Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.10.2016

O‘zbekiston mag‘lub etilmasa – koreys futbolida «katta tozalash» o‘tkaziladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 47
O‘zbekiston mag‘lub etilmasa – koreys futbolida «katta tozalash» o‘tkaziladi

Kuni kecha Janubiy Koreya futbol Assotsiatsiyasi texnik tayyorgarlik bo‘limi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Koreys matbuoti xabariga ko‘ra, ushbu shoshilinch yig‘ilishda Janubiy Koreya o‘smirlar terma jamoasining Osiyo chempionatidgi muvaffaqiyatsizligi va O‘zbekistonga qarshi o‘tadigan JCh saralash o‘yiniga tayyorgarlik kabi masalalar muhokama qilingan.
Keskin tarzda o‘tgan ushbu yig‘ilishda Koreya futbol assotsiatsiyasi texnik bo‘limi va murabbiylar shtabi oldiga qat’iy vazifalar qo‘yilgan. Koreya futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati bergan ma’lumotda aytilishicha, agar 15 noyabrSh kuni O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lub etilmasa, futbol assotsiatsiyasi texnik bo‘limi va murabbiylar shtabi “tag tomiri” bilan tozalanadi, lavozimda o‘tirgan barcha mansabdorlar iste’foga chiqariladi.
“Sports Seoul” nashri shunday yozmoqda: “Markaziy Osiyoning eng kuchli jamoasi bo‘lmish O‘zbekiston terma jamoasi haqida ipidan ignasigacha ma’lumot to‘plash va murabbiylar shtabiga ko‘maklashish uchun texnik bo‘limi oldiga katta mas’uliyat qo‘yiladi. 15 noyabrSh kuni koreys futboli yo‘lida qizil chiroq yonmasligi uchun barcha bir tanu bir jon bo‘lishi kerak”.

Koreya futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston bilan o‘yin natijasini “O‘yin + Durang = Mag‘lubiyat”, degan o‘ziga xos formula shaklida e’lon qildi. Ya’ni, durang ham koreyslar uchun mag‘lubiyatga teng. Agar 15 noyabrSh kuni O‘zbekiston terma jamoasini enga olmasa, Koreya futbol assotsiatsiyasi bosh murabbiy Uli Shtilikeni iste’foga chiqaradi va keyingi o‘yin 2017 yil mart oyida bo‘lishini inobatga olsak, yangi murabbiy 4 oy davomida jamoani o‘rganishga ulgurishi nazarda tutilmoqda.
Koreys nashrlari ma’lumotlari asosida Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar