Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.10.2016

O‘zbekiston kubogi finali qaerda o‘tadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65
O‘zbekiston kubogi finali qaerda o‘tadi?

Mamlakatimizda mavsum yakuni sari Oliy Ligada chempionlik va ligada qolish uchun kurash jiddiy ko‘rinish oladi. Shuningdek, O‘zbekiston Kubogi finali ham o‘tkazilib, kubok sohibi aniqlanadi. Joriy yilgi kubok o‘yinlarining dastlabki final yo‘llanmasi «Nasaf» klubiga nasib etgan bo‘lsa, ikkinchi finalchi nomi «Bunyodkor» — «Lokomotiv» juftligidan aniqlanadi.

Reglamentga binoan, final o‘yini neytral maydonda, har ikki tomon uchun masofasi qulayroq bo‘lgan stadionda o‘tkazilishi lozim. O‘FF hozircha mezbon shahar nomini rasman aniqlamagan bo‘lsada, final uchun nomzod bo‘lgan mezbon shahar va stadionlarimizga nazar tashladik.

Finalda Qarshi va Toshkent jamoalari uchrashishini inobatga olsak, reglamentga binoan, o‘yin ushbu ikki tomon muxlislari uchun ham qulayroq bo‘lgan shaharda o‘tkaziladi. Shu sababdan final vodiy o‘yingohlari – Andijon, Namangan, Farg‘ona stadionlarida o‘tkazilmasligi oydinlashadi. Toshkent, Olmaliq, Bekoboddagi arenalar qarshiliklar uchun uzoqlik qilsa, Termizdagi stadion poytaxtliklar uchun uzoqlik qiladi. Nukus va Xorazmdagi stadionlar chimi ham hozirda talab darajasida emas, qolaversa masofa finalchilar uchun ancha uzoq. Gulistondagi o‘yingohning ham maydoni holati yaxshi emasligi inobatga olingan, G‘uzor va Muborakni esa neytral mezbon deb bo‘lmaydi. Demak, 27 noyabrSh, yakshanba kuni o‘tkaziladigan final mezbonligi uchun to‘rtta nomzod shahar qolmoqda – Samarqand, Navoiy, Buxoro va Jizzaxdagi stadionlar. Keling, final uchun ularning imkoniyatlarini chamalab chiqamiz.

SAMARQAND

O‘zbekiston kubogi finali qaerda o‘tadi?

Stadion: «Dinamo»

Sig‘imi: 13 800 tomoshabin.

Qarshi va Samarqand oralig‘i: 140 km.

Toshkent va Samarqand oralig‘i: 298 km.

Ustunligi: Samarqand shahri final uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. Toshkent va Qarshi klublari uchun masofa jihatdan ham aynan ko‘hna shahar mezbonligi juda qulaydir. Qadimiy va navqiron shahardagi sayohat, ziyoratgohlar ham har ikki jamoa muxlislariga katta taassurot qoldirishi aniq. Qolaversa, final bu yil Oliy Ligadan chetda qolgan samarqandlik muxlislar uchun ham o‘ziga xos sovg‘aga aylanardi. Darvoqe, O‘zbekiston Kubogining ilk finali ham 1992 yilda aynan Samarqandda o‘tgan.

Kamchiligi: «Dinamo» stadioni maydoni bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yaxshilaridan biri bo‘lsada, o‘yingohdagi yoritgichlar yoritish darajasi 1200 lyuksdan past. Ammo uchrashuv kechga emas, ertaroq boshlansa, bu borada muammo bo‘lmaydi. Eng asosiysi shahar har ikki tomon uchun juda qulay variant sanaladi.

NAVOIY

O‘zbekiston kubogi finali qaerda o‘tadi?

Stadion: «Yoshlik»

Sig‘imi: 15 000 tomoshabin.

Qarshi va Navoiy oralig‘i: 300 km.

Toshkent va Navoiy oralig‘i: 455 km.

Ustunligi: Finalni Navoiy shahridagi «Yoshlik» sport majmuidagi arenada ham o‘tkazish mumkin. Oliy Ligada doirasida eng ko‘p tomoshabinlar yig‘ayotgan arena shu kuni muxlislar bilan liq to‘lishiga shubha yo‘q. Arenaning maydoni hozirda Oliy Liga stadionlari orasida eng yaxshilaridan biridir.

Kamchiligi: Aslida buni kamchilik deb bo‘lmasada, Navoiy Qarshi va Toshkentdan keladigan muxlislar uchun masofada nisbatan uzoqlik qilishi mumkin.

BUXORO

O‘zbekiston kubogi finali qaerda o‘tadi?

Stadion: «Buxoro SM»

Sig‘imi: 22 400 tomoshabin.

Qarshi va Buxoro oralig‘i: 180 km.

Toshkent va Buxoro oralig‘i: 570 km.

Ustunligi: Finalni qabul qilish uchun bosh nomzodlardan yana biri Buxorodir. Turistik shahar va uning barcha talablarga javob bera oladigan o‘yingohida har qanday final o‘yinlar yarashadi. Nomzod stadionlar orasida eng ko‘p muxlisni sig‘dira oladigan o‘yingoh final kuni nafaqat mehmon muxlislar, balki mahalliy ishqibozlar bilan ham to‘lib-toshishini taxmin qilsa bo‘ladi. Bu futbolsevar Buxoro xalqi uchun ham ajoyib sovg‘a bo‘lardi.

Kamchiligi: O‘yingoh va shahar borasida hech qanday muammo bo‘lmasada, faqatgina masofa Toshkent jamoasi muxlislari uchun nisbatan uzoqlik qilishi mumkin. Umuman olganda esa, tomoshabinlar tashrifi borasida etakchi bo‘lgan Buxoroda final o‘yinini juda chiroyli tashkil etish mumkin.

JIZZAX

O‘zbekiston kubogi finali qaerda o‘tadi?

Stadion: «So‘g‘diyona»

Sig‘imi: 11 850 tomoshabin.

Qarshi va Jizzax oralig‘i: 240 km.

Toshkent va Jizzax oralig‘i: 190 km.

Jizzaxdagi stadion ikki tomon uchun har qancha qulay masofada bo‘lmasin, Jizzax o‘tgan yilgi «Nasaf» — «Bunyodkor» finaliga mezbonlik qildi va ketma-ket ikkinchi marta O‘FF va PFL tomonidan mezbonlik «So‘g‘diyona» stadioniga berilmasa kerak. Mezbonlik uchun eng qulay variantlar – Samarqand, Navoiy va Buxoro shaharlari bo‘lib qolmoqda. So‘nggi xabarlarga qaraganda, ular orasidan dastlabki variant final uchun bosh da’vorgar sanalmoqda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar