Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

“Nasaf” – 1998/1999 yilar tayyorlov guruhlari O‘zbekiston Birinchiligi g‘olibi!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 16
“Nasaf” – 1998/1999 yilar tayyorlov guruhlari O‘zbekiston Birinchiligi g‘olibi!

Bugun tayyorlov guruhlari – 1998/1999 yillar, O‘zbekiston Birinchiligining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Nasaf” jamoasi “Lokomotiv” jamoasi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv juda qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechdi. Har ikkala jamoa ham bugun faqat g‘alaba uchun maydonga tushgani ko‘rinib turdi.

Raqiblariga nisbati aniq va mazmunli o‘yin ko‘rsatgan Nurali Sultonov shogirdlarining ustunligi maydonning har bir nuqtasiga sezilib turdi. Albatta hisob ham ularning ko‘rsatgan o‘yiniga munosib bo‘ldi.

Murabbiylarimizning yosh futbolchilarimizda hozirdan iroda va xarakterni shaklllantirishga va har qanday raqib bilan kurasha olish xususiyatlarini singdirayotgani hamda bu borada olib borayotgan ishlari yaqqol namoyon bo‘la boshladi.

Bunga misol tariqasida yosh futbolchilarimizning bugungi uchrashuvda ham 90 daqiqa mobaynida bir xil suratda o‘yin namoyish etishini aytish mumkin.

Bugungi final uchrashuvida ham murabbiylarimizning mehnati va yosh futbolchilarimizning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi o‘z natijasini ko‘rsatdi. Futbolchilarimiz raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Xudoyorxon Sagdullaev, Islom Kenjaboev (penaltidan) va Sirojiddin Ettiboevlar mualliflik qilishdi. “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari bu gollarga bitta ham javob qaytara olishmadi.

Shunday qilib, 1998/1999 yillarda tavallud topgan futbolchilarimizdan iborat jamoamiz Respublika Birinchiligi g‘olibi bo‘lishdi!

Quyida uchrashuv qaydnomasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Tayyorlov guruhlari, 1998/99 yillar. Final
“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent) 3:0 (1:0)
Sputnik qo‘rg‘oni. Yoshlar qarorgohi maydoni. 11:00da
Bosh hakam: Isxax Ibragimov (Nukus) oliy toifadagi hakam
Yordamchi hakamlar: Bektursin Kannazarov (Nukus), Jalgas Sarsenov (Nukus)
Zaxira xakami: Ravshan Abduvoxidov (Qarshi)
Nazoratchi: Xushvaqt Sergeevich Muxtorov (Samarqand) Respub toifa
Gollar: Xudoyorxon Sagdullaev, 19’-1:0, Islom Kenjaboev (pen.), 52’-2:0, Sirojiddin Ettiboev, 77’-3:0.
“Nasaf”: 30.Umid Ergashev, 5.Sherzod Nasrullaev (22.Elbek Otaqulov 79), 9.Jahongir Qurbonboev (s) (34.Orif Murodov 82), 10.Islom Kenjaboev (4.Saddam To‘xtaev 85), 14.Dostonbek Berdiqulov, 19.Xudoyorxon Sagdullaev, 27.Akmal Mozgovoy (23.Oybek Hamidov 17), 28.Sardor Sa’dullaev (29.Sardor Abduxalikov 85), 32.Ilhom Alijonov, 33.Shohruh Ne’matov, 38.Mirzobek Joniqulov (7.Sirojiddin Ettiboev 57).
Zaxira: 21.Elshod Qodirov.
Jamoa murabbiyi: Nurali Sultonov
“Lokomotiv”: 1.Jurabek Ro‘ziev, 7.Rustam Hamroev (13.Abduvali Nusratullaev 62), 8.Akbarshoh Akbarov (10.Abbos Komilov 31), 17.Shoxruh Mo‘minqulov (s), 18.Otabek Muhammedov, 20.Xamidullo Sobirov, 29.Akbar Quchqorov, 24.Hayotbek Rahimjonov, 36.Ibrohim Puzaylov (87.Voxidjon Yunusov 72), 41.Omadbek Arabboev, 70.Murodjon Nurmatov.
Zaxira: 25.Islombek Mamarazzoqov, 77.Ulug‘bek G‘aniev, 97.Muhammad Omonaliev, 99.Shaxobiddin Musaboev.
Jamoa murabbiyi: Yuriy Vintovkin
Ogohlantirish: Javhongir Qurbonboev 54 (“Nasaf”).

Bugun shuningdek 3-o‘rin uchun ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bunda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan o‘zaro 3:3 hisobida durang qayd etdi. Penaltilar seriyasida omad farg‘onalik yosh futbolchilarga kulib boqdi. Ular “Bunyodkor”ni 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, faxrli 3-o‘rinni egallashdi.

Demak, bu guruhda o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin. “Nasaf” (Qarshi)
2-o‘rin. “Lokomotiv” (Toshkent)
3-o‘rin. “Neftchi” (Farg‘ona)
4-o‘rin. “Bunyodkor” (Toshkent)

Bugun musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. Taqdirlash marosimida O‘bekiston PFL sport bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Roman Mixaylovich Chernikov, “Nasaf” PFK bosh menedjeri Sh.Yarulin, “Nasaf” PFK sport direktori V.Ni, “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi R.Berdievlar ham ishtirok etishdi. Ular tomonidan musobaqa g‘oliblariga medal va diplomlar hamda maxsus kuboklar topshirildi.

Shu bilan Oliy va birinchi liga klublarining tayyorlov guruhlari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Birinchiligi musobaqasiga yakuniga etdi.

Klubimiz rahbariyati nomidan musobaqa tashkilotchilariga, musobaqada ishtirok etgan jamoalarga, stadionlarimizga tashrif buyurib, o‘z sevikli jamoalarini qo‘llab-quvvatlagan futbol muxlislariga kattadan-katta tashakkurlar bildirib qolamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar