin ham mag‘lub bo‘laveramiz. Chunki biz sabrli, orzu qilishdan charchamaydigan, doim ishonch bildiradigan, noumid shayton, naqliga amal qiladigan xalqmiz. Bizning sodda, ishonuvchan ko‘nglimizni esa aldash uchun doim tayyor turadigan, imkon bo‘lishi bilan ustimizdan kuladigan, bizning yaxshi niyatlarimiz orqasidan cho‘ntagini qappaytiradigan kimsalarga mag‘lub bo‘ldik. Milliy terma jamoamiz emas, futbolimiz, futbolimizga ishongan biz mag‘lub bo‘ldik.

Soliqni o‘z vaqtida to‘layotgan, plastikka savdo qilib, hisobidagi pulini naqdlashtira olmayotganidan xunob bo‘layotgan magazinchi G‘aybulla, Chiroqchimi, Rishtonmi, ishqilib qaydandir kelib stadionga kirish uchun chipta olay desa, kassa yopig‘-u, ko‘chadagi chayqovchi 100 ming so‘mdan o‘sha zormandani pullayotganini ko‘rib, “futbolinggayam!”, deb qishlog‘iga qaytgan amaki, faloncha klublarni moliyalashtirayotgan neftSh va gaz kompaniyalari benzinni narxini oshirganidan fig‘oni falakka chiqayotgan kirakash, pensiyasini majburan plastik kartaga o‘tkazib yuborishgani uchun bozordan bir kilo go‘sht ololmay, terminali bor do‘kon qidirib yurgan o‘qituvchi, boringki, siz, men, u, ular, anavi, manavi – hammamiz mag‘lub bo‘ldik.

Biz xo‘jako‘rsinga ichki chempionat o‘tkazayotgan, nomigagina qur’a tashlash marosimini o‘tkazayotgan, peshtoqidagi nomiga Professional degan jarangdor so‘zni osvolgan tashkilot, terma jamoalar uchun nima qilayotgani noma’lum bo‘lgan, ammo Markaz, degan mavhum nomi bo‘lgan tashkilot, futbolni ko‘rmoqchi bo‘lsang tokni uzib qo‘yadigan tashkilot, oyog‘ingni isitaman desang trubangdan gaz yubormaydigan tashkilot, boringki, shunga o‘xshash ishlar bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar va ularning rahbarlariga mag‘lub bo‘ldik.

Iya, nega maydonda o‘ynagan 11 futbolchi va ularni boshqargan bitta murabbiyni ayblash o‘rniga shu-u-uncha odamni ayblayapsan, demang. Chunki barchasi bir-biriga bog‘liq. Siz, men, u, ular, anavi, manavi – hammamiz soliq to‘laymiz, hammamiz topgan daromadimizning ma’lum qismini byudjetga to‘laymiz va hammamizning pullarimizdan mana shu futbolchilar-u murabbiylar maosh oladilar. Futbol – ishlab chiqarish korxonasi emas. U davlat dotatsiyasida va siz-u mening pullarimga muhtoj. Biz esa futbolni so‘kish barobarida uni indamaygina ta’minlaymiz. Bevosita emas, bilvosita. Xalqning mulkini futbolga sochayotganlar, buning oqibatida esa qanchadan qancha pullarni sovurayotganlarga mag‘lub bo‘lyapmiz. Siz tvitter yoki feysbukda o‘tirvolib Babayanni so‘kasizmi, Qosimovnimi, Abramovnimi, farqi yo‘q – kaltabinsiz. Futbolni chiritganlar, o‘ldirganlar, futbol orqali pullarni sovurayotganlar uchun ana shu abramovu babayanlar bir ihota, bufer. Ilk zarbani o‘sha buferlar eydi va orqadagilarni saqlaydi. Ana shu buferlarga borib urilib yotibmiz, bufer orqasidagilar esa qah-qah urib ustimizdan kulib yotishibdi qornini qappaytirib.

Yana aytaman – biz aysbergning uchinigina ko‘ramiz va o‘shani so‘kamiz – aysbergning uchi futbolchilar va murabbiylar. Ularni tayinlayotgan, o‘ynatayotgan, qo‘g‘irchoq qilib har maqomga solayotganlar, loyiqni noloyiq, noloyiqni loyiq deya faqat o‘z manfaati yoki noqis aqli tufayli joy-joyiga qo‘ya olmayotganlarga mag‘lub bo‘ldik. Bu mag‘lubiyat yillar davomida sodir bo‘lyapti va bundan keyin ham bo‘ladi. Bu mag‘lubiyat otameros va bizdan keyingilarga ham bizdan meros bo‘lib qoladi.

Kuyinmang, o‘ylamang, umid qilmang – bu futboldan umid qilmang. Biz JCh uchun pishib etilmadik. Toki Osiyoning kuchli 4 jamoasidan biri bo‘la olmas ekanmiz, hech qachon mundialni orzu qilmang. Hozircha esa biz qit’aning 5,6-jamoasimiz. Rivojlanishimiz, kuchayishimiz uchun esa, yuqoridagida aytganlarimiz kimsalarga mag‘lub bo‘lmasligimiz kerak. Avval ichkarida g‘alaba qilaylik, keyin Seulda, Tehronda, Melburnda g‘alaba qilamiz. Ungacha esa sabr qilamiz. Iya, yana sabrmi? Marhamat, sabrimiz ustidan yana kulishsin nokas kimsalar!

Bobur AKMALOV.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar