Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.10.2016

APL: 8-tur hayratlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 19
APL: 8-tur hayratlari

Angliya premSher ligasining 8-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator markaziy o‘yinlarni kuzatdik. Masalan, “Manchester Siti” o‘z uyida yana ochko yo‘qotdi. Klopp va MourinSho to‘qnashuvida “tinchlik sulhi” imzolandi.
“Chelsi” jamoasi esa amaldagi chempion ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Londonning yana bir jamoasi “Arsenal” o‘z uyida “Suonsi”ni qiyinchilik bilan engdi. Boshqa natijalar va qiziqarli statistikalar bilan quyida tanishasiz.
Chempionning chempionligi qolmadi
“Stemford Brij”da bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinda “aristokratlar” “tulkilar” uchun deyarli imkoniyat qoldirmadi. Konte shogirdlari oldingi o‘yinlarga qaraganda ancha yaxshi harakat qilishdi va yakunda yirik g‘alabaga erishishdi.
15 oktyabrSh. London. "Stemford Brij" stadioni. 41547 tomoshabin.
Bosh hakam: Andre Marriner (Birmingem).
“Chelsi” – “Lester” - 3:0
Gollar: Diego Kosta, 7 (1:0). Azar, 33 (2:0). Mozes, 80 (3:0).
“Arsenal” galdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi
Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z uyida “Suonsi”ni qabul qildi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. O‘yinda Uolkott dubl qayd etgan bo‘lsa, O‘zil o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Lekin sal qolsa, bir kishi kam bo‘lib qolgan “Arsenal” so‘nggi daqiqalarda g‘alabadan quruq qolishi mumkin edi.
15 oktyabrSh. London. "Emireyts" stadioni. 60007 tomoshabin.
Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).
“Arsenal” – “Suonsi” - 3:2
Gollar: Uolkott, 26 (1:0). Uolkott, 33 (2:0). Sigurdsson, 39 (2:1). O‘zil, 57 (3:1). Baston, 66 (3:2).
“Tottenxem” ochko yo‘qotdi
“Tottenxem” jamoasi mehmonda “Vets Bromvich” bilan durang o‘ynadi. Aytish kerakki, londonliklar 82-daqiqada gol o‘tkazib yuborishganda ko‘pchilik mag‘lubiyatni naqd qilib qo‘ygandi, ammo Alli bunga yo‘l qo‘ymadi.
15 oktyabrSh. Vest Bromvich. "Xautorns" stadioni. 24263 tomoshabin.
Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).
“Vest Bromvich” – “Tottenxem” - 1:1
Gollar: Shadli, 82 (1:0). Alli, 89 (1:1).
Darvozabonga tasanno!
Turning yana bir markaziy uchrashuvida “Manchester Siti” o‘z uyida “Everton”ni qabul qildi va yana ochko yo‘qotdi. Aslida “shaharliklar yutishi mumkin edi, lekin o‘yinda belgilangan 2ta penaltini ham ular aniq amalga oshirolmadi yoki mehmonlar darvozaboni bunga yo‘l qo‘ymadi.
15 oktyabrSh. Manchester. "Ittixod" stadioni. 54512 tomoshabin.
Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).
“Manchester Siti” – “Everton” - 1:1
Gollar: Lukaku, 64 (0:1). Nolito, 72 (1:1).
Urilmagan penaltilar: de Breyne, 43 (darvozabon).Aguero, 70 (darvozabon).
“Sautgempton” g‘alaba qozondi
“Sautgempton” jamoasi o‘z uyida “Bernli” klubini qabul qildi va ishonchli g‘alabaga erishdi. Agar hakam mehmonlar uchun penalti belgilamaganda mezbonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishlari mumkin edi.
16 oktyabrSh. Sautgempton. "Sent-Meris" stadioni. 29040 tomoshabin.
Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).
“Sautgempton” – “Bernli” - 3:1
Gollar: Ostin, 52 (1:0). Redmond, 60 (2:0). Ostin, 66 - penalti (3:0). Vouks, 72 - penalti (3:1).
Klopp va MourinShoning “tinchlik sulhi”
Turning yana bir markaziy uchrashuvida “Liverpul” o‘z uyida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi va o‘yinda hisob ochilmadi. Har ikki jamoa ham tashabbusni bir-biriga bergisi kelmadi va natijada gol ham urilmadi.
17 oktyabrSh. Liverpul. "Enfild" stadioni. 52769 tomoshabin.
Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).
“Liverpul” – “Manchester Yunayted” - 0:0
Qolgan-qutganlar
15 oktyabrSh. Bornmut. "Vitaliti Stedium" stadioni. 11029 tomoshabin.
Bosh hakam: Li Meyson (Bolton).
“Bornmut” – “Xall Siti” - 6:1
Gollar: Deniels, 5 (1:0). Meyson, 34 (1:1). Kuk, 41 (2:1). Stanislas, 45 - penalti (3:1). Stanislas, 65 (4:1). Uilson, 83 (5:1). Gosling, 88 (6:1).
15 oktyabrSh. Stok-on-Trente. "Britannia" stadioni. 27701 tomoshabin.
Bosh hakam: Maykl Jons (Chester).
“Stok Siti” – “Sanderlend” - 2:0
Gollar: Allen, 8 (1:0). Allen, 45+1 (2:0).
15 oktyabrSh. London. "Selxerst Park" stadioni. 25643 tomoshabin.
Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).
“Kristal Pelas” – “Vest Xem” - 0:1
Gol: Lansini, 19 (0:1).
Urilmagan penalti: Benteke, 45+1 (noaniq).
16 oktyabrSh. Midlsbro. "Riversayd" stadioni. 28131 tomoshabin.
Bosh hakam: Rojer Ist (Uiltshir).
“Midlsbro” – “Uotford” - 0:1 (0:0)
Gol: Olebas, 54 (0:1).
8-tur: “eng, eng, eng...”
Eng ko‘p tomoshabin
“Emireyts” stadioni — 60002 tomoshabin
Eng kam tomoshabin
“Vitaliti Stedium” stadioni — 11029 tomoshabin
Golurarlar
7ta
Diego Kosta (“Chelsi”)
6ta
Romelu Lukaku (“Everton”)
5ta
Maykl Antonio (“Vest Xem”)
Serxio Aguero (“Manchester Siti”, 3)
Teo Uolkott (“Arsenal”)
Avtogolurarlar
Aleksandar Kolarov (“Manchester Siti”), Marten Stekelenburg (“Everton”), Benjamin Mi (“Bernli”), Petr Chex (“Arsenal”), Patrik Makneyr (“Sanderlend”).
8-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)
Marten Stekelenburg (“Everton”, 2) - Xose Olebas (“Uotford”), David Luis (“Chelsi”), Stiv Kuk (“Bornmut”), Charli Deniels (“Bornmut”) - Teo Uolkott (“Arsenal”), Junior Stanislas (“Bornmut”), Jo ALLEN (“Stok Siti”), Eden Azar (“Chelsi”, 2) - Charli Ostin (“Sautgempton”), Diego Kosta (“Chelsi”, 2).
8-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)

APL: 8-tur hayratlari

8-turning eng yaxshi futbolchisi “Everton” darvozaboni Martin Stekelenburg bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda bu golkiper chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga ikkita penaltini ham qaytardi.
9-tur o‘yinlari
22 oktyabrSh, shanba
“Bornmut” – “Tottenxem”, 16:30
“Arsenal” – “Midlsbro”, 19:00
“Bernli” – “Everton”, 19:00
“Vest Xem” – “Sanderlend”, 19:00
“Lester” – “Kristal Pelas”, 19:00
“Suonsi” – “Uotford”, 19:00
“Xall Siti” – “Stok Siti”, 19:00
“Liverpul” – “Vest Bromvich”, 21:30
23 oktyabrSh, yakshanba
“Manchester Siti” – “Sautgempton”, 17:30
“Chelsi” – “Manchester Yunayted”, 20:00

Manba: Stadion.uz


Teglar: APL tur hayratlari

Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar