Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.11.2016

IgorSh Sergeev: "Maydonda haqiqiy "jang" bo‘ladi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 13
IgorSh Sergeev: "Maydonda haqiqiy "jang" bo‘ladi"

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Janubiy Koreya – O‘zbekiston o‘yini oldidan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti muhbirlari O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi IgorSh Sereev bilan suhbatlashdi.

Seul: Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi 5-turi doirasida “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turgan O‘zbekiston safarda guruhning uchinchi o‘rinini band qilib turgan Janubiy Koreya mehmoni bo‘ladi. Hujumchi IgorSh Sergeev “World Cup Stadium”da haqiqiy “jang” bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Bu jamoalar o‘rtasidagi 10 o‘yindan ettitasida koreyaliklar g‘alabaqozonib, qolgan uchtasida durang natija qayd etilganiga qaramay, 23 yoshli IgorSh Sereev hamda uning jamoadoshlari avvalgi turd Xitoyni mag‘lub etgan va so‘nggi 11 uchrashuvining 10tasida g‘alaba qozongan holda g‘oliblik kayfiyati bilan tashrif buyurgan.

“Bu o‘yinga tarif berishda bejizga “jang” so‘zini ishlatmayapman, bu o‘yin shu so‘zga munosib. Chunki natija uchun maydondagi har bir futbolchi kurashadi. Bizni haqiqiy to‘qnashuv kutib turibdi”, - deydi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashish chog‘ida “Beyjin Goan” safida ijara asosida o‘ynayotgan Sereev.

“Bu shunchaki navbatdi futbol uchrashuvi bo‘lmaydi: jismoniy va ruxiy kurash kechadi. Mana shu kurashda ustun kelganlar jang g‘olibiga aylanadi. Jangda eng muhimi – raqibning ojiz tomonini topish va undan foydalanish hisoblanadi. Shuningdek, doimiy ravishda diqqatni bir joyda jamlash talab etiladi.

Bo‘lajak o‘yinda hamma aynan shunday qilishga urinadi. Men “jang” deganda faqatgina jamoaviy kurashni nazarda tutmayapman. O‘yin davomida boshqa, idividual kurashlar ham muhim o‘rin tutadi: Hujumchilar va darvozabonlar, yarim himoyachilar, murabbiylar o‘rtasidagi o‘zaro to‘qnashuvlar...”

So‘nggi marta bu jamoalar Osiyo Kubogi chorak finalida o‘zaro to‘qnash kelishgandi. O‘shanda koreyaliklar Son Hyon Minning ajoyib o‘yini evaziga qo‘shimcha taymlarda 2:0 hisobida g‘alabaga erishgandi.

Sergeev va jamoadoshlari bu o‘yinni hali eslashadi va o‘sha natijani o‘nglashga urinishadi.

“Avstraliyadagi o‘yin bu o‘yinga yaxshiroq chog‘lanishimiz uchun qo‘shimcha sabab bo‘ladi. Men o‘sha o‘yinda maydonga tushmagandim. Zaxira o‘rindig‘idan kuzatganman.

Maydon chetida o‘tirib, jamoang qiyin ahvolda ekanida yordam bera olmaslik – judayam qiyin va o‘ta g‘alati tuyg‘ular kechadigan holat. Murabbiylarda bu narsa har bir o‘yinda bo‘lsa kerak. Ular bunga qanday chiday olishlarini tasavvur ha qilolmayman. Xullas, o‘sha o‘yin sabab men ikki barobar motivatsiya bilan o‘ynayman”.

“Har safar o‘sha o‘yinni ko‘rganimda “Agar men maydonda bo‘lganimda o‘yin qanday kechardi”, “Shu holatda men nima qilgan bo‘lardim”, deb o‘ylayman. Biz o‘shanda judayam ko‘p vaziyatlarga ega bo‘lganmiz. Ammo vaziyatlarni gol bilan yakunlay olmagandik. Bu safar jamoamga yordam bera olishimdan xursandman”, - deya so‘zlariga yakun yasaydi IgorSh Sergeev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar