Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

JCh-2018 saralash. Ozgina omad etishmadi, ozgina...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 39
JCh-2018 saralash. Ozgina omad etishmadi, ozgina...

JCh-2018 saralash bosqichining 5-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Seulda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib bordi. Samvel Babayan shogirdlari safardan ochko bilan qaytishga juda yaqin turishgandi, ammo...

Terma jamoamiz birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdi. Hattoki 25-daqiqada raqibning xatosidan so‘ng hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldik. Koreyalik himoyachilar to‘pni o‘z darvozabonlariga etkazishdi va Sergeev posbonga bosim uyushtirdi. Kim Syung Gyu tavakkal tepib yuborgan to‘pni Bikmaev egallab oldi va 35 metrlardan ajoyib zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Jamoamiz raqibning qanotlardagi futbolchilari — Son Xeung Min va Ji Dong Vonni yopishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo mahoratli futbolchilarga boy bo‘lgan koreyslarning boshqa o‘yinchilari xatolarimizdan foydalana olishdi. Boz ustiga, ularga omad kulib boqqanini ham ta’kidlash lozim. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Pak Ju Xo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. To‘p "podkat" tashlagan Hoshimovning oyog‘iga tegib, Lobanovning ustidan oshib o‘tdi va Nam Te Xi bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

O‘zbekiston raqibning "V" rejasi hisoblangan — bo‘yi 197 sm. bo‘lgan Kim Shin Ukning maydonga tushirilishiga tayyor emas ekan. Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida mezbonlar o‘ylangan kombinatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishdi. Olis masofadan etkazilgan uzatmani Kim Shin Uk bosh bilan jarima maydonchamizga kirayotgan Ku Ja Cholga tashlab berdi va u 7-8 metrlardan darvozaga to‘pni joyladi.

Afsus, ikkinchi 45 daqiqalikda raqib bosimiga dosh bera olmadik. Koreya o‘z ochkolarini 10taga etkazgan holda, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘zbekiston guruh etakchilaridan 1 ochko ortda qolgan holda, 3-o‘rinni egallab turibdi.

JCh-2018 saralash. "A guruhi, 5-tur, soat 16:00
JANUBIY KOREYa - O‘ZBEKISTON - 2:1
GOLLAR: Nam Te Xi (68), Ku Ja Chol (85) — Marat Bikmaev (25)
Ogohlantirishlar: Kim Shin Uk (89), Son Xeung Min (90+2)
Janubiy Koreya: 23.Kim Syung Gyu, 4.Kim Ki Xi, 6. Pak Ju Xo (Xong Chul 82), 20. Jang Xyun Su, 22. Kim Chang Su, 7. Son Xyong Min, 10. Nam Te Xi, 11. Ji Dong Von (Li Je Sung 63), 13. Ku Ja Chol, 16. Ki Sung Yung, 18. Xyop Jong Li (Kim Shin Uk 76)
O‘zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 13.Davron Hoshimov, 2.Egor Krimets, 5.Anzur Ismoilov, 18.Otabek Shukurov, 17.Vadim Afonin (Sardor Rashidov 88), 9.Odil Ahmedov, 4.Marat Bikmaev (Aleksandr Geynrix 60), 23.Eldor Shomurodov (Javohir Sohibov 80), 11.IgorSh Sergeev
Bosh hakam: Fahad al-Mirdasiy (Saudiya Arabistoni) Manba: Stadion.uz



Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar