Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

Samvel Babayan: «JCh yo‘llanmasi uchun hali imkoniyatni yo‘qotmadik»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 43
Samvel Babayan: «JCh yo‘llanmasi uchun hali imkoniyatni yo‘qotmadik»

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirokidagi matbuot anjumanining batafsil ko‘rinishini e’tiboringizga havola qilamiz.

"Afsuski, natija bizning foydamizga hal bo‘lmadi. Vaholanki, uchrashuv davomida yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, hisobda oldinda bordik. Ijobiy natijaga erishish uchun jipslashgan holatda o‘ynadik. Bugungi o‘yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatlarni inobatga olmaganda, oldimizga belgilab olgan barcha ishni amalga oshirdik. Bugungi o‘yini orqali Janubiy Koreya Osiyoning eng kuchli jamoalaridan bir ekanini isbotladi. Bugungi mag‘lubiyatga qaramay, JCh yo‘llanmasi uchun hali imkoniyatni yo‘qotmadik.
Ha, Kim Shin Uk zaxiradan tushib, Janubiy Koreyaning o‘yinini kuchaytirishini bilardik. Bizning bo‘yi eng baland futbolchimiz unga qarshi o‘ynashi kerak edi. Afsuski, o‘yinchimiz havodagi to‘p uchun kurashda imkoniyatni boy berdi va shundan so‘ng ikkinchi golni o‘tkazib yubordik. Bu vaziyatda faqat uning yolg‘iz o‘zi aybdor emas. Kim Shin Uk bosh bilan to‘pni sherigiga etkazgan vaziyatda qolgan qolgan futbolchilar to‘p uchun kurashishlari va gol urgan futbolchini yopishlari kerak edi. Koreya Qatar darvozasiga xuddi shunday gol urgandi.
Koreya terma jamoasida o‘yinchilar va murabbiylar almashsa ham doimiy ravishda kuchli jamoa bo‘lib qolaveradi. Bizning jamoada ham kuchli futbolchilar yig‘ilgan. Bugun biz etarli qarshilik ko‘rsatdik. Afsuski, biroz omadimiz kelmadi.
Koreya futbolini yaxshi biladigan Geynrix nima uchun o‘yin boshidan harakat qilmadi? Uni zaxiradan tushirishga rejalashtirgandim va men buni amalga oshirdim", - deydi Samvel Babayan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar