Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.10.2016

Orif Mamatkazin iste’foga chiqdi yoxud «Andijon» murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 42
Orif Mamatkazin iste’foga chiqdi yoxud «Andijon» murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar haqida

Oliy liganing 25-turida safarda «Sho‘rtan»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng 17 oktyabrSh, dushanba kuni «Andijon» FK ofisida klubning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Undan jamoa vitse-prezidenti, bosh direktori Abdisolomov Ma’rufjon Jamoldinovich so‘z olib, oxirgi paytlarda «Andijon»ning qayd etayotgan natijasi qoniqarsiz bo‘layotgani va jamoani kuchlilar safida olib qolish uchun yanada jiddiy ishlash kerakligini a’lohida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, yig‘ilish chog‘ida bungacha jamoa natijalariga javobgar bo‘lib kelgan bosh murabbiy - Orif Mamatkazinning sog‘ligi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgani sababli iste’foga chiqqani aytib o‘tildi. Shu bois murabbiylar shtabida ham ayrim o‘zgarishlar yuz berdi. Endilikda jamoa natijalariga klub vitse-prezidenti, jamoa bosh direktori M.J.Abdisolomovning javob beradi va qolgan uchrashuvlarda jamoani uning o‘zi maydonga olib tushadi. Abdisolomovga Eldor Sakaev bilan birga mahalliy murabbiylar Vitaliy Legay, Rasul Rahmonov va Qobiljon Olimjonov yaqindan yordam beradigan bo‘ldi.
Bungacha darvozabonlar bilan ishlagan murabbiy Server Esetov ham iste’foga chiqdi.
Dushanba kuni futbolchilar tushlikdan so‘ng jamoa qarorgohida yig‘ildi va «Metallurg»ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi. Shuni a’lohida ta’kidlab o‘tish lozimki, kechagi mashg‘ulotda Ma’rufjon Abdisolomovning shaxsan o‘zi bevosita ishtirok etdi.
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha futbolchilar bilan Rasul Rahmonov ishlagan bo‘lsa, darvozabonlarni Qobiljon Olimjonov shug‘ullantirdi. Vitaliy Legay esa taktik-texnik mashg‘ulotlarni olib bordi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar