Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.10.2016

Kim aybdor?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47
Kim aybdor?

Ushbu maqolani yozishdan maqsad, chempionatimizning muntazam ishtirokchisi "Navbahor"ning jar yoqasiga kelib kolishi, va shunday holatga kelishiga kim sababchiligi to‘g‘risida mulohazalarimni bildirib o‘tsam. Keling bir chekkadan boshlaymiz.

Biz futbol muxlislari yaxshi bilamizki, Namangan ahli azaldan futbolni sevib, ardoqlab keladi. Mulohazani boshlashimdan oldin "Navbahor"ni qanday kuchga ega bo‘lgani va uning ashaddiy muxlislarini butun Sobiq Ittifoq va Osiyoda, shuningdek O‘zbekistonda judayam yaxshi bilishadi. Eng avvalo "Navbahor" o‘yingohi muxlislarni o‘z bag‘riga sig‘dirish bo‘yicha yurtimizda doim etakchi bo‘lib kelgan. O‘sha davrlar endi armonmikin?

"Navbahor"ning bunday ahvolga kelib kolishiga kim sababchi? Mening fikrimcha: ayrim muxlislar va futbol mutasaddilari! Namanganliklar 2004 yildan keyin hech qanday sovringa ega chiqishmayapti va hattoki uni yaqiniga ham kela olishmayapti. Klub rahbariyati va murabbiylar, shuningdek, o‘yinchilar almashaverib "Navbahor" jar yoqasiga kelib qoldi. Bu almashishlarda birinchi navbatda kimlar o‘z "hissa"sini qo‘shmoqda? Ayrim ishqibozlar klub ustidan va murabbiylar ustidan yozishaverib oxiri nima bo‘ldi, mana? Hozirga kelib namanganlik ishqibozlar guruhlarga bo‘linib ketishgan. Ashurmatovchilar , G‘ofurovchilar va Asqaralievchilar. Menimcha, Bozorovchilar ham topiladi! Futbolga yaxshi tushunadigan muxlislar bilishadiki, hech qachon yomoni ketib yaxshisi kelmaydi. Shu o‘rinda so‘nggi besh yillikda jamoani boshqargan murabbiylar haqida to‘xtalib o‘tsam.

2011 yil E.Sakaev o‘rniga U.Asqaraliev jamoaga keldi. Tarkib o‘zagi saqlab qolindi. Birinchi davrani 9-o‘rinda yakunlagan "Navbahor" mavsum oxirini 6-o‘rinda tugatdi. Birinchi davradan so‘ng, "Navbahor" 6-o‘rindagi jamoadan 3 ochko ortda edi, xolos. 2012 yilgi mavsumda Asqaralievning o‘zi jamoa tuzdi va chempionatga tayyorladi. Lekin birinchi davra yakunlanmasdanoq klubni tashlab ketdi. Vaholanki 2011 yilda ish boshlagan Sakaev yaxshi jamoa tuzgandi va ayrim ishqibozlarni "jonboz"ligi bilan Sakaev tayyor jamoani U.Asqaralievga topshirib ketgandi.
2012 yildagi Usmon Asqaraliev tuzgan jamoa elitadan tushib ketishiga bir bahya qolgandi. Aleksandr Klimenko "qutqaruvchi" rolida paydo bo‘ldi. Yana "jonbozlik" ko‘rsatgan ayrim muxlislar 2013 yili Asqaralievni jamoaga qaytarishdi. 3-turdan so‘ng Asqaraliev sog‘ligi joyida emasligi sabab yana "Navbahor"ni tashlab ketadi. Jamoa postiga bu safar Robert Gay keladi. U ham uzoq ushlanib qolmadi va No‘’mon Xasanov boshqaruvidv "Navbahor" mavsumni 11-o‘rinda yakunladi.
2014 yilda Baxtiyor Ashurmatov jamoani qabul qilib, "Navbahor"ni o‘rtamiyona jamoaga aylantirdi va chempionatni 7-o‘rinda yakunladi. Moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lmasa ham namanganliklar 2015 yilgi mavsumni ham 16 jamoa ichida 8-o‘rinda yakunladi. 2016 yilga yaxshi niyatlar bilan jamoa o‘zagini saqlagan holda ish boshlamoqchi bo‘lgan Ashurmatovni maqsadi - yangi mavsumni kuchli beshlikda yakunlash edi. Afsuski, Ashurmatovni ham ayrim qalamni xush ko‘ruvchi ishqibozlar sig‘dirishmadi.

Yangi mavsum avvalida Rashid G‘ofurov "Navbahor"ni "shturvali"ni egalladi. Jamoa yana yangitdan tuzildi. Havas qilsa arzigulik tarkib tuzilgandi, to‘g‘risi. O‘yindan o‘yinga o‘zini tiklab borayotgan "Navbahor" yana shu jonbozlikni sevuvchi ishqibozlar qurboniga duchor bo‘ldi va natijada G‘ofurov o‘rnini yordamchisi Volkov egalladi. Volkovni ham ko‘p ishlamay, ko‘zida yosh bilan Namanganni tark etdi.
Joriy yilning ikkinchi davrasidan jamoani birinchi liga vakillari qo‘lga olishdi. Klub boshlig‘i, murabbiylar, futbolchilar "Norin"dan "Navbahor"ga kelib qo‘shilishdi. Hozirgi tarkib klub tarixidagi eng kuchsizi bo‘lsa kerak. "Navbahor"ning Bozorov paytidagi natijalari Sizga ayon.

Xullas, hammasiga birinchi navbatda ayrim yozuvchilikni yaxshi ko‘radigan muxlislar sababchi deb bilaman. Shularning kasriga "Navbahor" shu ahvolga kelib qoldi. Muxlis muxlisligini qilsin, nima keragi bor klub ishiga aralashishni? Javob beradigan ma’sullar borku! Biz ham "Navbahor"ning hozirchi holatidan qattiq afsusdamiz! Umid qilamizki, yaqin yillarda klub o‘z mavqeini tiklab oladi.
Obid RUSTAMOV
Toshkent shahri

Lochinlar.UZ izohi: Mana, kuni kecha "Andijon" klubida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Majlis qaroriga ko‘ra Orif Mamatkazin ishdan olindi. Nega endi "Navbahor"da o‘zgarish qilinmayapti? Ravshan Bozorov nimani qoyillatiki, kerilib o‘tirsa? Undan avval "Qo‘qon-1912" da ham shunday yig‘ilish bo‘lgandi. Demak, qolgan jamoalar ishlamoqda! To‘g‘risi, bunaqa o‘yinidan ko‘ra - "Navbahor" birinchi ligaga tushib ketgani ham ma’qulda! Darvoqe, saytimizga klub tomonidan bosim bo‘lmoqda. Hamma o‘z ishini qilgani yaxshi, o‘rtoqlar!

Manba: Stadion.uz


Teglar: Kim aybdor

Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar