Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

Uli Shtilike: «O‘yin qiyin kechishini bilardim»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37
Uli Shtilike: «O‘yin qiyin kechishini bilardim»

O‘zbekiston terma jamoasi Seulda Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Koreyaliklar bosh murabbiyi Uli Shtilike o‘yindan keyingi matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi o‘yin oson kechmasligini bilardim. O‘zbekiston terma jamoasi saralashning ushbu bosqichida o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i bitta gol o‘tkazib yuborgandi. Birinchi bo‘lib o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuborganimiz bois, ahvolimiz qiyinlashdi. Ammo vaziyatni o‘nglab, g‘alaba qozonganimizdan xursandman.
Shogirdlarim sovuqqonlikni yo‘qotmagan holda o‘z o‘yinlarini namoyish qilishda davom etishdi. To‘pni nazorat qilish borasida biz raqibga nisbatan ustunlikka erishdik. Raqib jarima maydonchasi atrofida aniq uzatmalar bera olmadik. Umuman olganda, natijadan qoniqish hosil qildim.
Ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olganimiz muhim ahamiyatga ega. Endi biroz engil tin olsak bo‘ladi. Keyingi o‘yinga xotirjam tayyorgarlik ko‘ramiz. Jadvalda uchinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turish o‘rtasida katta farq bor.
O‘yinda to‘p nazoratini o‘zimizda ushlab turishni istadim va shundan kelib chiqib to‘p bilan yaxshi muomala qiladigan futbolchilarni asosiy tarkibda tushirdim. Ki Son Yongni himoyada o‘ynatdim, boisi, u bizga himoyadan hujumga tez o‘tishda yordam berishi kutilgandi.
Kim Shin Uk shunday o‘yinchiki, raqib futbolchilari charchagan paytda maydonga tushirilsa, bizga foyda keltiradi. Agar Kim o‘yin boshidan o‘ynaganida, to‘pni nazorat qilishimiz qiyin kechardi", - deydi Uli Shtilike.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar